Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Shirin
1август кадрли кун булган хамма ун 2 йил булди хаммаси чалкаш бб кетди укишниям имтихонниям кадри колмади хохлаган одам хохлаган пайти хохлаган жойига топшириб укишга кириб ётибди Илохим яна шунаканги вируссиз кунла кайтиб келсин
Assalom alaykum yaxshimisz Xushnud aka . Avvalombor uzur sizni har jayda bezovta qilyapman . Ergashev Lazizman Surxondaryo viloyatidanman . Men bermoqchi bo‘lgan savol audio yozuvlarda umuman yuq ekan . Men Toshkent Tibbiyot Akademyasining Med-biologiya yo‘nalishida Surxondaryo hisobidan kvoto asosida grantda o‘qiyman . Hozrda 2-kursni tugatdim . O‘qishimni Surxondaryo viloyatiga ko‘chirmoqchiman agar iloji bo‘lsa . Lekin menda ikkata muammoli savol bor . 1-si maqsadli grandda o‘qiyman va 2-si Surxondaryoda hozrda faqat meni kursimga to‘gri keladigan yonalishlar davolash ishi va pdiatriya ishi yo‘nalishlari bor . Bu yo‘nalishlar o‘tkan yili med-biologiya bilan turdosh hisoblanar edi. Bu yilgi yangi turdoshlar jadvalda ajratib qo‘yishibdi boshqacha qilib . Uydagilarim oddiy kontrakt to‘lay oladilar va meni Surxondaryoda o‘qishim tarafdoridurlar . Meni o‘zim davolovchi vrach bo‘lishga juda qiziqishim baland . Iltimos shu haqda bir molumot topib bersangiz juda zarur edi . Javobingiz uchun oldindan katta rahmat .
خديجة
Men 1 avgust kuni o'qishga kirish uchun test topshirilishini bilganimdan buyon doim hayajonda o'tkazganman. Maktab davrlarimdan yil sanardim.., 6 yildan keyen 5 yildan keyen,,,,, shu kuni men ham imtihon topshiraman... Allohim meni shu kunda o'zinggaa qo'lla deb duolar Qilardim...
Maktabni 2017 yil tugatdim 3 yil kollejda o'qidim, va o'tgan yili o'qishga kirish uchun hujjat topshirdim. .Lekin imtihonim men necha yillardan buyon hayajonda, duoda o'tkazadigan sanada emas 10 sanada bo'ldi........ Lekin Alhamdullilah , Allohimga ming shukur 1 yildayoq o'qishga kirdim..... Agar o'qishga kirolmasam men uchun hayot tugaydi, men tamom bo'laman deb doiiim yig'lardimm...... Lekin hozir bilsam bu hayot 4 yillik bakalavir diplomiga bog'liqmasss ekannnn..... Barcha barchasi o'z qo'limizda. Bu hayotda o'z o'zligimizni topish uchun 100 lab minglab yo'llar bor , lekin o'shandagi men va bazi abituriyentlar barcha orzularimiz universityga bog'liq deb o'ylaymiz. Biz asosiy maqsadimizni ilm olishga, kuchli bilim egasi bo'lish uchun qaratsak universitet ham boshqa boshqa hammasi hayotdagi maqsadlarimizga erishish uchun bir saababchi bo'lib qoladi......!
𝐌𝐮𝐱𝐭𝐚𝐬𝐚𝐫 𝐙𝐚𝐲𝐧𝐢𝐝𝐝𝐢𝐧𝐨𝐯𝐧𝐚
Мен 1998 йил 1 август куни ТДПУ га тестга келганман....қувонарлиси шуки хаммаси билган саволларим, хурсандлигимдан ёнимдаги шерикларимга хам ишлаб берганман ва натижада мени кузатувчи «олиб бориб келган» шу даражада юрагими сиқишганкииии эсласам.......
"1 avgust" hususida bundan roppa~rosa 7 yil muqaddam katta hayot bosqichida ilk katta sinovlardan biriga ro‘baro kelganman, ushbu "sinov" meni roppa rosa 4 yil kutishga majbur qildi lekin harakatdan to‘xtamaslik kerak ekan Allohim qilgan iltijo, harakatlarimni javobsiz qoldirmadi Inshaalloh! Talabalik baxti his~tuyg‘ularidan mosuvo qoldirmadi.
Мунира Файзуллаевна
Эсимда уша дамлар
Узи учар гиламлар. . .
Деганларидек, 18 йил аввал илк бора, катта хаяжонда 11 синфни тамомлаб университетга имтихонга келганмиз. Хатто нонуштасиз. Лекин не ажабки тест варакаларини соат тушдан сунг 15, 30 да кулимизга беришган. Унгача хамма абитуриент нон кавшаб, гурунг килиб утирганмиз ушанда 😂😂😂 камига ярмимиз ок листга А, Б, С ни белгилаб беришга мажбур эдик. Ким билади ушанда ДТМ мутахассислари каерга караб аниклашдийкин , шуниси менга кизик ханузгача. Хуллас, шунака гаплар уртоклар.
Ex 1- avgust meni hayotimda unitilmas kun 2016 yil Termiz Davlat Unversitet Jismoniy Madaniyat fakultetiga o'qishga kiriganman ijodiy imtixonlar esimdan chiqib faqat 1 avgustni kutganman chunki shu kunda butun O'zbekiston Farzandlarini hayoti ham bo'lardi . Mandatni esa 23 kundan keyin olardik bu vaqtgacha bizni vaxima bosib tirik murdaday yurardik.
Allamdulillah Xozir NamDu Jismoniy Madaniyat fakultetida
2- kurs MAGISTRANTI man 👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓🥇🥇🥇
Kimlardur podvalda 1 kun yotib qolgani esdan chiqmiydi shu 1 avgustda pul nimalar qildirmaydi ekan odamlarga😂😂😂😂
1- avgustga chiroyli ta'rif keltiribsiz.Ehhh,bizga juda tel.kerak bólib,5-6 kmni piyoda yól yurib, yugurishga tógri kelgan.Yóllar berk,taksi yóq, tel yóq.Rosa qiynalgandim.....
Ollohga shukur hamma narsa ózgarish juda katta......
Sharobiddinova👩‍🎓
Sentiyabrdan oqish bolarmikin
2014-yil 31-iyuldan 1-avgustga oʻtar kechasini koʻpchilikdan farqli ravishda mazza qilib uxlab oʻtqazganman
5yil imtihonga kirganman, o'yinlarni o'z ko'zim bilan ko'rganman, amallab arizani to'ldirolmaganlarni mandatga borib grantga kirganini ko'rganman, variantlar olib chiqilgan, nazoratchilar ,,gapga olingan", bunkerlar, telefonlar, qo'lga tushib qolib alamdan o'zini yuqori qavatdan tashlab yuborgan abuturiyent, bilimimga ishonib chuchvarani xom sanaganlarim, xudoga shukur, hammasi o'tib ketdi, keyingi yillardagi islohotlar, imtihonlarning shaffof o'tkazilishining boshlanishi sababli Alhamdulillah bugun talabaman!!! Har narsada hikmat bor deb bejizga aytishmaydi, oldingi vaqtlar bo'lganda grandni hatto orzu ham qilmagan, allaqachon egallanganligini bilardim, bugun esa hammasi o'zgacha😊
Jumashev Turgun
Assalomu alaykum Xushnud aka yaxshimisiz. Ishingizga rivoj tilayman. Xushnud aka to‘lov qilolmay qolganlar masalasi ko‘rib chiqilyaptimi shunga yordam bersangiz iltimos
Dilnoza
2011-yilda o‘qishga kirganman,o‘shanda bizni imtihon 2-avgustda bo‘lgan.Shu sabab 1-avgust men uchun hayajonli emas.2-avgust menga omad keltirgan.
Dilnoza
Egri yo‘llar yo‘llar bilan o‘qishga kirgan va kirmoqchi bo‘lganlardan nafratlanaman,chunki o‘shanaqa "manqurt"larni deb o‘zim istagan o‘qishga balim yetmay qolgan😔
Nizomiddin
Assalomu alaykum hammaga lekin ilgari 1avgust juda boshqacha otardi 2 martta qatnashganman bu kunda 2 chisi kopro esimda qogan boshqacha otgan oziyam lekin bu kunni atmasferasi haqiqatanam qaynoq otardi
.. Egamberdiyev...
ha bu kun naqadar hayajonli kun edi AFSUS endi oddiy kun qatori bo‘lib qoldi ha km larga yugurib borish shpargalkalar x variantlar telefon naushnik kitobchalar HULLAS shunaqa voqealar
Nizomiddin
Ayniqsa telefonlani tuflini ichiga qizla sochlarini ichiga bekitganlarini san'at darajada qilishardi
Ancha yaxshilandi to'g'ri. Shukur👌
Lkn hozir ham maqtanarli emas😕
Show next 100 comments