Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
millionlab dollar aylanar edi o‘sha vaqtlar kimlardir UZB da katta millionerga aylanib olar kimlar esa o‘qib o‘qib yeb qo‘yar edi....
Jasur Eshkulov
Snayperchilarga alangalik salom
1avgust kimlar uchun quvonchli kimlar uchun armon bolgan bari bir 1svgust sanasi yaxshi edi
XursanoyXudoyberdiyeva
2016-yil 29-iyulda abituriyent ruxsatnomasi olgani borganman va 1-avgustda yo‘lkiralar qimmat bo‘ladi deb ortga qaytmay o‘sha yerda qolganmiz ammamnikida. 1-avgustda tabiiyki, universitetga ertalabdan otlanganmiz va imtihondan chiqib metroga tushganmiz. Vay bu gavjumlikni... metroni eshigi yopilmay qolgan odam ko‘pligidan, keyin xizmatdagilar ba‘zilarni tushirishgan. O‘sha yili 15-avgustda chiqadigan mandat 20-avgustda chiqqan. Oxirgi kontrakt bo‘lib o‘qishga kirganman. Hozir ham o‘qishga topshirdim lekin bu safar grantni orzu qilyapman. Chunki boshqa kontraktda o‘qish niyatim yo‘q😁😁😁
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
sizga sizni arizangiz qabul qilindi deb kelgan
Ха шунака келди шёти келмади 122 минг тулаш керакку болмаса тестга киргизишмасачи
1 avgust 2 yil mani ota onamni sarson qilgan kun. 2chi yili topshirganimda onamga imtixonga kirmayman deb yig'laganman. Urushib kirgizib yuborganlar. 3 chi yili esa onamni imtixonga kelishiga yo'l qo'ymadim. Va man ham talaba bo'ldim.
Doston Doniyorvich
И.А.Каримов
Мен шу 1 августни 5 йил кутганман, 5 маротаба имтихон топширибмана 😔😔😔
Assalomu alaykum Ogayni hafa bomang kimgadir erta kimgadir kimgadir kec asosiysi harakatdan toxtamaganiz
Lobar Bakhromovna👩‍🏫👨‍👩‍👦‍👦
2015-yil 1-avgust menga òqishga kirish baxtini nasib qilgan(grant)20-avgustda mandatni eshitib 1 soat yiģlaganman,hozir esa magistraturada o'qiyman.Men òqishga kirgan yilim yònalishimda grantlar soni oshgandi,magistraturada ham òtgan yil karantin tufayli test bòlgandi,alhamidillah,yaxshi niyatim tufayli omadim keladi
AbduRasul Akbarov
Tankani kuchi😀😀
Tankasi busayam eplab o'qishga kirolmaganlani nechtasini ko'rganman. Eplaganni haloli busin😆😁
Barca talab bulsin📌❤
Assalomu alaykum. 2017-yil 1-avgust imtihoni juda yaxshi esimda bizni guruhdan kamida 5ta odamda telefon borligini bilar edik. Nazoratchilar shunchaki telefonlarni olib qoʻyishgan holos.. imtihondan chiqarib yuborishmagan. Keyin bir nechta abituriyentlar ularni chiqarib tashlashni talab qilib toʻpolon qilishgandi. Bari bir hech kim chiqib ketmagan(men hech kim bilan ishim boʻlmasdan test ishlash bilan band edim). Natijalar eʼlon qilindi. Na telefon ishlatganlar na adolat talab qilib janjal qilganlar oʻqishga kirganlar ichida yoʻq. Men esa oʻsha guruhdagi yagona oʻqishgan kirgan abituriyent edim. Hammasi Allohdan. Har kim oʻz harakatlariga munosib javob oladi. Imtihondan soʻng qatnov mashinalarini topa olmay rosa yurganman. 1500 soʻm yoʻl kira 10000 15000 boʻlib ketgandi.
Xolbekova Zarnigor DF 312-"A"
Men 2 yil 1-avgustda imtihon topshirganman. Juda hayajonga to'la kun bo'lardi. Va 2-marotaba imtihondan chiqib, xudoyimdan qaytib 1-avgust imtihoniga kirmay, shu oxirgisi bo'lsin, shu yil student bo'lay deb so'radim. O'sha yil ham talabalik nasib qilmadi, lekin 3-marta imtihonni 2-avgustda topshirdim. Buni hecham unutib bo'lmaydi. 😂😂😂Hozir kulib eslayman albatta. O'sha vaqtlar imtihondan yiqilib ko'p yiglaganman. Imtihonlarga shpargalka, kalkulyator olib kirishga qorqardim, o'z bilimimga ishonardim, 3-yil talabalikka erishdim, Alhamdulilloh. Allohim bu yilgi abituriеntlarni omadini bersin, talabalik ham bir baxt, nasib qilsin hammaga. Omad.
Imron
Men 2014da oqiwga topwirdm kirolmadm kn 2016da topwirdm budjetga kirdm oqiwga juda xursand boganman. Bitirdm diplomimni ham oldm. Endi esa uyda farzandimni kotta qilyapman
Show next 100 comments