Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Sarvinoz
Xa esimda oyoq kiyimimga telefon solib olib kirgandim😉
Lekin owa yili oqiwga kirolmaganman,keyin chin dildan tayyorlanib,o'qib,izlanib o'z kuchim va Allohimni mehribonligi sabab o'tgan yili talaba boldim va hamma narsaga harakat qilsa erisha oliwimni anglab yetdim
2005 yil shu kuni ham hayajon,ham qo'rquv bilan imtihonga bordim.O'qishga grand adosida 1-o'ringa kirdim(ancha vaqtgacha ishonmay yurgandim).Har doim 1-avgustni eslasam o'sha vaqtdagi holatim esimga tushadi
1-avgust kunidagi atmosfera butun umr yodimda qolsa kerak. Shu 1 kun qancha taqdirlarni hal qilar edi. Hayot qaynagan. Ko'cha har xil kayfiyatdagi abiturientlarga to'lgan. Ming xayol ichidagi abiturientlar xayolida joyida bo'lmiy qolardi.
2013-yil,2014-yillar SamDU va NDPIdan yiqilganman.2yil Rossiyada ishlab,2016-yil SamQXIga kirganman.O‘tgan yili bitirib,shu ishlavotibman hozir
Hamma 1 yil o'tganini Yangi yildan bilishsa, men 1-avgustda yil o'tganini his qilardim, 1 yoshga ulg'ayganimni sezardim, go'ya Yangi yilday.
Hammasidan ham komentlaga gap yoq lekin 😄
2014-yil 16-avgust edi adashmasam , kechasi chamasi soat 10 larda telefonimga sms kelgan , Siz talabalar safizaga Grant asosida tavsiya etildingiz deb ....Qattiq tayyorgarliklar bo'lar ekan o'shanda....Hozirgilarga mazza ,
1 avgust 2014 soat 5:00 da turdim. Keyin Toshkent ko'chalarida taxi to'xtadik. O'tni kallasi dek narxga. Keyin Sharqshunoslikni Westminsterdagi binosiga kirdik. Odam kop. Imtihonni topshirib ovwatlanib dam olib 5larda qaytgan iz dadam bilan. Kechqurun perevalda propkada qop ketganmiz 4 5 soat. O'sha yili kiromadim. Balim yetmadi. Hozir Jahon tillarda magistraturada 1 bosqichni tugatib 2 bosqichga otdim. Abituriyentlikdan ajoyib xotiralar qoldi. 😥
❤j@hongirovn@❤
1 avgust 3 yil kira olmastan 4 yili kirib hozir 4 kursman 1 avgustni eslawti hohlamiman 🤕😎😎😎
Xolmuminov Shoxrux
Men besh yil o'qishdan yiqilganman.Bir yil topshirmaganman. Yettinchi yil Oliygoh talabasi bo'lib shu yil tugatdim. Hayotimni yetti yili shu o'qishga tayyorgarlik bilan o'tdi. Bilimim yomon emas edi.Bir blokdan 36 savoldan 33 tagacha yechganman. Ammo baribir achinaman. Hayotimni ayni go'zal damlari o'qish, ish, yuksalish yo'lida bo'lmay repeteterda o'tdi.Lanatlar bo'lsin o'sha siyosatga, o'sha korrupsiyaga! Hozirgi abitureyntlar, ollohga shukur ayting mana shunday davrlar uchun!
Shohruh men ham xuddi sizdek o‘sha davrning qurboniman orada turmushga chiqib farzandlik ham bo‘ldim o‘sha vaqtda mening ham bilimim yomon emas edi.2ta blokda 34-33 ta ishlab chiqib xato kontrakt kirmasayiz rosa alam qilarkan.OLLOHGAshukur o‘tgan yili o‘z bilimim bilan nufuzli unversitetning talabasi bo‘ldim haqiqiy bilimlilar endi sinalyapti. Hozir Imtihonlar shaffof o‘tganini ko‘rib rosa xursand bo‘ldim. lekin rosti yoshim kotta bo‘lgani uchun ko‘p narsalarga ulgurolmay qolyapman.Har narsaning o‘z davri yaxshi ekan.😭😭
U paytlar ko'p ko'p xoxish bo'lsayam, metindek siyosiy iroda bo'lsayam foydasi yo'q, edi buni hammamiz bilamiz, bilardik gapira olmasdik hech kim. Hattoki siz ham Xushnud aka
Nafisa Allambergenovna
Talabalik baxti bizlarga ham nasib qilsin xuddi sizlardek shirin xotiralarni eslab yurish nasib qilsinda 🤲🤲
_Sirojiddin_
Keyin nima bolgan,yozingda endi😅
U yog'ini eslagim kelmagandidaa,😊😊chunki shu yili õqishga kirolmaganman.
2016-yil 1-avgustda exxe kursdowlarim biz Grant kiramiz sen kontrakt kirasan deb motivatsiyamni tuwirib yeglatiwgan imtihonga 10 minut qolganda
Bilimim bosayam Kontrakt kirib qoyiwdan qorqardim lekin men Grantga ular kontraktga kirdi
Depressiyaga tuwiriwga harakat qilganlarga chalģimang Hammasi yaxshi bòladi 😉
Saida Xasanova 7-maktab
1 avgust 2000 - yil Men uchun ajoyib bo'lgan, maktabni bitirgan yilim Grant asosida 3-o'rin bilan o'qishga kirganman🙂
Ollohga shukur hozi 3 kursga uttim.imtihon topwirganjm esimda xuddiki butun hayotim shu imtihondan o'tish va shu diplomga bog'leqdey.keyin anglab yetdim diplom shunchaki chorasiz qolganizda pul topish uchun xizmat qiladigan va odamlarni oldida ozro baland oliy ma'lumotliligizni ko'rsatib turar ekan xolos.hech narsa oliy ma'lumotga bog'liqmas harakatizga bog'liq qanaqa sohada bo'lsayam.diplomli oddiy yawayotganlarni ko'rdim,diplomsiz hech narsadan kam bo'lmaganlarni ko'rdim.shuni angladkmki hammasi odamni o'ziga bog'liq afsus xom kallamizni ko'pchiligimiz iwlatmeymiz.oylikka qarab utiraveramiZ
Olimova Humayro
1- avgust juda ko'p xotiralarga boy eng yaqin insonlarim menda o'qishga kirishga xavas uyg'otganlar shu kunda imtihon topshirishgan ularning tajribalarini olib 2 yil 1- avgustning hayajonini his qilganman yaxshi ham faqat 2 yil.. 😄 qadrdonim singlim mendan keyin 2 yil 1- avgustni qo'rquvidan hayajonidan o'tib talaba bo'lgan. Bu kunda qilingan ulkan ishlar esa ehhe qancha qing'irliklar lekin baribir bilim o'z natijasini beradi. Mandatni kutish ham boshqacha edi qo'limiz ishga bormay har bir savolni qayta qayta ko'rib chiqib har bir blokdan nechta topsam qancha ball bo'lishini hisoblab zerikkandik. Mana endi magistraturani ham bitirdik
𝐌𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯.𝐀.𝐔
Men uchun 1-avgust 31-iyuldan keyin kelgan.... 😅😂🤣 Shu esimda va haqiqat
Albatta hazil:
2011-yil TATUga topshirdim, va 15-avgustda kantrakt asosida oʻqishga kirdim...
Show next 100 comments