Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Abbos Abdunazarov
Hamma narsaga vaqt kerak Mana testlar ham institutga kirish ham ancha oson b6lib qoldi bu prezidentimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan Yana biri lekin men Yana bitta narsaga e'tibor qilishlarini s6rardim bu pensiya masalasi sababi instut Universitet k6paygani sari kadrlar k6payib bormoqda aksariyat joylar band ya'ni nafaqaga chiqqan b6lsa ham ishlashda davom etmoqda buning natijasida yosh kadrlarga ish b6lmay boshqa yurtlarga ketishg majbur b6lishyapti k6pchiligi shu BN birga davlat budjetiga ham zarar bu sababi ham nafaqa ham pensiya olib ishlashayapti Mana shu masalani Yana bir k6rib chiqsa yaxshi b6lardi bu meni shaxsiy fikrim
Юнусобод иқтисодиёт коллежини ремонт бўлган краска хидли, ойнаси очилмидиган хонасида Юридик университетга имтихон топширгандим 2016 йил, биринчи йилим эди ушанда, 191.8 балл билан контрактга киргандиим, армейслани хисобига кирганман контактга. Армейсла бўлмаганда буджетда ўқирдим шу баллим билан
Bu kun "Talkashlar" kuni bolib qoladi baribir...
2019-yil 2-avgust abetgi smenada 14.00 da( rossaaaa issiq edi xavo) testga kirib chiqqan edim. Esimga qolgan narsa shu ediki test savollari juda oson edi.
Raximov Shahobiddin
Assalomu aleykum test savollari albatta takrorlanadi 100% menga tushgan savollarni 70 %òrtoqlarimni imtixonida takrorlangan keyin asosan òtgan yilgi bazadan tushish extimoli bor savollar rossa oson lekin shoshilmaslik kerak keyin birinchi javobini aniq bilgan savollarni ishlash kerak bilmaganlarizni oxirida ishlasez òzizga yaxshi bòladi ENG MUHIMI SHOSHIB QOLMASLIK KERAK òzimga keladigan bòlsak men xozir 2–Kursda òqiyman
Ассалому Алекум укишини кучирадиган и руйхатдан утканла борми ман переводга руйхатдан утканидим кабул килиндиз деб смс келдию тулов хакида хабар келмади сизларгачи билсайла итворийлар
Известная
Manda 1-avgustda hech qanday xotiralar yóq. Ótgan yili birinchi imtihon topshirganimda kirganman.
Mархабо
Ман учун 1- август жудаям кадрли кун .Чунки 2017 1-августда иккита фарзандим имтихон топшириб талаба булиш бахтига мушарраф булишган
💖Lola🕊
Assalomu alaykum avval hujjat topshirish haqida, qabuldagi ustozlar ataylab hujjatlarda bahona izlashar, viloyatdan kelganlarni rosa sarson qilishardi, qanaqadur hujjatni yo'qligini aytishib, hujjatni olishmasdi, baxtimizga esa o'sha ustozni shogirdi kelar va bizdan hujjatni qabul hay'atiga topshirish uchun holisona yordamlashvorardi (qabuldagi ustozlar ham rosssa soqqa qilishardi, shogirdlari bilan), imtihon kuni esa ba'zi abituriyentlarni mazzasi qochgan, ba'zilarini test variantida xatolik bor, eng qizig'i bu xatoliklarni nazoratchi IIB hodimlari sezishardi va ular test variantlarini olib chiqishib, boshqa variantga almashtirib kelishardi (nazoratchilarni ham bola-chaqasi bor) shunaqa holislarni yordami bilan men hujjat topshiraverardim, DTM meni qabul qilmasdi o'qishga oradan 8 yil o'tdi, nihoyat holislarni ishlarini ko'raverib 9 yil men ham talaba bo'ldim inshoollox, hozirgi kunda ishlayapman, mana hozir hujjatlar onlaine, imtihonlar stadionlarda, faqat bir narsa o'sha vaqtdagi qabuldagi ustozlarni ishlariyu, nazoratchilarni noqonuniy ishlari vijdonsizliklar, ha mayli hammasini allox ko'rib turibdiyu
Lekin ijodiy imtihon topshiradiganlar hali hanuz 7 8 yil ortdamiz chunki bizga 1 institut boshqa institutlarga ruhsat yo‘q eng qiziq joyi biz test topshiradigan abturentlar bilan pachti bir xil holatdamiz biz ham test topshiryabmiz🙃🙃🙃
Zoxida Mardanova
Ertalab uygonganimdan shu kunni eslagandim😀
Kozimjon Sodikjonov
Men 2010-yil 1-avgustda 1-marta imtixonga borib shu yili Grantga kirganman lekin ungachaaa o'zim bilaman Nima bo'lganini
2014-yil... ÔzDJTU ga budjet asosida qabul qilinganman, garchi turli xil usullar bn tólgan talabalar kópchilikni tashkil qilgan bôlsa ham. Insonning ôz kuchiga ISHONCHI har narsadan ustun bôlishi kk.
2010 yil 1 avgust. Samarqand, bulvar. telefon sony ericson, falga, shar, fleshka, talkash, bunker, snb, chop, qoch, yana fleshka, titul, soat 13:00,Topshiiiiiiir!!!! 15 avgust , 181 ball, yiqildim🤣
Va hozir talabaman .😊
Неизвестно
Xushnutbek bitta internet ishlamagani uchun oldingi tizimni yomonlash shart emas. Aytingchi mana hozir nima õzgardi. Savollar darajasi yengillashtirildi. Savollarda saviya qolmadi. Shumi siz aytgan kutgan õzgarish. Keling undan kŏra savol bermaylikda xammani õqishga qabul qilaylik... Xushnutbek xozirgi test savollariga õxshab saviyangiz qolmabdi sizni xam. Paxta qõyishni boshlaganiz bilan tabriklayman. Omadizzi bersin.
Show next 100 comments