Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Mannon Rashidov
Qaysiga topshirgansiz
4 ta davlatga topshirganman hoz 1 tasi aniq boldi kirganim. Özbga bolsa hammasi viloyatga topshirganman. Jizzax, Qoraqalpoq, Namangan, Farğona, Guliston
Ha Xushnud aka qo'ymaysiz qo'ymaysiz 😂😂😂😂😂😂
2016-yil o'qishga kirganman Allohga shukur. Imtihondan chiqib xamma kitob daftar chernovik rushka qalamlarimniyam korobkaga solib skochlab tashaganman, boshqa ko'rish nasib qimasin db😀. Keyin sanasam noyabrdan boshlab 67ta ruchka ishlatibman. Xamma abituriyentlaga omad! Bulani orasida maniyam ukam singillarim bor! Mehnatilani rohatini ko'rila!!
Bu kun men uchun o‘zimga bo‘lgan ishonchim juda yuqori bo‘lganligi bilan esimda qolgan
Биринчи августни Хамма бошкача есга олади барибир
Durdona
Gap yo'q. Ochig'i haq gaplar👏👏👏
Assalomu alaykum! "1-avgust" albatta oldingi yillar bu sana abituriyentlar hamda ularning ota onalari uchun hayot mamot sana hisoblanardi. O'zim ham 1-yil o'qishga topshirganimda kirolmaganman. Esimda o'shanda imtihon 1-avgust kuni bo'lgandi. O'qishdan yiqilganimda men uchun go'yoki hayot to'xtab qolgandek tuyulgandi. Lekin Allohga shukur barcha yaqinlarim menga motivatsiya berishdi, ruhlantirishdi. Shu sabab ikkinchi yili menga talabalik baxti nasib etdi alhamdulillah! O'sha kun hech qachon esimdan chiqmaydi. Ilohim barcha abituriyentlarga talaba bo'lish nasib qilsin! Hech qachon to'xtab qolmang! Maqsadingiz sari doimo olg'a intiling! Barchaga omad! InshaAllah talaba bo'lganizdan keyin abituriyentlik davrlaringizni kulib eslarkansiz.
Metrolarda o'sha kungiday ilmi toliblar va o'qishga xavaskorlar jamoalari to'lib toshar edi.
Haqiqiy mehnatning natijasi
Biloljon Mahmudov
2008-yil õqishga topshirgandim haliyam esimda kech qolib kirib raqamlangan 1chi partada ikta yigitni õrtasida õtirgandim 3ta blokni 11da ishlab tugatganman sheriklarimni testiga ham qarashga ulgurgandim keyin 11da testdan chiqqanligim uchun uydagilardan rosa kirolmisan degan gaplar eshitganman lekin õqishga kirganman alhamdullah hozrda 3ta mutaxasisligim bor
BARCHA ABITURIYENTLARGA OMAD TILAB QOLAMIZ...
To'g'ri aytasiz. 1-avgust ... imtihonga kirganimga ham 22 yil bo'libdi. Yig'lab chiqqanman savollar murakkabligidan, lekin grant TALABA bo'lish nasib qilgan. 4 yil mani o'qitgan Islom bobomdan juda minnatdorman. Ilohim joylari jannatda bo'lsin.
Rosa zo‘r kun edi.Rosa soqqani qilganmiz Sharqshunoslik institutida😃😃
КOЗМУNЧОQОY
Салом менонлен хужат топширудим имтиёзим бор деб л
КOЗМУNЧОQОY
Лекин дитими когоз берилмаяпти
Rustam
Exxx bu 1-avgust... bizni abuturentlik vaqtlarimiz X variant va Shpargalkaning gullap yawnagan davriga tog'ri kelgan. Bilimli bola oqiwga kiriwi juda qiyin edi, 4 marta 1-avgust otgandan keyin va nixoyat talaba bolganman. Lekin uwa vaqtlarda 1-avgust yaqinlawsa yuragim wunchalik bezzilap qolganidan 31-iyuldan keyin 2-avgust kelsaxam rozi edim...😁
КOЗМУNЧОQОY
Пултоламапман
Show next 100 comments