Ijara VMQ-605, 24.09.2021.pdf
791.6 KB
Талабаларга ижара тўловининг 50 фоизини қоплаб бериш тартиби тасдиқланди  

Асосий қоидалар:

➖ижара тўловини қоплаш учун албатта солиқ органларидан рўйхатдан ўтган расмий ижара шартномаси бўлиши керак;

➖ ижара тўлови фақат кундузги таълимда ўқийдиган талабалар учун тўлаб берилади. Сиртқи ва кечки таълим учун қўлланмайди;

➖ битта турар жойда икки ва ундан ортиқ талаба ижара ҳуқуқи асосида яшаса, уларнинг барчаси ижара шартномасида қайд этилган бўлишлари шарт;

➖ ўзи ёки ота-онасининг уйида, шунингдек доимий турар жойидаги уйда ижарада турганларга қоплаб берилмайди;

➖ аризалар ҳар ойнинг 7-санасигача декан ўринбосари ёки ОТМдаги турар жой билан таъминлаш бўлимига топширилади;

➖ижара тўловининг бир қисмини қоплаб бериш ўқув йили давомида (ҳар йили 1 сентябрдан 1 июлгача) ёки ўқув дастури давомийлигига қараб белгиланади;

➖ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми Тошкент шаҳрида – БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм), қолган ҳудудларда – 0,5 баравари (135 минг сўм)дан оширилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

217 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev iltimos yana ham kengroq tushuncha bersangiz,ijara egasi uchun hech qanday muammo boʻlmaydimi,ular bemalol rozi boʻlishlari mumkinmi bu qarorga,biz hozirdan dekan muoviniga murojaat qilsak boʻladimi,koʻpchilik talablar ijaraga olingan uyda ijara turishadi, ular uyning haqiqiy egasi bilan shartnoma qilishadimi ?
Nodir
Yotoqxonada turadiganlani ham tòlaydimi
Shayzoqova
Assalomu alaykum farzandlarimiz hali ham yaxshi ijara topolmay sarson bo"lib yurishibdi .O'g'lim pediatriya instituti 1 kurs talabasi .
Assalomu alaykum hammaga ham berilamyfi deyishyaptiki bu qonunni
Mahalladan birorta ma'lumotnoma kerak mi yoqmi
Texnikum talabalariga ham vaksina olganiga 10% tolov shartnoma pulini tolab beriladimi
Man oʻqiwmni perevod qmoqchi edm oʻz yawaw manzilimga.
Qachon qsam boladi
Shartnomani uyni egasi qilishi kerak mi
Yusupova
Бу шартномага квартирага коёвчилар конишмаяптику
Nechi oy tursa shuncha oy yarmini tolab beradimi
Ijara qo‘yuvchilarni ko‘pchiligi shartnoma qilishga ko‘nishmaydi bu aniq davlat ham axmoq emasda shunday qilib ijara qo‘yuvchilardan ham soliq olmoqchi bergan pulini yarmini qaytib olishadi aniq bunga ijarachilar ko‘nishmaydi ko‘nsang tur bo‘lasam katta ko‘cha deyishadida talaba bechora qimmat bo‘lsa ham turadi menimcha bu qonun ko‘zbo‘yamachilik uchun chiqarilgan
Negaa bunaqa ijaraa shartnomasi kerak desak ijara beruvchilaga ijaraa narxini ham katta qilib aytishi tabiyku.bula 270 ming beradi biza uni nechi barobar qilib qaytarse.Uzi ijaragaa uy topish bir muammo bulsa uni shartnomasi bn narxiniki aytmasa ham buladi.Ota kamiga ish izlasangiz talabaga ish yuq deb hamma bittada javob beradi. Stependiyagaku kelsa gapirmasa ham buladi.ajoyib......ushaa gao hamma joydaa bitta gap yangi uzbekiston yangichaa talqinda
@Сабохат Эшимова@
Har oy tilab beriladimi ijarachi bilan shartnoma qilinadimi .talaba sarson bilmaydimi.
Talabaga yordam berishni eng oson yo'li hozirgi paytda UNI O'Z HOLIGA QO'YISH. Davlat eplasa chet elnikiday campus qursin. 10 000 kishilik OTMji yotoqxonasi 250 kishilik, bu nima degan gap. Sharmandalik emasmi. 270 000 pul berasanlami yomi kvartiralani narxi 70-90 dollargacha ko'tarilib ketdi. Qichimagan joyni qoshlamaslik kerak. 5 ta student o'lganiga paytavasiga qurt kirib hayoliga kegan qarorni qabul qilishni oqibati shu
딜도라
Texnikum talabalariga ham vaksina olganiga 10% tolov shartnoma pulini tolab beriladimi
Ball yetmaganlar qancha bo‘lsa oladimi yo ularni qabul qilish ham chegaralanganmi masalan bitta yo‘nalishga 50 ta odam yetmagan 3 yoki 4 bal sotvolib o‘qisa ham bo‘ladimi
Show next 35 comments