Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
𝛧𝒪𝒽𝑖𝑟 𓆈
Ha nimasini aytasilar bugun 1 avgust ekanligi hech kimga qiziq emas qani oldingi xayajonli onlar
Ha bu kuni erta tongdan yoki bir kun oldin univer yotog'iga borib ertalabdan belgilangan binoda nazoratchilik o'tkazardim. Bir necha yil.
Нафиса Расулова
1 август деганда халигача калбим ларзага келади
Shaxnoza
Men 1avgustni qandayligini bilmayman chunki òqishga topshirganimdan buyon imtihonlar 15 kun ichida òtkaziladigan bõlgan lekin õtgan yili kameradan òtishim 5 marotaba takrorlangan texnik nosozlik sabab barmoq izlari orqali imtihonga kiritilganman
Dilnoza To'lqinovna
Men ilk bor 2009-yil imtihonga kirganman va o'qishdan yiqilganman. 2010-yilda esa talabalik baxtiga muyassar bo'lganman, sababi shu yili shpargalkalar unchalik foyda bermagandi. Ko'pchilik talabalar o'z bilimlari bn o'qishga kirishgandi.
Menda ham huddi sizdek bolgan, 2009yilda kirolmaganman 167ball bilan, kontrakt 196 bolgandi, 2010yilda 150ball bilan kirib ketganman kirish 139ball bolgan, ayni 2010yilda shpargalka chiqmagan, ballar suniy kotarilib ketmagan, hullas soqqa berganlar kirardi oqishga, bu zamonlar otdi, endi sal bosayam adolat bor
Men bu kunni eslasam faqat asabiylashaman sababi menda faqat adolatsizliklar bilan toqnashganman ochiqchasiga nazoratchilar pora olar telefon yoki oringa orin kirgan shovvozlarni deb oz bilimi bilan oqishga kirmoqchi boganlarning omadi kelmasdi ollohga shukr hammasi shaffof bolgandan keyin oqishga kirdim adolat ornatganlarga rahmat
Javohir bek
Testga tayyorgarlik kurib shpargalkalardi oyoq kiyim ichiga joylab, telefonlardi rumolchaga berkitib, exeeeee qimagan ishimiz qomagan shu kunda. Kechasi bilan uxlame test uqib chiqardik usha kunlari
Keling o'tib ketgan 1-avgustlar xotirasi uchun 1 soniya sukut saqlaymiz🤣🤣
Hamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
Men Ollohga shukr 2013 yili birinchi yiliyoq grandga kirganman 180 bal bn Ollohga behisob shukronalar bolsin shu yilda iks degan balo togri chiqmagan deyishadi.Mana bu yil magistrni ham tamomladim .
Hamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
Bizham kichkina kitobchalarni rossa joylagandik
Hilola Rasulova
3 йил имтихон топширганман лекин укиш насиб этмади.2-йил соддалигим(бир кизни тарихини 36та килиб ишлаб берганман у менга она тилини ишлаб бераман деган лекин хато булган мен титулни буяб булиб курганман оххх у пайтдаги алам чикиб тополмаганман укизни Чустдан эди палакат) ун контрактга илашиб грантга 4 балл етмаган
2018 yil 0.3 ball tibbiyot oliygohiga grandga yetmagan va uqimadim va uqish men uchun armon buldi afsus.. bazida alam qip ketadi
D. Shomurodovna
Men kirgan yili 2018-yildan boshlab adolat hukm surishni boshlagandi,lekin 1-2 yildan buyon tizim sustlashyapti .O'sha yili deyarli faqat bilimi va omadi kuchlilargina kirgandi va shu jumladan men ham.....
Adolat-bardavom bo'lishini istradim!
Мафтуна Магрубовна
Ман 1 август 2003 йил грант асосида талаба булган булсаям,2009 йил 1августда оила курганман
Hilola Rasulova
Хали хали укигим келади лекин келаси йили кизим топшириши керак ота онамни шу пайтгача тинч куймасдим контрактга булсада укитмагансизлар деб энди эса узим болаларимни кандай укитволаман деб уйлаб коламан
Assalamu-alaykum Xushnud aka bu test tizmi shunday edi meni ham o‘sha eski tizim davrida abiturient edim juda ko‘p nohaqliklar ko‘rdm avval testda yo zarina bo‘lsin yoki zoring bo‘lsin dib aytishardi,bu juda hunuk holat edi yillar davomida abiturient bo‘lish yoshlik umrning o‘tish maqsadan cho‘chishlar diysizmi qishloq chiqqan abiturientlarni hehkim nazar pisand qilmasdi test kuni kelsa shosha pisha testga bugun taqdirim hal bo‘ladi dib hadik tortib testga kirardim hozir kunga kelib esa hamma imkoniyatlar bor hujjatlari topshirishdan tortib javoblarni raqamlashtirishdi hammasi hozirgi yoshlarga berilgan ulkan imkoniyatlar darak.
1-avgust kuni qizim tug'ilgan, ilk farzandim. Men testda nazoratchi bo'lib, yangilikni eng oxirda eshitganman (telefon ishlatulmas edi).
Ex, qanday kunlar edi... afsusdaman!
2013 yili birinchi topshirishimdanoq 158,1 ball bilan birinchi òrin kontraktga òqishga kirganman. Essiz 0.4 ball yetmagan byudjetga kirishimga....🤨🤨
Show next 100 comments