Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
1994 йил 1 август
Математика 47 дан (битта кам чиққан) 39 та --- 120,9 балл
Чет тили (француз) 48 тадан 20 та --- 62 балл
Она тили ва адабиёт 48 тадан 27 та --- 29,7 балл

ЖАМИ: 212,6 балл
Жавоб варақа: 0208495


27 йил бўлибди....
Hm juda ğalati bolib ketadi odam kimdir òqishga kirganini eslab kimdir esa bundan 1 yil oldin yiqilganini eslab. Man lekin 1 avgust kelsa yuregim orqaga tortadide yana öylovlar yomon hayollar boshlanadi chunki mana 3 yil topshirvoma yana ösha ötgan yilgidek agar kirolmasam Onam nima axvolga tushadi lekin rosa tez keladi shu 1 avgust endi bu yil qattiq niyat qildim kirishga va bu ishga kirishdim. Manga öxshagan abituryentlarga omad kirib ketila Insha Alloh hech qaysilani Ota onela öqishga kirmaganiladan köngli oğrib qolmasin. Hammaga odam yana bir bor 😘😘😘
SamDCHTI ning 3 ta fakulteti bor. Kim o'sha uch fakultet binosini ko'rgan. Ajoyib joylar bir kelinglar. Bittasidan anniq farq topasizlar. Agar ozginaa e'tibor bo'lganda edi. O'sha bittasi ham gullab yashnab ketardi.
Tarix, ingliz tili ona tili dan bilimim zo'r edi.
Lekin pul sababli Toshkent armon edi.
Hozirgilarga o'xshab uydan bepul va begap topshirish qayoqda.
Kamida 3 marta qatnardik imtihongacha
Buni ustiga kontaktni uydagilarga tushuntirolmas Edik.
Kirsang biliming bn kir deyishadi.
Shu uchun 2 yillik abituriyent stajiga ham ega bo'ldim

31 iyul kechasi eng uzun yaldo kechasi ,1-avgust soat 5 dan universitet tomon yo'l olganman ketma ket 3 yil
1999 yil 1 avgust ingliz filologiyasi test kitob va javoblar varaqasi raqamim 20 avgust da0687397 178 bn kontrakt yiglab ortga aytganman
2000 yil 1 avgust ham xuddi shunday faqat endi tarix
10 avgustda kutilmaganda javob chiqqan 147 ball bn kontakt javoblar varaqasi raqami 0016804
2001 yil 1-avgust o'zbek filologiyasiga hujjat topshirganman 10 avgustda natija e'lon qilingan GRANT javoblar varanasi 0507081
Ayni damda oliy toifali mutaxassisman
2019 yili 1 avgust juda yomon koʻraman wu kunni esimda test topwiriwga borganim shu yerda oldimda va yon tarafimda oʻtirganlar wpalgalkani ochiqchasiga iwlatyotganida oʻqiw dan koʻnglim sovigandi kimdir oylab yillab kechalari uyqusiz tayyorlanadi yu bazi birlani dip bizga wu yili talaba boʻlish nasib etmagan .Lekin 11 avgustni yaxwi koʻraman oʻtgan yili oʻqiwga kirdimmm .
Xullas xama Abituryentlaga omad tilayman
2017-yil 1-avgust, imtihon xonasida yarmidan ko'pi telefon olib kirib bemalol telefonda testini yechtirgandi, naziratchilarning ham ko'zi ko'r qulog'i kar edi. Xayriyatki bunaqa imtihonlar 2017 yildan keyin bo'lmadi. Aytgancha kurdoshlarimning deyarli 90%i trigonometriya nimaligini bilmasdi, o'qishga kirganda)
1-avgust hamma abutrentlarni hayajonga soladigan kun edi men roppa rosa 10 yil oldin talabalik baxtiga erishganman tinimsz o'qish uyqusz tunlar evaziga bugun o'zim xohlagan sohada ishlayman onamning xonamga kirib kitoblarimni yig'ib meni ustimni yopib ketganlari esimda ,men bu yil o'qishga kirolmadim deb yig'lab chiqqanman chinki o'sha yillarda X variant degan narsa juda ommolashgan edi ko'pchilikda telefon menda esa ruchka va bir varoq qog'oz xolos lekin haqiqat bor ekan men shu yili kontrakga bo'sa ham kirdim matematika fizika fakultetiga hozir u kunlar tarix olloxga shukur
Mannon Rashidov
Qaysiga topshirgansiz
4 ta davlatga topshirganman hoz 1 tasi aniq boldi kirganim. Özbga bolsa hammasi viloyatga topshirganman. Jizzax, Qoraqalpoq, Namangan, Farğona, Guliston
Ha Xushnud aka qo'ymaysiz qo'ymaysiz 😂😂😂😂😂😂
2016-yil o'qishga kirganman Allohga shukur. Imtihondan chiqib xamma kitob daftar chernovik rushka qalamlarimniyam korobkaga solib skochlab tashaganman, boshqa ko'rish nasib qimasin db😀. Keyin sanasam noyabrdan boshlab 67ta ruchka ishlatibman. Xamma abituriyentlaga omad! Bulani orasida maniyam ukam singillarim bor! Mehnatilani rohatini ko'rila!!
Bu kun men uchun o‘zimga bo‘lgan ishonchim juda yuqori bo‘lganligi bilan esimda qolgan
Биринчи августни Хамма бошкача есга олади барибир
Durdona
Gap yo'q. Ochig'i haq gaplar👏👏👏
Assalomu alaykum! "1-avgust" albatta oldingi yillar bu sana abituriyentlar hamda ularning ota onalari uchun hayot mamot sana hisoblanardi. O'zim ham 1-yil o'qishga topshirganimda kirolmaganman. Esimda o'shanda imtihon 1-avgust kuni bo'lgandi. O'qishdan yiqilganimda men uchun go'yoki hayot to'xtab qolgandek tuyulgandi. Lekin Allohga shukur barcha yaqinlarim menga motivatsiya berishdi, ruhlantirishdi. Shu sabab ikkinchi yili menga talabalik baxti nasib etdi alhamdulillah! O'sha kun hech qachon esimdan chiqmaydi. Ilohim barcha abituriyentlarga talaba bo'lish nasib qilsin! Hech qachon to'xtab qolmang! Maqsadingiz sari doimo olg'a intiling! Barchaga omad! InshaAllah talaba bo'lganizdan keyin abituriyentlik davrlaringizni kulib eslarkansiz.
Show next 100 comments