Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Hilola Rasulova
3 йил имтихон топширганман лекин укиш насиб этмади.2-йил соддалигим(бир кизни тарихини 36та килиб ишлаб берганман у менга она тилини ишлаб бераман деган лекин хато булган мен титулни буяб булиб курганман оххх у пайтдаги алам чикиб тополмаганман укизни Чустдан эди палакат) ун контрактга илашиб грантга 4 балл етмаган
2018 yil 0.3 ball tibbiyot oliygohiga grandga yetmagan va uqimadim va uqish men uchun armon buldi afsus.. bazida alam qip ketadi
D. Shomurodovna
Men kirgan yili 2018-yildan boshlab adolat hukm surishni boshlagandi,lekin 1-2 yildan buyon tizim sustlashyapti .O'sha yili deyarli faqat bilimi va omadi kuchlilargina kirgandi va shu jumladan men ham.....
Adolat-bardavom bo'lishini istradim!
Мафтуна Магрубовна
Ман 1 август 2003 йил грант асосида талаба булган булсаям,2009 йил 1августда оила курганман
Hilola Rasulova
Хали хали укигим келади лекин келаси йили кизим топшириши керак ота онамни шу пайтгача тинч куймасдим контрактга булсада укитмагансизлар деб энди эса узим болаларимни кандай укитволаман деб уйлаб коламан
Assalamu-alaykum Xushnud aka bu test tizmi shunday edi meni ham o‘sha eski tizim davrida abiturient edim juda ko‘p nohaqliklar ko‘rdm avval testda yo zarina bo‘lsin yoki zoring bo‘lsin dib aytishardi,bu juda hunuk holat edi yillar davomida abiturient bo‘lish yoshlik umrning o‘tish maqsadan cho‘chishlar diysizmi qishloq chiqqan abiturientlarni hehkim nazar pisand qilmasdi test kuni kelsa shosha pisha testga bugun taqdirim hal bo‘ladi dib hadik tortib testga kirardim hozir kunga kelib esa hamma imkoniyatlar bor hujjatlari topshirishdan tortib javoblarni raqamlashtirishdi hammasi hozirgi yoshlarga berilgan ulkan imkoniyatlar darak.
1-avgust kuni qizim tug'ilgan, ilk farzandim. Men testda nazoratchi bo'lib, yangilikni eng oxirda eshitganman (telefon ishlatulmas edi).
Ex, qanday kunlar edi... afsusdaman!
2013 yili birinchi topshirishimdanoq 158,1 ball bilan birinchi òrin kontraktga òqishga kirganman. Essiz 0.4 ball yetmagan byudjetga kirishimga....🤨🤨
Haqiqatdan eslashga arzigulik va xar xil kulgili xolatlar bular edi. Birovni urniga birov kirgan kimdr variant ob chiqqan yana kimdr variantlarini derazadan otgan 😂😂😂 ularni ISB lar quvlagan ulwlawgan . Xullas juda esda qolarli va kulgili xolatlar . Taksilarni 1000 sumlik yuli xam 10000 bulardi 😂😂😂
Doniyor Hasanov
2014-yil 1-AVGUST. Imtihonga kirdim. Guruh nazoratchisi "hamma keldimi?" "Yo‘q" dedi bir bola. "Yaxshi. Bitta gigant raqobatchi tashqarida qolibdi"-o‘yladim. Imtihon boshlandi. 3 soat... Ishlashni boshladim. Vaqt juda tez o‘tardi. Kimlarningdir varianti olib chiqib ketilgan, yana kimlardir telefonda ishlatyapti. Vaqt oxirlab nazoratchi topshirishni talab qilardi. Men topshirdim va nazoratchi qolgan 5 ta abituriyentdan javoblar varaqasini qabul qilmasligini aytdi. Yana bir xursand bo‘ldim( 2tasining savollari olib chiqib ketilgan, 3 tasi to‘liq telda ishlatgandi. Hammasi javoblarni kutayotgandi. "Shu 3 soatda barcha jihatlarga e'tiborli bo‘lishga majbur edik") Javoblar chiqdi. Kontraktga kirdim. Lekin, nazoratchi aytganini qilmabdi. Qabul qilgan ekan. Ulardan biri men bilan bir guruhda 4 yil o‘qidi.
SALAMAT SABIROVNA
Assalomu alaykum ha o'sha 1- avgust kuni ko'pchilik uchun yaxshi xotira qoldirgan bo'lsa kerak shaxsan menda bu 1- avgust 2014 - yil shirin xotira qoldirgan 1- avgustda test topshirib 16- avgustgacha test natijasi chiqishini intiq bo'lib kutganman va talaba bo'lganman. Test jarayoni haqqoniy va shaffof bo'lgan, o'z kuchim bilan bir nimaga erisha olganimdan xozirgacha o'z-o'zimdan faxrlanaman. Biz bir oddiy fuqaro qo'limizdan shu kelgan xolos.
Matluba Qobilova
Bizning oilamiz uchun ham 1-avgust va 14-avgust qoʻrqinchli tushga aylangan edi. Chunki opam 7yil davomida oʻqishga topshirib kira olmasdi. Men esa grant asosida talaba boʻlgandim. Afsus opamning magʻlubiyati fonida xursand boʻlolmadik. Allohga shukurki baribir opam talaba boʻldi. Hozir yaxshi joyda ishlaydi. Oʻsha paytda taslim boʻlmay qayta-qayta oʻqishga topshirishga undagan ota-onamga ming rahmat!!! Hozir qizlari oliy ma'lumotli!!! U kunlar oʻtib ketdi!!! Yillar oʻtib birinchi avgust kuni bizning uyda toʻy boʻldi!!!! Oila qurganimga 7yil boʻldi!!!😊
1993 йил мактабни битириб тест топширганман. Унгача имтиҳонлар ёзма ва оғзаки бўларди. Ўша йили тестнинг иккинчи йили бўлиб, 1-блок табиий фанлар биология физика кимёдан 108 та савол, 2-блок математика ва 3-блок она тили ва адабиётдан 48 тадан савол эди. Агар тест бўлмаганда эҳтимол ўқишга киролмасдим, чунки минг яхши ўқиганим билан отам оддий ўқитувчи эдилар ва орқамда танкам йўқ эди. Университетга кириш учун битта машинанинг пулини сарфлаш керак дейишарди. Тестлар роса осон эди ва мени курсдошларим ҳаммалари оддий ўқитувчию шифокорларнинг фарзандлари бўлишган. Ҳозир уларнинг деярли барчалари олий ва биринчи тоифали ўқитувчилар, олимпиадаларда шогирдларимиз беллашишади. Ўзим ўз кучим билан ўқишга кирганим учун (1 август куни дадам касалхонада эдилар, орқамдан ҳеч ким бормаган) ҳар хил қинғирликлар билан олийгоҳга кираётганларни ва уларга шароит яратиб бераётганларни хоин деб ҳисоблайман
Жавлонбек Ботиров
Albatta 1-avgust boshqacha edi.Aynan shu kuni 2006 yil keyinchalik ADU talabasi bo'lishimga sababchi imtihon topshirgan edim.Unga birpasda 15 yil bo'libdi
Nodira Abdurasulovna
Salom, men 2009-yildan boshlab filologiya yo'nalishida tayyorlanib o'qishga topshirdim, Xvariantlar juda avjiga chiqqan davr edi, varinatni pulga sotib olib ballarni yuqoriga ko'tarib yuborishardi, ilmni ohiri yo'q degandek bizga o'hshaganlar 30tadan topsa ham o'qishga kirolmadi. Qattiq maqsad qo'ydim baribir o'qiyman deb,ona tili va adabiyot darsliklarini yodlab yubordim, 3yil deganda talaba bo'ldim. ADUni tamomladim, lekin o'qishda ham korrupsiya, o'qituvchilarning 50%qo'lida nima bor ekan deb qarab turadi, o'qiganingdan uyalib ketasan, 4 yilda bir marta o'rnidan turmasdan bitirib ketdi yarim talaba, hozir o'ylanaman qaysi bechora o'quvchilarni umrini zoye ketkizyapti ekan o'sha talabalar....Ishlayoganimga 5yil bo'ldi, bo' sh vaqtimda repititorlik qilaman. Bu yil magistraturaga hujjat topshirdim testga tayyorlansam yozma bo'lar ekan imtixon. Hammasi aniq bizning o'sha ustozlar olgan imtixondan o'tadiganlar hozir savolini yodlash bilan band. Men istardim imtihonlar onlayn kuzatuv ostida suhbat bilan o'tsa... Eh O'zbekiston, sening korrupsiyasiz, adolatli davrlar keladigan zamoningni ham ko'rsatsin...
2014-yil 1-avgust va 16-avgust sanalari hayotim davomida yodimdan chiqmasa kerak. 1-yil topshirishimda oxirgi o'rin grant bilan talaba bo'lganman. Test javobini 15-avgust 23:43 da bilgandim. Hayajonli damlar. O'sha paytgi imtihonlarda o'z bilimi bilan kirgan talabalardek bilimli talabalar bo'lmasa kerak
Sanjarbek Kushbakov
Exxxe 1 avgust !!!! qabul tugashiga qolganda shunaqa talpalar bulardi. Dokument topshirish bir muammo edi.
O'qishga kirishni variantlari bulardi:
Shpargalka
Talkash
Savol olib chiqish
Telefonda o'qib turish
Savollarni rasmga tushirib tashlab yuborish....
Va hakozo...
Shu tariqa yillar davomida OLTIN AVLODNI YO'QOTDIK!!!
hamma boshqa yo'llar bn kirganlar hozir hammasi biror LAVOZIMDA ishlab qannay soqqa qilsamikin deb o'ylayabdi.
ESSIZ.....
O'ZIMIZ O'TIRGAN DARAXT SHOXNI O'ZIMIZ ARRALADIK va buni ko'rib ko'rmaganga oldik!!!
Maftuna Bahodirovna
Men ham 2yil Moliya institutiga tayyorlanib kirolmaganman. 3-yil Nizomiyga ham. U paytdagi to'plagan ballariiim... 1-avgust kuni hsr yili umuman kayfiyatsiz bo'lardim. Mana 4yil oldin Chirchiq DPI ochildi. Shu institutda o'qidim. Armonlarim bir necha yillardan so'ng ushaldi😀
Show next 100 comments