Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
4 yil bo'ldi o'sha yoqimsiz kunga . Oyoqlarim muzlab dag' dag' titrardim.... xona judda issiq... lekin mani tanam muz.... o"zimga o'zim achinaman, xolos... ammo, hayotdagi shirin voqealar , juddiy mas'uliyatlar oldida 1-avgust- kulguli😁😁
Gavharoy Abbosova
Assalomu alaykum Hushnudbek,ajoyib kunni eslatdingiz! Mening katta o'g'lim 2015- yili 1- Avgustda Test topshirib,yuqori ball b.n Grant asosida talabalikka qabul qilingan,U kunni " BO'RILAR IChIDAN" rizqingni olib chiqqansan ,deymiz,chunki ko'zimiz oldida telefonlar,chiplar,derazalardan abituriyentlar tomonidan tegishli kishilarga uzatilgan.Ehhh... mayli bilimi,ruzqi bor ekan,o'tib ketgan,ollohga shukr.Bilimli abituriyentlar o'tib ketsin,bu yil ham,ilohim 🤲🤲🤲
Shaxnoza Murodova
💞Абдувалиева💞
Опечатка кетиб копти🙊
Xa talaba deng òzim ham hsyron bòldim 😉😉😉🙃🙃🙃
Фарида Эшназарова
2000 yil tong sahardan turib, onajonimni duosini olib, hayajon bilan test topshirganman. Va nihoyat 3 chi yil talaba bo'lganman.
Xushnidbek talim tarbiya bergan ota onangizga tashakkur. Judayam aqlli va teran fikrlidigan insonsiz. Ilohim salomat boling sizzi yolizzi farzndlarimizga ham bersin Ollohim.
😊😊😊😊😊
1-avgust imtihon topwiriwdan oldin,qovun,tarvuz yemaganmz guyoki yesak oqwdan yiqiladgande,wunaqa irmlani ham bowmzdan utkazde u paytda yow edik endi eslasam kulgim keladi bilim bolsa qovun,tarvuz nima qiberardi
Moxigul
2012- 2016 yillar Juda xayajonli kunlar edi. Tugilgan kunim xam tatimasdi. 5 yil deganda o'qishga kirib mana xozir magistraturada grandda o'qiyapman.
1- avgust eng hayajonli kunlar bo‘lgan. Birinchi yil SamDU Matfakka kontrakt bo‘lganman. O‘shanda oyim sharoit yo‘q deb o‘qitmagan.😭😭 Keyin kollejda o‘qib, Universitetga 4- 5 marta yana topshirganman. Ancha o‘yinlarni ko‘rganman men ham. Telefon, shpargalka, talkash degan narsalarni. Hozir xudoga shukur SamDU ning Iqtisod fakultetining 4 bosqichiga o‘tdim. Sirtqi. Baribir peshonada bor ekan. Intilish kerak, kurashish kerak.
da esmda esmda wundo o'qiwga reegstratsiya qigani keldim 1 bal nech pul bo'lyapti dvorganman gapimi topomi o'zi kirish ballari nechchi dmoxcidm xulas qovun tuwrganman

regstratsachiiyam kulvorgan ken menga qarab turb br yarimindan beryapmz dep xazilawgan eexx noqulay holatda boganmanda owanda
Suyunova Maftuna
Assalomu alaykum ahli O'zbekiston . Hushnud aka yaxshimisiz ishlariz yaxshimi? Sizni zakovatda yurgan paytingizdan mulisangizman havas qilaman sizga.olloh umringizni ziyoda qilsin.....1-avgust hayojoni boshqacha bulardi ...nomi uchgan ,,shipargalka.legota karrupsiya" bular bizga uxshagan qizlarni o'xshagan qizlarni o'qishga kirishiga katta tusiq bulgan .
Elyor Mamadaliyev
Assalam aleykum. O'tayotgan kunimizni Alloh xayrli va barokatli qilsin!
1-avgust xotiralari....
Bu kun xotiraligicha qolsin. Oddiygina avgust oyining boshlanishi bolib qolsin. Endi Yangi O'zbekistonga munosib kunlar bo'lsin. Hammma mehnat qilganlar, yillar davomida repititorga borganlar, bolam oliy ma'lumotli bo'lsin deb tinim bilmay ishlaydiganlarning farzandlari uchun haqqiy yil bo'lsin.
Muhimi iliq tabassum bilan eslaydigan xotiralarga boy bo'lsin!!!!
Meni talaba qilgan kunku
Bu yilgi abiturentlarga omad yor bolsin.Ozilaga ishonilaa albatta talaba bolasila Allohdan hayrlisini sorela.(noboda oxwame qosayam panika qmela balki wu sla uchun hayrlisi yaxshisidr☺)
2019yil birinchi test topshiradigan yilim edi,oshanda rosa tayyorlangandim,imtixonga ketyapkanimda,pasportlarim qolib ketgandi,yarim yoldan qaytib uyga kelib,Yana olib ketgandim,lekin hech kimga bildirmagandim,afsus usha yili kirolmadim ham,keyin bir yil astoydil tayyorlanib 2020 yil menga omadli keldi,shu yili men òz orzuyimdagi universitetimga,Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirdim,mana bir yil ham otdi ketdi,hammasiga Alhamdulillah
Show next 100 comments