Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum! "1-avgust" albatta oldingi yillar bu sana abituriyentlar hamda ularning ota onalari uchun hayot mamot sana hisoblanardi. O'zim ham 1-yil o'qishga topshirganimda kirolmaganman. Esimda o'shanda imtihon 1-avgust kuni bo'lgandi. O'qishdan yiqilganimda men uchun go'yoki hayot to'xtab qolgandek tuyulgandi. Lekin Allohga shukur barcha yaqinlarim menga motivatsiya berishdi, ruhlantirishdi. Shu sabab ikkinchi yili menga talabalik baxti nasib etdi alhamdulillah! O'sha kun hech qachon esimdan chiqmaydi. Ilohim barcha abituriyentlarga talaba bo'lish nasib qilsin! Hech qachon to'xtab qolmang! Maqsadingiz sari doimo olg'a intiling! Barchaga omad! InshaAllah talaba bo'lganizdan keyin abituriyentlik davrlaringizni kulib eslarkansiz.
Metrolarda o'sha kungiday ilmi toliblar va o'qishga xavaskorlar jamoalari to'lib toshar edi.
Haqiqiy mehnatning natijasi
Biloljon Mahmudov
2008-yil õqishga topshirgandim haliyam esimda kech qolib kirib raqamlangan 1chi partada ikta yigitni õrtasida õtirgandim 3ta blokni 11da ishlab tugatganman sheriklarimni testiga ham qarashga ulgurgandim keyin 11da testdan chiqqanligim uchun uydagilardan rosa kirolmisan degan gaplar eshitganman lekin õqishga kirganman alhamdullah hozrda 3ta mutaxasisligim bor
BARCHA ABITURIYENTLARGA OMAD TILAB QOLAMIZ...
To'g'ri aytasiz. 1-avgust ... imtihonga kirganimga ham 22 yil bo'libdi. Yig'lab chiqqanman savollar murakkabligidan, lekin grant TALABA bo'lish nasib qilgan. 4 yil mani o'qitgan Islom bobomdan juda minnatdorman. Ilohim joylari jannatda bo'lsin.
Rosa zo‘r kun edi.Rosa soqqani qilganmiz Sharqshunoslik institutida😃😃
КOЗМУNЧОQОY
Салом менонлен хужат топширудим имтиёзим бор деб л
КOЗМУNЧОQОY
Лекин дитими когоз берилмаяпти
Rustam
Exxx bu 1-avgust... bizni abuturentlik vaqtlarimiz X variant va Shpargalkaning gullap yawnagan davriga tog'ri kelgan. Bilimli bola oqiwga kiriwi juda qiyin edi, 4 marta 1-avgust otgandan keyin va nixoyat talaba bolganman. Lekin uwa vaqtlarda 1-avgust yaqinlawsa yuragim wunchalik bezzilap qolganidan 31-iyuldan keyin 2-avgust kelsaxam rozi edim...😁
КOЗМУNЧОQОY
Пултоламапман
Assalomu aleykum Xushnud aka
To'g'ri bugungi kunga kelib ancha narsalar o'zgardi yangilandi lekin qalovini topib qor yog'dirib yurganlar ko'paysa ko'paymoqda lekin kamaygani yoʻq.
Man ham 2017- yil tabalalik baxtiga erishdim ( Ollohga shukur) bir yil keyin bolsa ham shu baxtni Olloh manga nasib etdi. Amaliy imtihonga bordim topshirdim natijalar chiqdi qarasam imtihonda umuman korinmagam bir qiz mandan yuqori ball toʻplagan ( kein u bn kursdosh boldik homilador qiz edi rosa alam qilgandi nahotki shu homlador qiz olgan balli man ololmagan bolsam db alam qildi man sport turim boyicha uzb chempioni sport ustasi edim u esa oddiy homlador qiz grant asosida oqishga kirgan talaba...undan tashqari sportni bilmaydiganlar ham man bn birga oqishga kirishgan. Bulani qanaq qlib oqiwga kirganini oqish davomida sorab eshtib bilib olganman...) ehhhh qisqasi shunaqa bolib mana bu yil oqishni ham tamomladim Ollohga shukur
Barcha abituriyentlarga omad shu qatorda magistrant bolish istagida yurgan tengdoshlarimi ham Olloh qollab omadlarini bersin ( mani ham😉🙏)
3 ta omadsiz avgustning ilk tonglari va 2018-yilning 4-avgusti 🤫😉
Menda bori shu TDShU
Yoldoshov
Qani edi osha kunlar ozi uchar gilamlar
G'olib
Xa bu 1- avgustda kuzyoshlar daryo bulardi
Королева
Мен хар йил 1августни гамгин хотиралар бн эслайман😔
Феруза Саидова
Ээхий 1 август санаси бизни уйимизда юракларни жумбушга соладиган кун..... Булиб тарихда колган
To'g'ri 1- avgust boshqa ha edi. Men ham 3-martada 1-avgustda grant asosida talaba bo'lgan man. Esimdan Rosa yig'lab chiqganman shpargalkamni oldirib quydim deb🤭.Mana shunga ham 5 yil bulibdi.
Феруза Саидова
Аяжоним 3 йилги 1 августни ëмон хотиралар бн эслайдилар 😞
Менда аввал ҳам 1 август оддий кун бўлган
Show next 100 comments