Тест учун тўлов қилиш муддати 1 кунга узайтирилди. Лекин ҳаммага эмасДавлат қабул комиссиясининг 2-сон баёнида
касбий (ижодий) имтиҳонлар билан бирга мажбурий учта –
она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ), метаматика ва
Ўзбекистон тарихи фанларидан тест синови орқали бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган, бироқ белгиланган тўловни амалга оширмаган абитуриентларга бир иш куни ичида тегишли тўловни амалга оширишга рухсат берилди.
❗️Бунда мазкур тоифадаги абитуриентлар бугун
28 июль куни 18:00 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.
Тўлов муддати фақат ижодий имтиҳони бор йўналишга топширганлар учун узайтирилди. 5 та фандан тест топшириладиган йўналишларга рўйхатдан ўтган ва тўловни амалга оширишга улгурмаганлар учун тўлов муддати узайтирилмади. Демак, улар тестга киритилмайди.
Лекин ҳужжат топширишнинг охирги 3 куни дам олиш кунлари бўлди ва банклар ишламади, боз устига электрон тўлов қилиш тизимида техник муаммолар кузатилди. Шуларни инобатга олиш керакмиди дейманда…
👉 @xushnudbek 👈
Murojaatim shuki.
Bu yilgi OTM larga qabul jarayonlaridan ko'pchilik norozi. Sababi oxirgi kunlarda ro'yxatdan o'tgan talabalar to'lov qilishga ulgurmadi.
DTM esa hech bir ogohlantirishsiz 23.07.2021 18:00 gacha deb qo'yibdi oxirgi muddatini.
Lekin bu sanani ular na telegram orqali na o'zlarini sayti orqali e'lon qilishdi.
Kecha esa faqat ijodiy imtixonlari bor yo'nalishlarga to'lov qilish imkoniyatini beribdi.
Bu nima degan yoki qaysi bir aqllini hayoliga kelgan ish?
Nima boshqa abituryentlar yoki o'qishga topshirgan yoshlar ahmoqmi?
Ularni ajratib nima keragi bor.
Ko'pchilik bu qarordan norozi!
Endi shu yerda bir tashkilotlarni esga olmoqchiman YOSHLAR PARLAMENTI, YOSHLAR ITTIFOQI va YOSHLAR ISHLARI BO'YICHA AGENTLIKLAR nima qildi???
Axir shu masalani ijobiy hal qilib bermasa.
O'sha tashkilotlarga yoshlar faqatgina BAYRAMLAR TADBIRLAR "LYAAA LYUUU LYAA" lar uchun kerakmi?
Qo'lidan nima keldi?
Nega shunday vaziyatda ular to'lov qilmay qolgan abituryentlarni qo'llab-quvvatlab DTM ga O'Z FIKRIMI yoki QARSHILIGINI bildirmadi?
"Hoy janoblar o'tgan yillari o'zlaring barcha abituryentlarga yana muxlat berar edinglar AJRATMAS edinglar, nima senlarni pullaring ko'payib qoldimi yoki charchab qoldilaringmi deb?" ayta oladimi o'sha YI, YP, YIA, tashkilot raislari?!
Bu narsalarni sizga yozishimdan maqsad men barchani nomidan yozdim.
Sizlar yoritib chiqa olasizlar deb o'ylayman.
Vazirliklarga shu DTM dagi KOSASI TILLADAN bo'p ketgan amaldorlarga yetkazing shu xabarimni.
Raxmat sizlarga.