Ijara VMQ-605, 24.09.2021.pdf
791.6 KB
Талабаларга ижара тўловининг 50 фоизини қоплаб бериш тартиби тасдиқланди  

Асосий қоидалар:

➖ижара тўловини қоплаш учун албатта солиқ органларидан рўйхатдан ўтган расмий ижара шартномаси бўлиши керак;

➖ ижара тўлови фақат кундузги таълимда ўқийдиган талабалар учун тўлаб берилади. Сиртқи ва кечки таълим учун қўлланмайди;

➖ битта турар жойда икки ва ундан ортиқ талаба ижара ҳуқуқи асосида яшаса, уларнинг барчаси ижара шартномасида қайд этилган бўлишлари шарт;

➖ ўзи ёки ота-онасининг уйида, шунингдек доимий турар жойидаги уйда ижарада турганларга қоплаб берилмайди;

➖ аризалар ҳар ойнинг 7-санасигача декан ўринбосари ёки ОТМдаги турар жой билан таъминлаш бўлимига топширилади;

➖ижара тўловининг бир қисмини қоплаб бериш ўқув йили давомида (ҳар йили 1 сентябрдан 1 июлгача) ёки ўқув дастури давомийлигига қараб белгиланади;

➖ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми Тошкент шаҳрида – БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм), қолган ҳудудларда – 0,5 баравари (135 минг сўм)дан оширилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

217 comments

Show 100 more comments
Hech bir kv egasi shartnoma qilmayapti. Qilmaydi ham
Suhrob- سوحراب
Tolov kvartirada turadigan Barcha uchunmi yoki temir daftardagilargami faqat
Bu qaror 4kurs kunduzgi ta'limdagilarga ham taaluqlimi? Yoki ular õzini õzi eplaydi deb shartnomaga muhtoj emas deyishadimi? Masalan men 4 kurs bo'lishimga qaramay, ingliz tili yo'nalishida o'qiganim uchun o'z bilimlarimni yanada oshirish va IELTS sertifikatini olish uchun darslardan tashqari qo'shimcha kurslarga boraman, shu sababli ishlashga vaqt yetmaydi, vaholangki, yashash manzilim unuversitetdan uzoqligi tufayli , ijarada turishga majburman. Shunday holatda ham bu qaror bizga taaluqli bololadimi
Toshkent shahrida hozir 270 mingga ijarada turgani joy bormikan kamida 350 ming chekka joylari menimcha bu gʻirt nomaqulchilik yana shuncha ovvoragarchilik
Ollohga oshiq qalb!
Yangi Ózbekiston yangi qarorlar. "2 ta 15 bir 30" mi hullas shunaqa gaplar😂😂 kulgi aralash yiģi!!! Yaqinda sentabrdan ijara wartnomasi qildik kvda órtoqlarim bilan. Bizni kvga qóygan insonlar juda yaxshi odamlar ekan! Biz uchun vaqt ajratib' wartnoma qilib beriwdi. Qizigi ijara wartnomasidan daromad soligi olinadi 12%. Biz soliqni ózimiz tólaydigan bòldik. Wartnoma tuzib berilgani uchun ham tólov qildik Soliq bowqarmasiga🤣🤣. Sentabr oyi uchun ham soliq tóladik12%.🤣Eng qizigini aytaymi, ijaraga davlat byudjetidan ma'lum qismini oliw un oliygohimizga murojaat qilsam, òzimiz e'lon beramiz deb paysalga solib yurishbdi🤣😅. Keyin bilsam hali qaror ham chiqmagan ekan.🤣🤣 har yili qaror alohida chiqarkanda endi nimayam qilamiz!!! Hullas hali bizga beriwi ham noma'lum ekan🤣. Sababi ma'lum toifalarga kiriw kk ekan. Oilamizda faqat dadamlar davlat iwida iwliydi(1200000 oylik oladi). Oylikni necha pulligi davlatimiz uchun ahamiyatsiz ekan🤣. Hullas menga yotoqxona ham ijaradan yordam puli ham yuq menimcha, chunki dadam davlat iwidan 1mln nari beri oylik oladida😅😅. Ba'zan mardlar maydoniga(mardikor bozor) chiqib iwlab kelaman. Ha mayli Xushnud akamiz bu yozganimizni óqiydimi, yóqmi kulgi aralaw yiģlab ham oldim🤣🤣. Óqigani bilan hech kim hech narsani ózgartira olmaydi. Ollohdan barcha insonlarga insof va chiqargan, chiqaradigan qarorlar uchun aql, farosat tilaymiz.!!!
Assalomu alaykum! Arizani qanday topshirdiylar soliqqa? Borish kerakmikan yoki online ham boʻlarmikan
Assalomu alaykum Hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev iltimos yana ham kengroq tushuncha bersangiz,ijara egasi uchun hech qanday muammo boʻlmaydimi,ular bemalol rozi boʻlishlari mumkinmi bu qarorga,biz hozirdan dekan muoviniga murojaat qilsak boʻladimi,koʻpchilik talablar ijaraga olingan uyda ijara turishadi, ular uyning haqiqiy egasi bilan shartnoma qilishadimi ?
Nodir
Yotoqxonada turadiganlani ham tòlaydimi
Shayzoqova
Assalomu alaykum farzandlarimiz hali ham yaxshi ijara topolmay sarson bo"lib yurishibdi .O'g'lim pediatriya instituti 1 kurs talabasi .
Assalomu alaykum hammaga ham berilamyfi deyishyaptiki bu qonunni
Mahalladan birorta ma'lumotnoma kerak mi yoqmi
Texnikum talabalariga ham vaksina olganiga 10% tolov shartnoma pulini tolab beriladimi
Man oʻqiwmni perevod qmoqchi edm oʻz yawaw manzilimga.
Qachon qsam boladi
Shartnomani uyni egasi qilishi kerak mi
Yusupova
Бу шартномага квартирага коёвчилар конишмаяптику
Nechi oy tursa shuncha oy yarmini tolab beradimi
Ijara qo‘yuvchilarni ko‘pchiligi shartnoma qilishga ko‘nishmaydi bu aniq davlat ham axmoq emasda shunday qilib ijara qo‘yuvchilardan ham soliq olmoqchi bergan pulini yarmini qaytib olishadi aniq bunga ijarachilar ko‘nishmaydi ko‘nsang tur bo‘lasam katta ko‘cha deyishadida talaba bechora qimmat bo‘lsa ham turadi menimcha bu qonun ko‘zbo‘yamachilik uchun chiqarilgan
Show next 41 comments