Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
********
Мана имтихон топширганимизга бугун хаш паш дегунча роппа роса 7 йил бўлибди. Умр оқар дарё эканда, барибир абитуриентликни қумсар экан. Зўр даврлар экан.
Qiziq bo'lgandi. Yangi tanishuvlar.
Шпаргалкалар..
Yillab kutganimiz 3 soat ichida hal bolgan edi
1- avgust kimga qanday kun bilmadimu, lekin men uchun 2011-yil 1-avgust eng baxtli kunlarimdan biri bo'lib umrbod qoladi 😊 Chunki shu kuni men talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lganman. Nafaqat men oilamizdan akam ham huddi shu nomga muyassar bo'lgandilar.
Faqat "oliyjanob" kattakonlarlarni "bunker" degan o'yini tufayli 187.1 ball bn inyazga kontraktga zo'rga ilinib qolgandim, shunisi alam qilgandi 😄... Kun kelib men to'plagan balim maksimal ball bo'lishi o'sha paytta tushimgayam kirmagandi 🤭🤭🤭Ehh baribir boshqacha bo'lgan u kunlar... Darvoqe, bu yilgi barcha abituriyentlarga omad tilayman.
Kechagiday esimda 2009-yil Moliya instituga hujjat topshirgandim imtihon Yunusobod tumanidagi qaysidir maktabda bo‘lgan edi.Juda qattiq tayyorgarlik ko‘rgandim.Kirishda MXX va IIB hodimlari juda qattiq tekshiruv o‘tkazdi. Telefon va shunga o‘xshash narsalar borasida. Imtihon boshlandi. Bir qiz hammadan oxirgi bo‘lib kirib keldi. Sochini yoyib, sumkachasidan tel chiqarib, sochini orasidan qulog‘iga qo‘ydi. Savollarni huddi o‘zi uchun o‘qiganday o‘qib javobini uyog‘dan eshitib belgilab hammadan oldin chiqib ketdi.
Bizzi paytta hammayoq korrupsiya edi lekin Allohga wukur mana bitirib ishlayapmiz ham. Muhimi òqiwga kiriw emas yaxwi oqib mutaxassis kadr bb chiqiw ekan. Oqiwga kiriw muhummas hullas
Meni ham taqdirim 5 yil oldin hal boʻlgan edi, Alhamdulillah bitirib oldim (kontrakt☺️).
Eng qizigʻi karrani bilmasdan ham grantda oʻqishib ular ham bitirishdi. 😎
Hammani omadini bersin.
Buni yozyapmanu beixtiyor ko'zimga yosh keldi.1997- yil dadajonim hayot edilar bizlar oilada 6 nafar farzand bo'lib beshtamizni dadam o'sha sovet davrida bittadan mashinani pulini berib o'zi yemay ichmay o'qishga kitgizgan men bu bn opalarim akalarim ilmsiz demayman ularni bilimlari mendanda kuchli bo'lgan lekin. O'sha davr shuni talab qilgan demak 1997-yil 1-avgust men imtixonga kirdim savollar men uchun juda oson edi men budjetga o'qishga o'tibman dugonam mendan oldin yo'lda bizga aytdi oldimda dadam men xursandligimdan dadamni quchoqlab oldim ,shunda dadam yo'q to'xta hali xursand bo'lishga erta borib o'z ko'zim bn ko'rmasam ishonmayman dedilar.Shunfa borib ko'rdik haqiqatdan ham men budjetga kirgan ekanman.Hozir o'qituvchi bb ishlayman.Ammo dadam har gaplarida men seni oldingda qarzdorman chunki sen o'zing o'qishga kirgansan deyasdilar .Oxiratlari obod joylari jannatda bo'lsin dadajonimni U kishi tibbiyot Oliygohida talabalarga dars berardilar fan doktori edilar.
oldinlari imtihon faqat bir kun bulganida, qaniyda 5-6 kun bo'lsa derdik, hozir 15 kun bo'lyabdi, orzuyimiz o'shaldi lekin imkoniyatimiz cheklandi.................(){
Shahzoda_ Sayilboyevna
Yillab kutganimiz 3soat ichida xal bo‘lgan
Muxlisa
BIZ KUTGANMIZ,AVGUSTNI O‘RTASIDA BO‘LADI DEYILGAN,KEYIN SENTABRGA KO‘CHIRILDI,TO‘G‘RISI IMTIHON HAYAJONI UMUMAN BO‘LMAGAN,ICHKARIDAYAM,XUDDI REPITITORDA USTOZLARIM BLOK TEST YECHTIRAYOTGANDAY ERKIN BO‘LGANMAN,UMUMAN QO‘RQUVDAN ASAR BO‘LMAGAN,BIZ BIRINCHI AVGUST NIMALIGINI HIS QILOLMADIK, CORONA SABAB,O‘QISHNIYAM,ROPPA ROSA 6OY OFFLINE O‘QIDIK,ON,OFF,ON KO‘RINISHDA,CORONA TEZROQ KETIB,O‘QISHLARNI OFF OFF QILIB O‘QIYLIK
Farhod Yuldashev
Xushnud aka assalom alaykum lechkaizga qanaqa yozsak bo'ladi savolimiz bor edi oldindan rahmat
Қўқон пед билим юртини 1999йилда тамомлаган 4г группасини учрашув куни бугун.Бир неча йил бориб юрдик.Ҳозир эса ҳар ойда йиғилиб дийдорлашяпмиз.Дийдор жуда ширин ва ғанимат.🙂💕🤗
Dinora
Assalomu alaykum!. 2017- yil 1-avgust kuni birinchi marotaba Oliy oʻquv yurtiga imtihon topshirganman. Oʻsha yili eng yuqori ball 226.8 edi. Men 177.6 ball toʻpladim. Eng ahamyatlisi grantga oʻtish balli shunda 177.7 ball boʻlgan NavDPI Tarix fakultetida.Oilada kontrak 2 ta boʻlsa, uydagilar qiynalishini xohlamasdan, kontrak asosida oʻqimadim. Qarindoshlar tomonida yordamlar koʻplab taklif qilindi, lekin ularning ham roʻzgʻori, oilasi bor. Bergan takliflari uchun rahmat aytaman. Bir yil qayta tayyorgarlikdan soʻng 2018 yil( 6-avgustda) imtihondan muaffaqiyatli oʻtib, davlat granti asosida oʻqib kelmoqdaman!
Har yili 1-avgust kuni oʻsha 0.1 ball mening bir yillik hayotimni oʻgʻirlagani uchun xafa boʻlsamda, bunda ham bir hikmat bordir deya oʻzimni ovvutaman.
Shuni tushundimki, inson oʻz oldiga aniq maqsad qoʻysa va bu yoʻlda astoydil harakat qilsa, hammasiga erishsa boʻlar ekan!!!!
Manga 1avgistda imtihonga kriw nasb qmagan
Xushnudaka Gaplariz 100% haq ammo 1-Avgustta Biz olgan adrenalinni Hozirgilar Oqishni Bitirsayam Ola olmasa Kerak. Man ham Allohga Shukur 2017-yil 1-Avgustta(Ohirgi bor eski tizimda Test olinganida) Talabalikka Test topshirgan edim. Eski Avlod Bu yil OTMlarni tark etayapmiz Yoshlarga Omad🤑puldi qililar
Show next 100 comments