Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
A. TURAYEV
Qanaqa ochiratla bulib ketardi taksila osmonda yurardi 😶
Muhammad Ali
Kichkina kankilyatirlarni do'kondan topolmasdik
Doniyor
Юкоридаги гапларизга кушиламан Хушнудбек колган сохаларда хам коррупцияни олдини олиш буйича чора тадбирлар ишлаб чикилмокда оллох насиб килса озззрок вакт ичида хаммасига биргаликда эришамиз
1 августни хаяжонини бошидан кечирганлар билишади. Хали хамон мен учун биринчи август бир замша булса бошкача
👨‍🎓JAVOHIR👩‍🎓
1-август ростдан хаёт мамот масаласи булиб колганди, мен хам 2009 йил укишга кирганман😊оллохимга шукр, кейин магистратурага 3 йил топшириб киролмадим, 2020 йил магистратура имтихонлариям адолатли булди деб хисоблайман шу адолатли йилда грантга магистратурага хам кирдим😊, юртбошимиз сог булсинлар
DILAFRUZ ULUG'BEKOVNA
1 avgust eeehhhh uwa damlar 2009yil uqiwga topwirganman 31 iyul kuni kechqurun appendetsit pirustub bergan zurga imtihonga kirib chiqqanman imtihondan chiqib tugri balnitsaga ketganman bir umrlik xotira bub qolgan
Hurmatli Xushnudbek aka siz bu kamentni o'qiysiz degan umiddaman aka O'ZBEKISTON yoshlari bari oliy malumotli bo'lishi kerak deyilgan bir vaqtda nega ballar osmonda yuripdi ball osmondaligiku mayli nega biz yoshlar biz abiturentlar O'ZBEKISTONDA o'qishga kirishga qiynaliyapmiz bilimni oshirish kerak deysizmi bilimni oshirish uchun ham pul kerak bizga o'xshagan oilasi buzilgan sharoiti yaxshi emas ayollar qanday qilib repititirga borib o'qishga tayorlana olsin bir necha kundirki yoshlar daftariga kirish uchun harakat qilaman leykin mandat chiqsa keyin kirgizamiz degan javob bilan qaytiyapman u ham mayliga nega chet eldagi o'qishga kirish imkoniyati bizda yo'q chet elda kantrakt to'lab o'lib o'qib kelgandan keyin diplommi sertifikatsiz tan olinmaydi diplom tan olinmaganidan keyin O'ZBEKISTONIMIZDA ham o'qishga kirish imkoniyatini kengaytiringlar chet eldagiga o'xshab imtihonsiz kirib kantrakt to'lab o'qishni yo'lga qo'yinglar nega biz yoshlarga o'qishga kirishga imkoniyat yo'q nega biz sevimli yurtimiz YANGI O'ZBEKISTONIMIZDA emas chet elda o'qishimiz kerak? iltimos shu savolimga javob bering. Men muxtaram Prizidentimizga xat yo'llamoqchiman ammo buni imkoni bo'lmayapdi qanday xat yo'llasam bo'ladi?
2007-yil 1-avgust Farg'ona shaxar 25-maktab 141-gurux. Hayajonli onlar, ichkariga kiritish boshlandi. Ex o‘sha damlar. Bir umrlik ijobiy esga oladigan onlar, chunki mandat natijalariga ko‘ra 141,3 ball bilan davlat granti asosida FARDU ga o‘qishga kirganman.
Men topshirgan yili imtihon 2avgustda bolgan ADTI 166.1 kontrakt. Bitirishim ham ajoyib 6.5yil o‘qib bitirdik. 2018magistratura grant. 2021 magistratura tugadi. 10yil o‘qiganga yarasha maosh yo‘q juda past.
Kurbanov Shakxzod
Hammasi toʻgʻri
Kurbanov Shakxzod
Shaxsan men variant ishlardim doim
Kurbanov Shakxzod
2 ta bazan 3 ta
Farux Fayziev
Ассалому алаекум хамага ишларингиз яахшими Хориждан первод килаедиганлар гурппасига к,андае кушилса булади ким билса к,ушиб юуборсин олдиндан рахмат
1-avgust hech qachon esimdan chiqmaydi kechagiday har bir oni yodimda kechasi bn uxlamay kitoblarni takrorlab mijja qoqmay tong ottirganmiz abituriyentlikdagi xonadoshlarimiz bilan!
Shunchalar hayajonlanganman mana Barnoxon elak suvdan kutariladigan vaqt keldi nihoyat deb uzimga uzim. 3-yili òqishga kirganman tuğriroği 2-yili 148.3 ball bn kantrakt kirganim un uqimaganman keyingi yil grantga kiraman deb lekin afsus pewonamga faqat kantrakt yozilgan ekan keyingi yili 174,2 ball (ingliz tilidan 36 tadan 34 ta,ona tilidan 36tadan 28 ta ishlaganman)bn yana kantraktga kirganman roatin aytsam biroz qiynalib uqiganman ham ishlab ham uqish qiyinroq buldi,bu yil Ollohga shukr bitirdim diplom oldim barcha qiyinchiliklar ortda qolganday his qilyapman. Ammo ota onam oldida hali ham hijolatdaman chunki ular mendan grantga kiriwimni kutar edi! Hay mayli ammo hozir qancha qiynalsam ham yana talaba bulishni istardim!
1996 йил АДМИ 166 балл бн йикилганман .Мен учун жуда огир йил булган.Сикилавериб бошим огрийдиган булиб колган.Кейинги йил 194 балл билан НамДУга кирганман.1-август хаяжонини тил билан таърифлаш кийин.Мандат кунини айтмаса хам булади.
Hali hanuzgacha bu kunda yuraklarim hayajon bilan boshqacha uradi. 1-avgust...
Umidjon Mamatqulov
2009 yili Moliya 175.4 bilan kantraktga ham kira olmaganman. Ayniqsa 1 avgust kuni viloyatliklarga juda qiyin bulardi. Yul kira narxi 2 baravarigacha kutarilib ketardi. Shu taksist akalarga rahmat shu akalar tufayli poytaxtda qolib ketdik. Uqishlarni bitirib poytaxt da qolib ketdik.
Husniddin O'lmasov
Bundan 8 yil oldin Buxoro Davlat Universiteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishiga hujjat topshirgandim. 1-avgust xotirasini shu kun eslab o'tirgan edim o'zi, hozirgina kanalni kuzatib , yana o'sha xotiralar yodimdan o'tyapti bir-bir . Birinchi marta imtihon topshirishim edi va shu birgina imtihonni o'zi grant bilan o'qishga kirishimga kifoya qildi. 27-xonada 30 ta abituriyent edik va 3 kishi grant bilan qabul qilinibmiz. O'sha jarayondagi voqealarni bu yerda aytib bo'lmaydi, hammasi juda daxshat bo'lgandi. O'qishga 163,7 ball bilan oxirgi o'rin grantga kirdim. 2 ta blokdan kursga borgandim akademik litseyda o'qib yurganimda. Natijam: tarix - 33 ta , ona tili adabiyot - 24 ta, ingliz tili 10 ta to'g'ri. Xudo guvoh, o'z bilimim bilan kirdim o'qishga. Qishloqda esa malomatga qolib ham ketdim buni otasi ishxonasidagi boshliq jo'rasi kirgizib qo'ydi pul yoki tanish--bilish qilib degan gap so'zlarga . Keyin o'zimga o'zim o'qishga kirsang ham bir balo ekan deb yuborganman o'shanda .
Show next 100 comments