⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 100 more comments
Xalqni davlatga umuman ishonchi qolmagan, menimcha. Shuning uchun hamma orqaga tashlayapti. Vaksina olmagan ishchiga ish berilmasmish, talabaga chegirma. Tushinarsiz majburlov. Vaksinatsiya ortida katta biznes turibdi shekilli. Agar rostdan ishonchli bo'lganda hech kim majburlanmasdi, odamlarni o'zi borib olgan bo'lardi
Ixtitoriy(majburiy) vaksina...
Grantda õqiydiganlarni stipendiyasini 10% oshiribersa keyin olaman bôlmasa olmiman😂😂😂
Nargiza
Uzr a) siz javob yozishiz shartmas🙄 vaqt sarflab o'qishizam shartmasdi😂
Kuladigan gap yozmadim.


Insonni qanday kulishidan tarbiyasini
Nimaga kulishidan saviyasini bilsa böladi deb bejiz aytmagan ekan
Musaffo osmonimizga ko'z tegmasin.Bu yana nimasi.Vaksina bepul bo'lgani uchun ham birov olmayapti.Qimmatro qilinganda edi hamma olardi.Endi chegirma qildi hech kim ishonmaydi
Umrimizni vaksina belgilab bermaydi.Agar dori darmonlar belgilab bersa dadajonim tirik bo'lardi.Allohdan kelgan dard.Davosini ham Alloh beradi.Kasallik ko'payotgan ekan yig'ishtirsin kansert,tadbir va boshqalarni odamlarni qattiq nazoratga olsin.Gapirganni foydasi yuq menimcha
Vaksinani o'zimiz yashaydigan hududdan olamizmi ?Masalan yashaydigan manzili viloyatda bo'lsayu,ishlaydigan joyi Toshkent shahrida bo'lsa,vaksinani Toshkent shahridan olishi mumkinmi
Nega endi o'z ixtiyori bilan emlangan talabalarga kontraktiga 10 % chegirma beryapti?! Nega unday yengillik beryapti, nima emlanish shunchalik xavflimi yoki, biron xavfli joyi bor bo'lsa ekan, bizga "mana shu xavfli narsaga rozi bo'lganing uchun" deb shunday chegirma berishsa... axir tekin emlanayotganimizni o'zi ham yaxshi edi-ku?! Negadir shu joyi shubhali... 🤔🤔🤔
Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyrug' na qilur?!
Ashurov N N
Sirtqilarga ham amal qilar ekanmi bu? Biladiganlar bormi?
Talabalarga yildan -yilga sharoit narmalniy bob ketvotti.Ilohim talabalatimiz ishonchimizni oqlasinde
Zòrku otasiga raxmat 👏👏👏👏
Show next 100 comments