Sizning ham fikringiz kitobdan joy olishi mumkin!
Ha toʻgʻri oʻqidingiz. Bilasiz Respublikamizdagi hududlar ichida ilk marta Xorazmda
viloyat hokimining qoʻllovi bilan “
Hokim olimpiadasi” loyihasi oʻtkazildi. Jami 13 ta tuman va shaharlarda olimpiadalar oʻtkazildi. Olimpiada topshiriqlari, yechimlari, statistik ma’lumotlar tahlillari, qiziqarli voqealar, rasmlardan iborat hisobot
kitobini nashr qilish rejalashtirilgan. Joiz kelsa “tarixiy” kitob desak boʻladi. Shu kitobda viloyat hokimi olimpiadasida ishtirok etgan
oʻquvchilar, ularning
ustozlar yoki
ota-onasining eng sara fikrlarini kitobga kiritishga qaror qildik.
Shu post ostidagi izohga oʻz fikringizni, olimpiadadan olgan taasurotlaringizni qoldiring. Ushbu loyiha sizga nima berdi? Bunday loyihalar oʻzi kerakmi? Shu kabi savollarga fikringizni qoldirishingiz uchun imkoniyat.