❗️Бешта йўналишни танлаш жараёнига оид айрим маълумотлар
#abituriyent

5️⃣ Жорий йилги тест синовларида бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд;

✅ 5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

❗️5та йўналиш танлаётганда энг асосий 2та шарт бор:
1) фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак;
2) таълим шакли (кундузги, сиртқи, кечки) бир хил бўлиши керак.

❓фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3.1 ва 3.2 балл бериладиган 2та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак. Масалан, битта йўналишда фанлар қуйидагича:
- математика (3.2 балл;)
- чет тили (3.1 балл).

Иккинчи йўналишда эса бошқача:
- чет тили (3.2 балл);
- математика (3.1 балл).

Гарчи тест олинадиган 2та фан бир хил бўлса ҳам, лекин уларга бериладиган баллар бошқачалиги сабабли абитуриент ушбу йўналишларга бир пайтда ҳужжат топшира олмайди.

‼️ Таълим шакли ҳам албатта мос бўлиши шарт. Яъни бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги таълимни танлаш мумкин эмас. Абитуриент 1-йўналишга кундузги таълимни танладими, демак қолган 4та йўналиш ҳам албатта кундузги бўлиши шарт. Ёки 1-йўналишга сиртқини танласа, қолган йўналишлар ҳам сиртқи бўлиши керак.

⛔️ Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

🎓 Магистратурада ҳам фақат 1та мутахассислик танлаш мумкин;

✅ 5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сизнинг биринчи йўналишдаги тўплаган балларингиз контракт балларига тўғри келсаю, қолган йўналишлардаги тўпланган баллар грант балларига тўғри келса, сиз контракт асосида ўқишга қабул қилинасиз.

🔎 https://abitur.dtm.uz/ - 20 июндан бошлаб, шу сайтга кирилса, қайси фанлар мажмуаси бўйича қайси йўналишларга ҳужжат топшириш мумкинлигини кўрса бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

340 comments

Show 100 more comments
🤘Nodir🤘
Саломалейкум бир илтимосим бор. Узбекистондаги Харьков номидаги юридический университет филиали хакида маълумот берсангиз. Олдиндан рахмат
Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetida 11 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Unda 7 ta umumiy fakultet, 2 ta sirtqi va 2 ta kechki ta'lim bo‘linmalari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonliklar asosan Xalqaro huquq fakultetida o‘qib kelmoqdalar. Ushbu fakultetda nafaqat xorijiy mamlakatlardagi huquq sohasi, balki ingliz tilini ham mukammal o‘rganish mumkin. 
2018 yilda ushbu fakultetda qiyosiy huquq kafedrasi tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 170 soat dars belgilandi.


Oliy ta'lim muassalarida ta'lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta'lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.
Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta'minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.
OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Fuqarolik pasporti nusxasi;Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 1-A uy.
Mo‘ljal: “Shahriston” metro bekati, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi binosi.
Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4223010, +99897 4333010
Batafsil ma'lumot uchun:
Telegram: @inside-a info
Facebook: @inside_a_study
Instagram: @inside_a_study
Sayt: insidea.info 
Малика Лукмоновна
Assalom aleykum. Savolim bor edi: nega ona tili va matematika fanlari majmuasida faqat 1 yo'nalishni tanlash mumkin ekan.
Nima deb o'ylaysiz shu to'g'rimi?
Amaliy imtixoni bor yo'nalishlarda ham 5taga topshirib bo'lyabdiku. Bunga qanday izoh bera olasizlar
Alisher Navoiy universteti dagi O'zbek tili va adabiyotida ijodiy imtihon qanaqa bo'ladi bu yil shu haqida post qoldiring kanalizda
Toshkendagi universitetlarda ham qoraqolpoq fakultetlari bormi
Assalomu aleykum Xushnud aka!
Maqsadli tibbiyot grantlari xaqida batafsil aytib utsangiz. Qanday xujjat kerak? Qayerdan tavsiyanoma olamiz? Iltimos
✿❀✿✿❀✿
Bir narsaga hayron qoldim! Nega yuridik yo'nalishi filiallari ("samarqandagi filial bundan mustasno" ) Faqat o'zbek guruhlari un ochilgan, yevro guruhga bitta ham o'rin yo'q ekan!nega bunaqa ???
Assalomu alaykum imtihondagi forma masalasini ham yoritib bersangiz iltimos
Magistraturaga kirish imtixonlari test yoki yozma shaklda bo'ladimi?
Савол беришяпти сингилларимиз:
Кизларимиз бошида ромоли булса, масалан хижобдаги сингилларимиз имтихонга кирса ечишни талаб этишмайдими ишкилиб?
Гулшан
Sirtqi talim yunalishiga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?
Гулшан
Kunduzgi bn birgami yoki?
Kanallardan kelayotgan habarlarda alohida dan qilib ajratib ham berilayaptiyu demak 20iyundan u ham boshlangan
Абдураимова Буритош
Ассалому алейкум углим Украинада донецкий национальный медицинский институтни стаматолигия факультетини 1 курсини тугатаяпти укишни кучириш масаласида мурожот килаяпман кушни давлатлар сингари укишини кучириш имконияхти борми е имтихон буладими шу хакида маьлумот беришингизни сурайман илтимос саволимга жавобни кутиб коламан
Nomozova M.
Assalomu alaykum man nemis tilini tugatganman magestraturada uqimoqchi bulsam qaysi mutaxassisliklar buyicha uqishim mumkin yoki faqat nemis tilida davom ettirishga majburmanmi uqishni javob berasiz degan umiddaman rahmat
Islom Tilaboldiev
Sirtqiga faqat 1 ta yo'nalishga xujjat topshirish mumkin Xushnudbek aka 5 ta deb yozayapsiz izoh berin
Eshbo'tayev Elshod
Assalom-u alaykum Xushnud aka. Magistraturaga bakalavriyatni tugatgan talabalar o'z sohasidan boshqa yo'nalishga ham topshira oladimi? Ya'ni Tarixni bitirgan talaba ona tili va adabiyot yo'nalishiga. Magistraturada ham kechki o'qish(ta'lim shakli) mavjudmi?
Show next 48 comments