Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Sharobiddinova👩‍🎓
Sentiyabrdan oqish bolarmikin
2014-yil 31-iyuldan 1-avgustga oʻtar kechasini koʻpchilikdan farqli ravishda mazza qilib uxlab oʻtqazganman
5yil imtihonga kirganman, o'yinlarni o'z ko'zim bilan ko'rganman, amallab arizani to'ldirolmaganlarni mandatga borib grantga kirganini ko'rganman, variantlar olib chiqilgan, nazoratchilar ,,gapga olingan", bunkerlar, telefonlar, qo'lga tushib qolib alamdan o'zini yuqori qavatdan tashlab yuborgan abuturiyent, bilimimga ishonib chuchvarani xom sanaganlarim, xudoga shukur, hammasi o'tib ketdi, keyingi yillardagi islohotlar, imtihonlarning shaffof o'tkazilishining boshlanishi sababli Alhamdulillah bugun talabaman!!! Har narsada hikmat bor deb bejizga aytishmaydi, oldingi vaqtlar bo'lganda grandni hatto orzu ham qilmagan, allaqachon egallanganligini bilardim, bugun esa hammasi o'zgacha😊
Jumashev Turgun
Assalomu alaykum Xushnud aka yaxshimisiz. Ishingizga rivoj tilayman. Xushnud aka to‘lov qilolmay qolganlar masalasi ko‘rib chiqilyaptimi shunga yordam bersangiz iltimos
Dilnoza
2011-yilda o‘qishga kirganman,o‘shanda bizni imtihon 2-avgustda bo‘lgan.Shu sabab 1-avgust men uchun hayajonli emas.2-avgust menga omad keltirgan.
Dilnoza
Egri yo‘llar yo‘llar bilan o‘qishga kirgan va kirmoqchi bo‘lganlardan nafratlanaman,chunki o‘shanaqa "manqurt"larni deb o‘zim istagan o‘qishga balim yetmay qolgan😔
Nizomiddin
Assalomu alaykum hammaga lekin ilgari 1avgust juda boshqacha otardi 2 martta qatnashganman bu kunda 2 chisi kopro esimda qogan boshqacha otgan oziyam lekin bu kunni atmasferasi haqiqatanam qaynoq otardi
.. Egamberdiyev...
ha bu kun naqadar hayajonli kun edi AFSUS endi oddiy kun qatori bo‘lib qoldi ha km larga yugurib borish shpargalkalar x variantlar telefon naushnik kitobchalar HULLAS shunaqa voqealar
Nizomiddin
Ayniqsa telefonlani tuflini ichiga qizla sochlarini ichiga bekitganlarini san'at darajada qilishardi
Ancha yaxshilandi to'g'ri. Shukur👌
Lkn hozir ham maqtanarli emas😕
NURULLO
Talaba bolganimdan buyon 1-Avgust men uchun unchalik ham qorqinchli bolmay qoldi😅😅😅
Qandaydr shukuhi bor edi baribir. Barchasini o'zgartirmasdan shu yaxshilanishlar qilinsa bundanda zo'r bo'lardi
Men ham bu kunni hayajon bilan eslayman 2013 yil talaba bo'lganman 1-o'rin budjet matematika fizika yo'nalishiga hali hamon kechagiday esimda 35 ta matem 34 ta fizika 21 ta ona tili !!!!!
Men 3yili kirganman 1avgust rostdanham hayot mamot masalasi edi.Ayniqsa biz qizlar un qizbpla un 3yili topwiriw kamdan kam oilalarda kuzatilar edi.Ha qiyinchilik mawaqqatlar bn kirganmiz ammo zavqli edi hozirgilar bizga havas qilsin😆
Men Rustili da oxirgi kontrakt hamon esimda ona tili 26ta rustili 16ta tarix 11ta
1-avgustni shunaqa eslayapmiz, korupsiyasini xam yaqin yillar ichida shunaqa eslashimizga umid qilamiz.
2013-2014-2015-2016-2017-yillardan menga juda yaxshi esdalik boʻlib qolgan. Haqiqat qaror topgan yili oʻqishga kirganman
12 02 telefoni 100$ bob ketardi ichkarida vaholangki uni tashqarida 50 mingga it omasdi😂😂😂😂
A. TURAYEV
Qanaqa ochiratla bulib ketardi taksila osmonda yurardi 😶
Show next 100 comments