⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 100 more comments
Qaysi vaksina ekanligi haqida aytishsin
Opa 2021-2022 o'quv yili boshlanaversin qolgani oydinlashadi. Usha sertifikatni institutda marketing bolimiga topshirilsa kk. Yangi oquv yili yaqinlashursa aniq boladi
Grantlarga yoqmi
Sogliq uchun olinglar deganda boshqa gap edi qayirdagi 10% chegirma uchun emas😒😒😒
Xalqni davlatga umuman ishonchi qolmagan, menimcha. Shuning uchun hamma orqaga tashlayapti. Vaksina olmagan ishchiga ish berilmasmish, talabaga chegirma. Tushinarsiz majburlov. Vaksinatsiya ortida katta biznes turibdi shekilli. Agar rostdan ishonchli bo'lganda hech kim majburlanmasdi, odamlarni o'zi borib olgan bo'lardi
Ixtitoriy(majburiy) vaksina...
Grantda õqiydiganlarni stipendiyasini 10% oshiribersa keyin olaman bôlmasa olmiman😂😂😂
Nargiza
Uzr a) siz javob yozishiz shartmas🙄 vaqt sarflab o'qishizam shartmasdi😂
Kuladigan gap yozmadim.


Insonni qanday kulishidan tarbiyasini
Nimaga kulishidan saviyasini bilsa böladi deb bejiz aytmagan ekan
Musaffo osmonimizga ko'z tegmasin.Bu yana nimasi.Vaksina bepul bo'lgani uchun ham birov olmayapti.Qimmatro qilinganda edi hamma olardi.Endi chegirma qildi hech kim ishonmaydi
Umrimizni vaksina belgilab bermaydi.Agar dori darmonlar belgilab bersa dadajonim tirik bo'lardi.Allohdan kelgan dard.Davosini ham Alloh beradi.Kasallik ko'payotgan ekan yig'ishtirsin kansert,tadbir va boshqalarni odamlarni qattiq nazoratga olsin.Gapirganni foydasi yuq menimcha
Show next 100 comments