Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Известная
Manda 1-avgustda hech qanday xotiralar yóq. Ótgan yili birinchi imtihon topshirganimda kirganman.
Mархабо
Ман учун 1- август жудаям кадрли кун .Чунки 2017 1-августда иккита фарзандим имтихон топшириб талаба булиш бахтига мушарраф булишган
💖Lola🕊
Assalomu alaykum avval hujjat topshirish haqida, qabuldagi ustozlar ataylab hujjatlarda bahona izlashar, viloyatdan kelganlarni rosa sarson qilishardi, qanaqadur hujjatni yo'qligini aytishib, hujjatni olishmasdi, baxtimizga esa o'sha ustozni shogirdi kelar va bizdan hujjatni qabul hay'atiga topshirish uchun holisona yordamlashvorardi (qabuldagi ustozlar ham rosssa soqqa qilishardi, shogirdlari bilan), imtihon kuni esa ba'zi abituriyentlarni mazzasi qochgan, ba'zilarini test variantida xatolik bor, eng qizig'i bu xatoliklarni nazoratchi IIB hodimlari sezishardi va ular test variantlarini olib chiqishib, boshqa variantga almashtirib kelishardi (nazoratchilarni ham bola-chaqasi bor) shunaqa holislarni yordami bilan men hujjat topshiraverardim, DTM meni qabul qilmasdi o'qishga oradan 8 yil o'tdi, nihoyat holislarni ishlarini ko'raverib 9 yil men ham talaba bo'ldim inshoollox, hozirgi kunda ishlayapman, mana hozir hujjatlar onlaine, imtihonlar stadionlarda, faqat bir narsa o'sha vaqtdagi qabuldagi ustozlarni ishlariyu, nazoratchilarni noqonuniy ishlari vijdonsizliklar, ha mayli hammasini allox ko'rib turibdiyu
Lekin ijodiy imtihon topshiradiganlar hali hanuz 7 8 yil ortdamiz chunki bizga 1 institut boshqa institutlarga ruhsat yo‘q eng qiziq joyi biz test topshiradigan abturentlar bilan pachti bir xil holatdamiz biz ham test topshiryabmiz🙃🙃🙃
Zoxida Mardanova
Ertalab uygonganimdan shu kunni eslagandim😀
Kozimjon Sodikjonov
Men 2010-yil 1-avgustda 1-marta imtixonga borib shu yili Grantga kirganman lekin ungachaaa o'zim bilaman Nima bo'lganini
2014-yil... ÔzDJTU ga budjet asosida qabul qilinganman, garchi turli xil usullar bn tólgan talabalar kópchilikni tashkil qilgan bôlsa ham. Insonning ôz kuchiga ISHONCHI har narsadan ustun bôlishi kk.
2010 yil 1 avgust. Samarqand, bulvar. telefon sony ericson, falga, shar, fleshka, talkash, bunker, snb, chop, qoch, yana fleshka, titul, soat 13:00,Topshiiiiiiir!!!! 15 avgust , 181 ball, yiqildim🤣
Va hozir talabaman .😊
Неизвестно
Xushnutbek bitta internet ishlamagani uchun oldingi tizimni yomonlash shart emas. Aytingchi mana hozir nima õzgardi. Savollar darajasi yengillashtirildi. Savollarda saviya qolmadi. Shumi siz aytgan kutgan õzgarish. Keling undan kŏra savol bermaylikda xammani õqishga qabul qilaylik... Xushnutbek xozirgi test savollariga õxshab saviyangiz qolmabdi sizni xam. Paxta qõyishni boshlaganiz bilan tabriklayman. Omadizzi bersin.
Man uchun eng hayajonli kun bolgan. Chunki 1-yil topwirib kiromaganman.Uydigila bu yilam kiromasen erga bervoramiz dib etishgan. Adam oqiwga hujjat topshirishimga ruhsat bermaganla uydigilaga bildirmasdan hujjat topshirib keganman . Televizorda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 13-maydagi qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilinganini ko'rib shu universitetga kiraman dib ich ichimdan niyat qiganman . Allohimga behisob shukurlar bo'lsinku o'qishni tamomlab o'zim o'qigan maktabda dars berib kelmoqdaman. Imtihon vaqtida juda koplab oyinlar bolgan. Kirish ehtimoli juda kam edi lekin omadim kirib o'qishga qabul qilinganman.
Kozimjon Sodikjonov
Men hozir esladim bu kunni lekin haqiqatdan shu kun shu 3 soat uchun Men 5yil tayyorlanganman
Nozliya To'rayeva
2017-yil 1-avgust hayotimdagi eng muhim kunlardan biri😊 Birinchi yildan 178.2 ball bilan kontraktga kirganman grantga bor-yo‘g‘i 1.4 ball yetmagan juda alam qilgandi😅😅 Mana 4 yil ham o‘tib ketdi yaqinda diplom oldim, lekin o‘sha kunni hech qachon unutmayman hozir test sinovlari ham o‘zgarib ketdi, bizni vaqtimizda 3 blokdan savollar ham 36 tadan bo‘lardi kirish ballari ham ancha yuqori edi, xullas 36 talik testni ishlagan oxirgi abituriyentlardanmiz😀😀😂 Xudo xohlasa bu yil magistraturaga harakat qilib ko‘raman. Barcha oliy o‘quv yurtiga topshirgan abituriyentlarga omad tilayman!!!
❤️🐻
1август бошкача кун еди росахам укишга бу йил топшираман Илохим хамма натопила укишга кириб олайлик .1август имтихон пайтлари акам имтихонга кириб кетсалар узим хаяжонланардим манхам кин нма киламан дб Илохим бу йил хамма абитуриентларни омадини берсин хаммамиз чин калужан хохлаяпмиз Илохим кириб оламиз .1август барибр бошкача еди хаммаси хшилика Хар длима тугрика интилилар утраиваемо йоги дб емас яхши ният килиб харакат клилар хамма укишга топширмокчиман булганларга омад
Диёров Даврон
Aslida hech narsa oʻzgarmagan. Yaʼni hech narsa bordan yoʻq, yoʻqdan bor boʻlmaydi. Shunchaki, bir koʻrinishdan ikkinchi koʻrinishga oʻtadi xolos. Agar, kimdir bu yoʻnalishda qanaqadir manfaatlar uchun 1-avgust kuni harakat qilgan boʻlsa, endi 1-avgustgacha bir necha kun davomida harakat qildi. Lekin, manfaatlar toʻqnashuvi bir necha barobar kamaygani quvonarli holat. Har xolda statistika buni tasdiqlaydi.
1август киносини курила зур экан узбекча бадий филим
Hozrgi 2 kurslar uchun 1 avgust oddiy kun chunki bizni imtihonlar sentabrda bo'ldi😊
Show next 100 comments