Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Ilxamov Boxodir
2011-yilda 174,6 ball bilan UzDJTU ga kirolmagandim. Keyin armiyaga borib kelib 2013-yil 221 ball bilan grantga kirdim. Kirdim va grantchilarning hammasi soqqali boylarni bollari ekanligini tushundim
изохда фикризи кутаман диб узи укирмикан изохларни бу бола. нечтаси савол ёзади жавоб йук
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
,
Кайсидан
Yoju
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
,
Кайсидан
sizchi
Sardorbek
Axir bularning ustida baribir o‘z xalqimiz odamlari o‘tiribdiku chetdan odam kelib bizga qonun chiqarayotgani yo‘qku
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
sizchi
Коканд кайси инсититутга кучирвос
Ex qancha umrim oʻtti 10yil topshirib oxiri Ollohimga shukur qilaman talaba blganman mana xozir Samarqand davlat Iqtisodiyot va servis instituti nasib boʻlsa 4 bosqich talabasi man eng qizigʻi shuki shuki tayyorlangan matematika va Fizikadan emas Matematika va Ingliz tillaridan test topshirganman ollohim qoʻlladi student boʻldim
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
,
Коканд кайси инсититутга кучирвос
Nizomiy sizchi
Nazokat
Gavharoy Abbosova
Xa,shuni
Ha, men ham anjonlikmanda🤗, lekin milliyni bitirdim
Ex o'sha damlar!!!
Odamni kunglini qoldiradigan ajoyib kunlar bo'lgan.Bundan naqd 5 yil oldin aynan shu kunda sodir bo'lgani.O'qishga kirishdan oldin 3 yil tayyorlanib o'z bilmimga ishonib HARBIY AKADEMIYAGA topshirganman.Harbiy akademyada imtihonlar faqat shaffof bo'ladi hech qanday o'yin bo'lmaydi deb ko'plardan eshitardim.Men bunday gablaga o'zi e'tibor bermasdan imtihonlarga tayyorlanib maqsad testiga kirib olsam bo'ldi edi qolgani kirishim aniq edi deb o'ylardim.Baxtga qarshi hamma met ko'rik va imtihonlaridan o'tib testiga kirishga muvaqqiyqtli bo'ldim bizni tumandan 272 ta topshirgan bo'lsa shulardan bor yo'gi 14 tasi hal qiluvchi imtihonga kirshishga erishgandi.O'sha bizni hayajonlantiradigan imtihon kuni keldi saflandik, 3marta tekshiruvdan o'tdik (men hech narsani o'ylamasam ham faqat test ishlashga oddiy 12 varoqlik daftar olib kirmoqchi bo'ldim, lekin buni ham qo'ymadi.Test ishlashga oq list bitta berishini bilarsim lekin bu menga yetmasdi).Imtihon boshlandi.Meni yonimda harbiy hizmatchi serjant o'tirgandi.10 minutlar o'tgandan keyin u formasini ichidan planshet olib rasm tushurib birovga tashladi.Men planshet deyapman oddiy telifon emas katta narsani qanday olib kirdi ekan deb o'yladim.Yana 2 parta orqamda o'tirgani ham huddi shunaqa qilayotgandi.Hayolim chalg'ib 10 ta savolni xato qilib qo'ydim va xammasi tamom deb o'yladim haqiqatda shunday bo'lgandi o'sha 10 ta savol hammasini hal qilgandi.Hammasidan ko'nglim qolib uyga qaytdim hech kimga aytmadim.Xatto dadamga ham onamga ham.Javoblar odatda abutirentlar 1-avgustdagi imtihonlarga ham kirsin degan maqsadda 20 oldin chiqdi.Men kirolmadim Kirsang baxting, kirmasang omading" degan ibora harbiylarda ishltilad bu ayni haqiqat.Keyin armiyaga ketman deb ahd qilib 1-avgustga qadar xonadan chiqmasdan yotaverdim.Qabul tugashiga 2 kun qolgnida dadam kelib bor o'g'lim bironta davlat universititiga topshir kirasan dedi keyin qo'libmg pul berib bironta tanishim xatto turadign turadigan joyim yo'q toshketga yo'l oldim va xujjalarni topshirib uyga qaytdim.Imtihonga kirdim hafsala bilan ishladim nima bo'lsa ham kirmy degan maqsadda lekin afsuski 7-o'rinda grant kiribman.Keyin xayot boshlnib ketdi.Alhamdulilah for everything.
Yoshlarga shuni aytmoqchi edimki siz hech qachon tushkunlikka tushmang siz halol bo'lsayz Olloh sizga albatta yo'l ko'rsatadi.Omad hamma abutirentlarga.
1 avgust yaqinlashavergani sari yuragim urishi tezlashib vahima bosaverar edi. Juda hayajonli kun edi. 31 iyul kuni albatta muzlatgichlarimizni qora plitka shokoladlar bn to'ldirib kechki ovqatga yer edim. 1-avgust kuni tongda nonushtaga ham shokoladdan yeb chiqar edim, shokolad hayajonni bosadi degan tushuncha bo'lgan. 3 yil 31-iyul kechki ovqati, 1-avgust tonggi shunday davom etgan. Ollohimga behisob shukrki 3-yil talabalik baxtiga erishdim.
Shu fursatdan foydalanib barcha abiturientlarga OMAD tilayman.
Azizbek Rajabov
Yoʻgʻe oʻzbeklar ishlagan u kinoni
Ha owade honaga qamalib olib iwlab berworadi doppi kiyganlani. Imthonda qarela doppi kiyganla bosa cunvolurila
Sardorbek
K.Qo‘shmurodovna
To‘g‘ri aytasiz sizni tushunaman hozirchi hozir kantrakt bo‘lsayam mayli o‘qisam bo‘ldi deb xursand bo‘lamiz budjet emas kontrakt ham orzu biz uchun
To'g'ri gapiz. Usha paytlari ham kantrakt orzu edi. Chunki ballar judayam baland edi. Atrofimdagilar kanraktmi byudjetmi deb so'raganda kantrakt derdim. Necha ball so'rashardi, 172 desam ba'zilari, shuncha o'qib kantraktga kirdingmi deb kulardi ko'pchiligi. Lekin 80 90 ball bilan budjetga kirganlari tilidan tushmasidi odamlarni. Astoydil harakat qilib o'qibdida deyishardi. Biz esa yaxshi o'qimagan bo'lib chiqardik
1 avgust xammani ortidan kimlardir kelgan. Men òzim borganman. Imtixondan sòng boshimda bir baklajka mineral suv quyib xovirimni bosganman. 1 - yilida allohga ming shukur grantga kirganman.
1 avgustni yomon ko'radiganlar koʻp bo'lsa kerak, men uchun esa uchinchi yil bo'lsa ham 1 avgust yaxshi xotira bo'lib qolgan.
Manzura Abdurahimova
😭😭😭😭😭😭 ex,nimasini aytasiz,birinchi bor imtihonga kirganim,eshik tagida atigi 1 ta telefonimi oldirib qo'yib,ichkariga kirganimda 60 talik xonada faqat menda tel yo'q,shovqin suronda test ishlab, bir oqibatli abiturientdan iltimos qilib tel olib,lekin tel. qilmoqchi bo'lgan nomerimni eslay olmay,(soddachilik qursin,eshik tagidagi tel,da saqlangan edi) taqdirga tan berib,shovqunda testni ishlab,baxtli kontrakt talaba bo'lganim-chi
Sardorbek
Rastamojkachi ........tanlov imkoni yo‘q xohlasang shu deydi
Show next 100 comments