Тестсиз ўтаётган 1 август!
Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.
Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...
Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...
Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар
(балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...
Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.
Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган
(мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.
Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.
Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?
Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Eng qizig'i mandat chiqqanda royxatdan o'zimni dtm nomerimni topolmaganman hayojondan. Xolamlar bn borgan edik mandat ko'rishga. Bujetni qaradik yo'q kontrakni qaradik yo'q kirolmaganlarni qaradik yo'q boshim aylanib ketdi shuncha tayyorganlik ota onamni mening repitotirimga bergan pullari.Endi turmushga berib yuborishadi nima qilaman degan o'y hayollar. Qancha orzularim bor axir.
Aslida hayajondan dtm nomerimni noto'g'ri qidirayotgan ekanman. Va nihoyat kontraklar orasidan 6 nomerda turgan ekanman. Yo'nalishimizga 25 ta talaba 10 ta bujet 15 ta kontrak olishar edi. Bu yomon natija emas aslida lekin kontrakda o'qishni xoxlamadim. Lekin dadajonim oyog'imga shippak kiyib yursam ham o'qitaman qizimni deb o'qitganlar.
Dadajon raxmat sizga!!!
Mendan keyin 3 ta singillarim hammalari bujetda eng yaxshi unversitetlarda o'qishdi va o'qishmoqda. Biz paytimizda X variant va telefonchilar gurkirab yashnayotgan payt edi. Hech qanday bilimi yo'q kursdoshlarimiz bujetga o'qishga kirgan edi telefon panohida. Yaxshiyamki singillarim paytiga kelib hammayoq shaffof bo'ldi aks holda ota onamizni ularni o'qitishga imkoni bo'lmasdi yoki judam qiynalishar edi.
Men esa 2011_2015_yillar NamDU talabasi bo'ldim va bu yillar hayotimdagi eng unitilmas va qadrli yillar bo'ldi. Ollohimga shukur barchasi uchun!
Sbuning uchun nazarimda har qanday holatdayam bilim bólishi shart.
Hamma abiturentlarga oman😊
Misol uchun: tanirovka masalasi ,pulini bersang qonun indamay jim turadi .Bola puli masalasi ham shunday oqsoqolga pul bersang bola puli chiqadi. Super kantrakt masalasi ham shunday .masullardan nega super kontrakt qimmat desangiz biz bu pullarni oliy o‘quv yurtining bazasini kuchaytirish uchun ishlatamiz deydi .lekin bu gaplarga shaxsan men umuman ishonmayman!
Odamni kunglini qoldiradigan ajoyib kunlar bo'lgan.Bundan naqd 5 yil oldin aynan shu kunda sodir bo'lgani.O'qishga kirishdan oldin 3 yil tayyorlanib o'z bilmimga ishonib HARBIY AKADEMIYAGA topshirganman.Harbiy akademyada imtihonlar faqat shaffof bo'ladi hech qanday o'yin bo'lmaydi deb ko'plardan eshitardim.Men bunday gablaga o'zi e'tibor bermasdan imtihonlarga tayyorlanib maqsad testiga kirib olsam bo'ldi edi qolgani kirishim aniq edi deb o'ylardim.Baxtga qarshi hamma met ko'rik va imtihonlaridan o'tib testiga kirishga muvaqqiyqtli bo'ldim bizni tumandan 272 ta topshirgan bo'lsa shulardan bor yo'gi 14 tasi hal qiluvchi imtihonga kirshishga erishgandi.O'sha bizni hayajonlantiradigan imtihon kuni keldi saflandik, 3marta tekshiruvdan o'tdik (men hech narsani o'ylamasam ham faqat test ishlashga oddiy 12 varoqlik daftar olib kirmoqchi bo'ldim, lekin buni ham qo'ymadi.Test ishlashga oq list bitta berishini bilarsim lekin bu menga yetmasdi).Imtihon boshlandi.Meni yonimda harbiy hizmatchi serjant o'tirgandi.10 minutlar o'tgandan keyin u formasini ichidan planshet olib rasm tushurib birovga tashladi.Men planshet deyapman oddiy telifon emas katta narsani qanday olib kirdi ekan deb o'yladim.Yana 2 parta orqamda o'tirgani ham huddi shunaqa qilayotgandi.Hayolim chalg'ib 10 ta savolni xato qilib qo'ydim va xammasi tamom deb o'yladim haqiqatda shunday bo'lgandi o'sha 10 ta savol hammasini hal qilgandi.Hammasidan ko'nglim qolib uyga qaytdim hech kimga aytmadim.Xatto dadamga ham onamga ham.Javoblar odatda abutirentlar 1-avgustdagi imtihonlarga ham kirsin degan maqsadda 20 oldin chiqdi.Men kirolmadim Kirsang baxting, kirmasang omading" degan ibora harbiylarda ishltilad bu ayni haqiqat.Keyin armiyaga ketman deb ahd qilib 1-avgustga qadar xonadan chiqmasdan yotaverdim.Qabul tugashiga 2 kun qolgnida dadam kelib bor o'g'lim bironta davlat universititiga topshir kirasan dedi keyin qo'libmg pul berib bironta tanishim xatto turadign turadigan joyim yo'q toshketga yo'l oldim va xujjalarni topshirib uyga qaytdim.Imtihonga kirdim hafsala bilan ishladim nima bo'lsa ham kirmy degan maqsadda lekin afsuski 7-o'rinda grant kiribman.Keyin xayot boshlnib ketdi.Alhamdulilah for everything.
Yoshlarga shuni aytmoqchi edimki siz hech qachon tushkunlikka tushmang siz halol bo'lsayz Olloh sizga albatta yo'l ko'rsatadi.Omad hamma abutirentlarga.
Shu fursatdan foydalanib barcha abiturientlarga OMAD tilayman.