Sizning ham fikringiz kitobdan joy olishi mumkin!

Ha toʻgʻri oʻqidingiz. Bilasiz Respublikamizdagi hududlar ichida ilk marta Xorazmda viloyat hokimining qoʻllovi bilan “Hokim olimpiadasi” loyihasi oʻtkazildi. Jami 13 ta tuman va shaharlarda olimpiadalar oʻtkazildi. Olimpiada topshiriqlari, yechimlari, statistik ma’lumotlar tahlillari, qiziqarli voqealar, rasmlardan iborat hisobot kitobini nashr qilish rejalashtirilgan. Joiz kelsa “tarixiy” kitob desak boʻladi. Shu kitobda viloyat hokimi olimpiadasida ishtirok etgan oʻquvchilar, ularning ustozlar yoki ota-onasining eng sara fikrlarini kitobga kiritishga qaror qildik.

Shu post ostidagi izohga oʻz fikringizni, olimpiadadan olgan taasurotlaringizni qoldiring. Ushbu loyiha sizga nima berdi? Bunday loyihalar oʻzi kerakmi? Shu kabi savollarga fikringizni qoldirishingiz uchun imkoniyat.

14 comments

Show 2 more comments
Agar imkoniz bo'lsa O'zbekistannni har bir viloyatida va har bir tumanlarida musobaqa o'tkizsangiz degan taklifim bor.
Азимбой Купалбек Азизбек
Ассаломалейкум хурматли Сардор Бозорбоев сизга катта рахмат углим шу олимпиодода бошидан катнашиб келйапти орзуси сиздек инсон булиш оллох узи углимнинг орзусини амалга оширсин
Азимбой Купалбек Азизбек
Сизга сабр токат куч кувват тилиман бу тадбирлар углимда ота онанинг гурури булиш фахри булишни устозларнинг ишончини козонишни ургатди мен углим бн фахрланаман
JANNAT IFORLARI
Assalomu alaykum Sardor Bozorboyev sizga raxmat shunday olimpiodalarni õtkazip yoshlarni ilmga bilimga õrgatiz ollox sizdan rozi bōlsin
JANNAT IFORLARI
Qizim shu olimpiadada qatnaship yanada õqip õrganishga tengdoshlari bilan fikr almaship boshqa sinfdoshlariga ham bu haqda gapirip berip ularni shu olimpiadaga qiziqishini orttirdi sizdek ustoz bõlip elimizga yurtimizga kerakli inson bõlip yetishishiga ishonaman sizga raxmat
Batirova Zulfiya
Assalomu alaykum.Sizga katta rahmat ustoz.Òquvchilarimiz sizga havas qilib harakatni kuchaytirmoqda.Olimpiadalarni kòproq òtkazavaring.
Nargiza Hamidjanovna
Farzandim har safar qatnashib o'rin ololmasa ham, Har safar o'rni ko'tarilib borar, bilimi ham oshib borardi, oxirgisida so'ngi imkoniyat deb chin dildan o'rin olish uchun sidqidildan kurashdi,nihoyat 2- o'rin olib o'zida yo'q xursand. Adolatli, halol kurash bo'lganiga ishonch ortib, o'qisa bilim olsa albatta natijasi bo'lishiga ishonchi komil bo'ldi. Siz va jamoangiz bilan yoshlarni bilim olishida qo'llab quvvatlayotganlariz uchun sizlarga, sizning tashabbusingizni quvvatlagan hokim buvaga ham katta rahmat.Olloh nasib qilsa yaqin kelajakda bu quvvatlovlar o'z mevasini berishiga ishonaman. Bu tashabbusni davom qildirsangiz yanada ilmli yoshlarni kashf qilasizlar. Omad.
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum Ustoz Sardor Bazarboyev avvallo sizga va olimpiada tashkilotchlariga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarga omad, kuch quvvat tilayman. Kelajakda bunday loyihalar davomiy bo'lsa, bizlarning farzandlarimiz ham xalqaro olimpiadalarda O'ZBEKISTONNI butun Dunyoga tanitishiga ishonaman. Nimaga desangiz qizim bu olimpiadada 1-marta qatnashganda ballari unchalik yuqori emasdi, lekin har safar ballar yuqoriga ko'tarilib borardi.Chunki qizim ham juda katta qiziqish bilan qatnashrdi, ĝolib bòlish uchun tinmay mehnat qilardi.Har gal olimpiada e'lon qilinishini intiqlik bilan kutar va shu kuni biz uchun bayramdek bo'lardi.Bunday olimpiadalar matematikaga qiziquvchi yoshlarga mustahkam fundament bo'ladi. Yana shunday loyihalar bo'lsa qizim albatta qatnashadi.G'olib bo'lishi bizning eng katta orzularimizdan biri.
Max Well
Assalomu alaykum! Har qanday ishni maromiga yetkazish va uni davomli boshqarib borish albatta insondan juda katta sabr va talabchanlikni talab qiladi, Hokim olimpiadasini tashkillashtirgan va uni boshqarib kelayotgan barchaga raxmat! Masalalarga kelsak, barchasi fikrlashga undaydigan, qolibdan chiqib fikrlaydigan, yuksak darajada tuzilgan! Albatta har bir ish ma'suliyat bilan yondashilgani ko'rinib turadi! Ustoz shogirt ananasini rivojlantirish uchun ham yaxshi imkoniyat bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz! Shunday hayrli ishlar bardavom bo'lishida kuch quvvat tilab qolamiz! Taklifimiz: Butun Respulika bo'yicha ham o'quvchilarni bellashuvuni tashkil qilinsa, o'quvchilar yanada oldinga intilishar edi! ( Misol uchun: "Prezident olimpiadasi" )
Assalomu alaykum Sardor Bazarboyev. Qipayotgan har bir ishizni, yangiliklarini, kitoblarizni muntazam ravishda kuzatib boraman. Har bir ijodiz uquvchilarning matematikaga bulgan qiziqishlarini yanada oshirishga undaydi. Olimpiadalariz esa taxsinga sazovor. Har bir oflain alimpiadalarizda muntazam farzandlarimning qatnashishiga harakat qilaman. Bu safar ham borib qatnashish niyatimiz bor. Sizning atrofizdagi shogirdlariz, jamoalariz barchasi tirishqoq va bilimli shirin suz muomilali. Shuning uchunmi sizlarga bulgan xurmatim juda baland. Doimo izlanishdan tuxtamay, yutuqlariz bundanda alo bulishini tilab qolaman.
Assalomu alaykum Sardor Bazarbayev.farzandim 2yildirki olimpiyadalarizda qatnashadi 1-yil natijalari uncha yaxshi bulmadi lekin farzandim tayyorlanishdan tuhtamadi. Ollohga shukur shu yili ketma-ket 3marotaba o‘rinlarni egalladi .Orzu niyatlarimiz finolda xam qatnashib yaxshi natija qilish.Farzandimni orzusi sizga uxshash va shogirdlariz qatorida bulish Bunday loixalarni tashkil qilishingiz ko‘pgina o‘quvchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi.Sizga katta raxmat,kuch quvvat tilayman.
Assalomu alaykum hurmatli Sardor Bozorboyev ta'lim uchun qilayotgan ishlaringiz mukofotini ortigʻi bilan oling ilohim. Bu qilayotgan har olimpiadalaringiz minglab yoshlarni oʻqishga boʻlgan qiziqishini orttirib oz oldiga yangi maqsadlar qoʻyishga sabab boʻlmoqda. Chunki hamma olayotgan bilimi sof raqobatda bellashishi va gʻolib bolsa mukofotlanishni istaydi . Siz bu imkoniyatni bolajonlarga berayapsiz. Men Andijonning chekka tumanidan oddiy oʻqituvchiman lekin ikki marotaba oquvchilarimni olib olimpiadangizga olib bordim . Ular hozir bilimlari juda zor boʻlib qolgan . Endi bu safar eng kuchlilarni olib boraman deganim uchun qattiq tayyorlanishyapdi . Inshaalloh dekabr ohiriga vada berganman yana nasib bolsa boramiz . Bolajonlarim juda intizorlik bilan kutishyaapdi. Sizga katta raxmat. Har bir oʻquvchim qalbiga ilmga boʻlgan muhabbatni alanga olishiga sabab boʻlganingiz uchun. Maqsadimiz yuqori natijani qolga kiritish . Ungacha ortga qaytish yoq. Yana va yana tayyorgarlik korib boraveramiz . Va albatta qachondir gʻolib bolamiz . Maqsadimizga yetish nasib qilsin . Shunda bolajonlarga quvonch bagʻishlashdan aslo toʻxtatmang