Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
1- avgust eng hayajonli kunlar bo‘lgan. Birinchi yil SamDU Matfakka kontrakt bo‘lganman. O‘shanda oyim sharoit yo‘q deb o‘qitmagan.😭😭 Keyin kollejda o‘qib, Universitetga 4- 5 marta yana topshirganman. Ancha o‘yinlarni ko‘rganman men ham. Telefon, shpargalka, talkash degan narsalarni. Hozir xudoga shukur SamDU ning Iqtisod fakultetining 4 bosqichiga o‘tdim. Sirtqi. Baribir peshonada bor ekan. Intilish kerak, kurashish kerak.
da esmda esmda wundo o'qiwga reegstratsiya qigani keldim 1 bal nech pul bo'lyapti dvorganman gapimi topomi o'zi kirish ballari nechchi dmoxcidm xulas qovun tuwrganman

regstratsachiiyam kulvorgan ken menga qarab turb br yarimindan beryapmz dep xazilawgan eexx noqulay holatda boganmanda owanda
Suyunova Maftuna
Assalomu alaykum ahli O'zbekiston . Hushnud aka yaxshimisiz ishlariz yaxshimi? Sizni zakovatda yurgan paytingizdan mulisangizman havas qilaman sizga.olloh umringizni ziyoda qilsin.....1-avgust hayojoni boshqacha bulardi ...nomi uchgan ,,shipargalka.legota karrupsiya" bular bizga uxshagan qizlarni o'xshagan qizlarni o'qishga kirishiga katta tusiq bulgan .
Elyor Mamadaliyev
Assalam aleykum. O'tayotgan kunimizni Alloh xayrli va barokatli qilsin!
1-avgust xotiralari....
Bu kun xotiraligicha qolsin. Oddiygina avgust oyining boshlanishi bolib qolsin. Endi Yangi O'zbekistonga munosib kunlar bo'lsin. Hammma mehnat qilganlar, yillar davomida repititorga borganlar, bolam oliy ma'lumotli bo'lsin deb tinim bilmay ishlaydiganlarning farzandlari uchun haqqiy yil bo'lsin.
Muhimi iliq tabassum bilan eslaydigan xotiralarga boy bo'lsin!!!!
Meni talaba qilgan kunku
Bu yilgi abiturentlarga omad yor bolsin.Ozilaga ishonilaa albatta talaba bolasila Allohdan hayrlisini sorela.(noboda oxwame qosayam panika qmela balki wu sla uchun hayrlisi yaxshisidr☺)
2019yil birinchi test topshiradigan yilim edi,oshanda rosa tayyorlangandim,imtixonga ketyapkanimda,pasportlarim qolib ketgandi,yarim yoldan qaytib uyga kelib,Yana olib ketgandim,lekin hech kimga bildirmagandim,afsus usha yili kirolmadim ham,keyin bir yil astoydil tayyorlanib 2020 yil menga omadli keldi,shu yili men òz orzuyimdagi universitetimga,Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirdim,mana bir yil ham otdi ketdi,hammasiga Alhamdulillah
Anora
Ohooo 1-avgust man uchun eeeeng hayajonli kun bolgan. Kechasi bn uxlolmay ertalab uyģonib hayajondan nima yeganmni ham bilmayman. Yólda tirbandliklar.tinimsiz pichirlab duolar aytganm. Va nihoyat test boladigan joyga borganm. Minglab abituriyentlarnu kórib yanada hayajonga tushganm. Uzundan uzun navbatlar.qórqinchli😆tekshiruvchilar. Ehhhhh qanchadan qancha xotiralar hammasini yozishim uchun 1soat vaqt kerak manimcha. Lekin 15kun javob kutib yiqilganmni eshitgandm🤭 Ammo 2018-yil 2-avgust😍bunda ishinchga tólgan bir qiz qórqmasdan imtihon binosiga kirib bordi. Savollar vaqaraģidagi savollarga ham.qórqmasdan ishonch bilan javob belgiladi. Va ona tilidan 30tadan 30ta ishlab 3-avgust kuni talaba bolganini eshitdi🤩 hozir u 4-kurs talabasi boldi😇 tan olish kerak ótgan yillarga nisbatan 2018-yil biroz haqqoniyroq bolgan nazarimda. Chunki ilk bor kameralar butun ózbekistonga namoyish etilgan. Tekshirishlar kuchli bolgan. Hamma bir vaqtning òzida nazoratga olingadi. Nima bolganda ham bu eng zór xotiralarim😇😊yuzim yoruģ bolgan kunlar. Toģri balki diplom hayotimda juda katta hamiyatga ega bolmas ammo TALABALIK-OLTIN DAVRIM hayotimga albatta ijobiy tasir kórsatgan. Mani butunlay ózgartirgan🥲 hammaga talabalik baxti nasib qilsin. !
Бахромова
Мен ун хам бу кун омадли кун чунки биринчи топширган йилимдаёқ ўзим хохлаган ўқишга биринчи ўринда бюджетга кирганман.
😅 Eh 1-avgust. Institut ikkinchi yil o'qishga kirganman.

1.Yuridik kollejni (kollej vaqtida to'liq 3yil repititorga bordim tarix ingliz tilidan🤦🏻‍♀️) tamomlab ming azob bilan topshirdim TDYU hujjat topshirgani bordim. Borsam qabul Yunusobod tumanida bolarkan. Amallab topib bordim, hujjatlardagi muammo🥵 5kun dganda keyin hujjat topshirdim. Yaxshiyam Toshkentda yashayman (tasavvur qiling viloyatdan kelganlari...)

2.DTM ruxsatnomani olish😥🤬

Vanihoyat 1-avgust IMTIXON
metro uchun avvaldan jetonlar olib qoyganman, o'sha kuni ertalab soat 3da uyg'onganman. Soat 5:20da uyimiz oldidagi astanovkadaman🤦🏻‍♀️. Ertalabdan koca tola odam. Yo'llar yopiq, probka pewkom yurib borish kerak. Tekshiruvlardan o'tib imtixonga kirib chiqtim. Peshanada bori nasib qmadi talaba bo'lish.

2-yil irrigatsiya institutiga tavakkal topshirdim (orada ishladim umuman kitob ochib qaramadim)
20-iyul kuni borib hujjat topshirdim. Imtixonga borish uchun uydan 8da taksida uchib ciqib ketganman, zavtrak qilmasdan chunki uxlab qolganman. Bir qadam yilga 40 minut dganda yetib bordim. Ickariga kirib tavakkal belgilab 10:20da chiqib kettm. Ishga borishim kerak edi. Hudoga shukur vanihoyat 😅 Talaba bo'ldim. Nima bo'lsa yaxshilikka ekan.
1 август Мен учун бошкача кун чунки хамма имтихон топшириш билан овора булган вактда хаёт имтихонига кадам куйганман. Кизиги шундаки укишга топшириб 9 йил давомида тугилган кунимда 1 август куни имтихонда утирганман ва нихоят 10 мартда топшириб 19 август куни имтихондан утиб талаба булганман хозирда Гулду да 4 курс талабасиман сиртдан укийман Мана бугун хам Мен учун уша хаёт аталмиш имтихоннинг бошланган куни!
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
31 iyul vahli uxlashim kerak ertaga imtixonga boraman deb kechasi soat 2 da zòrģa uxlaganlar qòl kòtarilar😅
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
2001-йил 1-август кунидан бир кун аввал қора узум еганман қовун билан😂 кейин имтихон куни зўрға имтиҳонга кириб чиққанман.ужас, иситма,қорин оғриғи ҳалиям эсимда, унданам қизиғи грант сўзини тушунмаганим, бюджет дердик у пайтлар,давлат гранти бўлимида ўзимни кўриб роса йиғлаганман, киролмапман деб😩😂😂
Show next 100 comments