Тест учун тўлов қилиш муддати 1 кунга узайтирилди. Лекин ҳаммага эмас

Давлат қабул комиссиясининг 2-сон баёнида касбий (ижодий) имтиҳонлар билан бирга мажбурий учта – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ), метаматика ва Ўзбекистон тарихи фанларидан тест синови орқали бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган, бироқ белгиланган тўловни амалга оширмаган абитуриентларга бир иш куни ичида тегишли тўловни амалга оширишга рухсат берилди.

❗️Бунда мазкур тоифадаги абитуриентлар бугун 28 июль куни 18:00 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

Тўлов муддати фақат ижодий имтиҳони бор йўналишга топширганлар учун узайтирилди. 5 та фандан тест топшириладиган йўналишларга рўйхатдан ўтган ва тўловни амалга оширишга улгурмаганлар учун тўлов муддати узайтирилмади. Демак, улар тестга киритилмайди.

Лекин ҳужжат топширишнинг охирги 3 куни дам олиш кунлари бўлди ва банклар ишламади, боз устига электрон тўлов қилиш тизимида техник муаммолар кузатилди. Шуларни инобатга олиш керакмиди дейманда…


👉 @xushnudbek 👈

406 comments

Show 100 more comments
Imooniyat berganda yaxshi bular edi tulov qilish uchun men ham texnik nosozoik sabab tulovni amalga oahira olmadim
Matndagi Imkoniyat va oshira suzlari tugri uqilsin.
Sherzod
Assalomu aleykum Jismoniy tarbiya (fudbol) ga topshirganlarxam tölov qilishi kerakmi?
Shaxsiy kobinetiyzdan kuringchi invoys shakllantirilgan bölsa bugun sla ucun wans qib beriwipti
To‘lov qilish uchun imkoniyat berishsa yaxshi bo‘lardi bizda ham ko‘pchiliknto‘lov qila olmagandi hatto 2yil tayyrolangan bazi o‘quvchilar qolib kettì
Ассалому алайкум, Хушнудбек сизга катта рахмат шу масалани кутариб чикканингиз учун. Бизнинг оилада хам 3та жияним тулов килишга улгуролмай килишди 2 йилдан бери тайёрланиб келишётувди. Хозир ДТМга тел килсам умуман тушиб булмаяпти. Бизани умумий хамма учун очиб беришсин
Mardonbek Ibragimov
O'qishga topshirgandan kn Shu kunni o'zida to'lov kvitansiyasi chiqmadiku... Yo gapim noto'g'rimi.
Mardonbek Ibragimov
O'tgan yili bunday muammo yo'q edi menimcha. Men ham Shu abuturientlar tarafini olyabman. Men bakalavrni ham magistraturanam bitkazganman.
Invays topilmadi divoti. Bu nimadan bolishi mumkin
Mardonbek Ibragimov
***
Invays topilmadi divoti. Bu nimadan bolishi mumkin
O'qishga topshirganda to'lov qilinadigan raqam. Vaqt o'tdi tugadi shuning uchun aytyabdi. Bu yil shu muammo bor o'tgan yili yo'q edi
***
Invays topilmadi divoti. Bu nimadan bolishi mumkin
Invoys pul tushadigan xisob raqam. Xisob raqam faqat bir martda ishlaydi ya'ni yetarli mablag' ko'rsatilgan muddat ichida to'lansa avtomatik yopiladi va boshqa foydalanuvchiga ko'rinmaydi
하미 둘로
Assalom aleykum Hushnudbek men 2 yildan buyon universitetga tayyorlanib yotuvdim. Covid19 sababli kasal bo'lib qoldim. 2021-yil 5-iyuldan 20 iyulgacha bo'lgan muddatta davolanganligim tufayli DTM ga hujjat topshirolmadim shu sababdan kech qoldim bazani ochib berishinggizni so'raymiz!
하미 둘로
Murojaatimizni ko'rib chiqishinggizni so'rab iltimos qilamiz
H_hadica
Qanaqa toʻlov haqida gaprwvoti man cumayaman umuman hali imtihonga topwirmadiyamku topwirmasdan pul tolimizami
Assalomu Aleykum.
Murojaatim shuki.
Bu yilgi OTM larga qabul jarayonlaridan ko'pchilik norozi. Sababi oxirgi kunlarda ro'yxatdan o'tgan talabalar to'lov qilishga ulgurmadi.
DTM esa hech bir ogohlantirishsiz 23.07.2021 18:00 gacha deb qo'yibdi oxirgi muddatini.
Lekin bu sanani ular na telegram orqali na o'zlarini sayti orqali e'lon qilishdi.
Kecha esa faqat ijodiy imtixonlari bor yo'nalishlarga to'lov qilish imkoniyatini beribdi.
Bu nima degan yoki qaysi bir aqllini hayoliga kelgan ish?
Nima boshqa abituryentlar yoki o'qishga topshirgan yoshlar ahmoqmi?
Ularni ajratib nima keragi bor.
Ko'pchilik bu qarordan norozi!

Endi shu yerda bir tashkilotlarni esga olmoqchiman YOSHLAR PARLAMENTI, YOSHLAR ITTIFOQI va YOSHLAR ISHLARI BO'YICHA AGENTLIKLAR nima qildi???
Axir shu masalani ijobiy hal qilib bermasa.
O'sha tashkilotlarga yoshlar faqatgina BAYRAMLAR TADBIRLAR "LYAAA LYUUU LYAA" lar uchun kerakmi?
Qo'lidan nima keldi?
Nega shunday vaziyatda ular to'lov qilmay qolgan abituryentlarni qo'llab-quvvatlab DTM ga O'Z FIKRIMI yoki QARSHILIGINI bildirmadi?
"Hoy janoblar o'tgan yillari o'zlaring barcha abituryentlarga yana muxlat berar edinglar AJRATMAS edinglar, nima senlarni pullaring ko'payib qoldimi yoki charchab qoldilaringmi deb?" ayta oladimi o'sha YI, YP, YIA, tashkilot raislari?!

Bu narsalarni sizga yozishimdan maqsad men barchani nomidan yozdim.
Sizlar yoritib chiqa olasizlar deb o'ylayman.
Vazirliklarga shu DTM dagi KOSASI TILLADAN bo'p ketgan amaldorlarga yetkazing shu xabarimni.
Raxmat sizlarga.
H_hadica
Wundo etvorila
Shoxrux
2 yil tayyorlangan odam qabulni ilk xaftasida qolib ketmay deb xujjat topshirib to'lovlarini qilib qo'ymaydimi
Hammada har xil vaziyat, uni o'rnida siz bo'lganida nima qilardiz? O'tirib aql o'rgatish maslahat berish juda oson. Imkon berish kerakku? Ro'yxatdan o'taman demadiku to'lov amalga oshirmoqchi kelinglar yordam so'rab imkon yaratishlari uchun birdam bo'laylik!!!
Abituriyentlar necha yil tayorlanib qandaydir arzimagan to'lovni amalga oshira olmay bir yil kutishlari adolatdan emas 🤯🤯🤯
Show next 72 comments