Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
👨‍🎓JAVOHIR👩‍🎓
1-август ростдан хаёт мамот масаласи булиб колганди, мен хам 2009 йил укишга кирганман😊оллохимга шукр, кейин магистратурага 3 йил топшириб киролмадим, 2020 йил магистратура имтихонлариям адолатли булди деб хисоблайман шу адолатли йилда грантга магистратурага хам кирдим😊, юртбошимиз сог булсинлар
DILAFRUZ ULUG'BEKOVNA
1 avgust eeehhhh uwa damlar 2009yil uqiwga topwirganman 31 iyul kuni kechqurun appendetsit pirustub bergan zurga imtihonga kirib chiqqanman imtihondan chiqib tugri balnitsaga ketganman bir umrlik xotira bub qolgan
Hurmatli Xushnudbek aka siz bu kamentni o'qiysiz degan umiddaman aka O'ZBEKISTON yoshlari bari oliy malumotli bo'lishi kerak deyilgan bir vaqtda nega ballar osmonda yuripdi ball osmondaligiku mayli nega biz yoshlar biz abiturentlar O'ZBEKISTONDA o'qishga kirishga qiynaliyapmiz bilimni oshirish kerak deysizmi bilimni oshirish uchun ham pul kerak bizga o'xshagan oilasi buzilgan sharoiti yaxshi emas ayollar qanday qilib repititirga borib o'qishga tayorlana olsin bir necha kundirki yoshlar daftariga kirish uchun harakat qilaman leykin mandat chiqsa keyin kirgizamiz degan javob bilan qaytiyapman u ham mayliga nega chet eldagi o'qishga kirish imkoniyati bizda yo'q chet elda kantrakt to'lab o'lib o'qib kelgandan keyin diplommi sertifikatsiz tan olinmaydi diplom tan olinmaganidan keyin O'ZBEKISTONIMIZDA ham o'qishga kirish imkoniyatini kengaytiringlar chet eldagiga o'xshab imtihonsiz kirib kantrakt to'lab o'qishni yo'lga qo'yinglar nega biz yoshlarga o'qishga kirishga imkoniyat yo'q nega biz sevimli yurtimiz YANGI O'ZBEKISTONIMIZDA emas chet elda o'qishimiz kerak? iltimos shu savolimga javob bering. Men muxtaram Prizidentimizga xat yo'llamoqchiman ammo buni imkoni bo'lmayapdi qanday xat yo'llasam bo'ladi?
2007-yil 1-avgust Farg'ona shaxar 25-maktab 141-gurux. Hayajonli onlar, ichkariga kiritish boshlandi. Ex o‘sha damlar. Bir umrlik ijobiy esga oladigan onlar, chunki mandat natijalariga ko‘ra 141,3 ball bilan davlat granti asosida FARDU ga o‘qishga kirganman.
Men topshirgan yili imtihon 2avgustda bolgan ADTI 166.1 kontrakt. Bitirishim ham ajoyib 6.5yil o‘qib bitirdik. 2018magistratura grant. 2021 magistratura tugadi. 10yil o‘qiganga yarasha maosh yo‘q juda past.
Kurbanov Shakxzod
Hammasi toʻgʻri
Kurbanov Shakxzod
Shaxsan men variant ishlardim doim
Kurbanov Shakxzod
2 ta bazan 3 ta
Farux Fayziev
Ассалому алаекум хамага ишларингиз яахшими Хориждан первод килаедиганлар гурппасига к,андае кушилса булади ким билса к,ушиб юуборсин олдиндан рахмат
1-avgust hech qachon esimdan chiqmaydi kechagiday har bir oni yodimda kechasi bn uxlamay kitoblarni takrorlab mijja qoqmay tong ottirganmiz abituriyentlikdagi xonadoshlarimiz bilan!
Shunchalar hayajonlanganman mana Barnoxon elak suvdan kutariladigan vaqt keldi nihoyat deb uzimga uzim. 3-yili òqishga kirganman tuğriroği 2-yili 148.3 ball bn kantrakt kirganim un uqimaganman keyingi yil grantga kiraman deb lekin afsus pewonamga faqat kantrakt yozilgan ekan keyingi yili 174,2 ball (ingliz tilidan 36 tadan 34 ta,ona tilidan 36tadan 28 ta ishlaganman)bn yana kantraktga kirganman roatin aytsam biroz qiynalib uqiganman ham ishlab ham uqish qiyinroq buldi,bu yil Ollohga shukr bitirdim diplom oldim barcha qiyinchiliklar ortda qolganday his qilyapman. Ammo ota onam oldida hali ham hijolatdaman chunki ular mendan grantga kiriwimni kutar edi! Hay mayli ammo hozir qancha qiynalsam ham yana talaba bulishni istardim!
1996 йил АДМИ 166 балл бн йикилганман .Мен учун жуда огир йил булган.Сикилавериб бошим огрийдиган булиб колган.Кейинги йил 194 балл билан НамДУга кирганман.1-август хаяжонини тил билан таърифлаш кийин.Мандат кунини айтмаса хам булади.
Hali hanuzgacha bu kunda yuraklarim hayajon bilan boshqacha uradi. 1-avgust...
Umidjon Mamatqulov
2009 yili Moliya 175.4 bilan kantraktga ham kira olmaganman. Ayniqsa 1 avgust kuni viloyatliklarga juda qiyin bulardi. Yul kira narxi 2 baravarigacha kutarilib ketardi. Shu taksist akalarga rahmat shu akalar tufayli poytaxtda qolib ketdik. Uqishlarni bitirib poytaxt da qolib ketdik.
Husniddin O'lmasov
Bundan 8 yil oldin Buxoro Davlat Universiteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishiga hujjat topshirgandim. 1-avgust xotirasini shu kun eslab o'tirgan edim o'zi, hozirgina kanalni kuzatib , yana o'sha xotiralar yodimdan o'tyapti bir-bir . Birinchi marta imtihon topshirishim edi va shu birgina imtihonni o'zi grant bilan o'qishga kirishimga kifoya qildi. 27-xonada 30 ta abituriyent edik va 3 kishi grant bilan qabul qilinibmiz. O'sha jarayondagi voqealarni bu yerda aytib bo'lmaydi, hammasi juda daxshat bo'lgandi. O'qishga 163,7 ball bilan oxirgi o'rin grantga kirdim. 2 ta blokdan kursga borgandim akademik litseyda o'qib yurganimda. Natijam: tarix - 33 ta , ona tili adabiyot - 24 ta, ingliz tili 10 ta to'g'ri. Xudo guvoh, o'z bilimim bilan kirdim o'qishga. Qishloqda esa malomatga qolib ham ketdim buni otasi ishxonasidagi boshliq jo'rasi kirgizib qo'ydi pul yoki tanish--bilish qilib degan gap so'zlarga . Keyin o'zimga o'zim o'qishga kirsang ham bir balo ekan deb yuborganman o'shanda .
2014-yil 1-avgustda 1-yil topshirishimda 165.8 ball to'plaganman. 2.4ball yetmay qolgan kontraktga. Juda qattiq siqilganman shuncha tayyorlanib kirolmaganman. o'sha paytlar bunkerlik juda avjiga chiqqan paytlar edi. Auditoriyadagi "ishlar" ni ko'rib ancha ruhim singan. Yonimdagi qiznikini yana bir nechta odamnikini nazoratchi savollar kitobizda xatolik bor ekan deb olib chiqib ketib 20min.da tayyor belgilangan holda opkebergan. Yonimdagi qiz shunday ochsa qarangki belgilangan uni ko'rim meni bo'larim bo'lgan. Bo'ldi endi men kirolmayman deb juda qattiq stressga tushganman oshanda. Shuni o'zida 26,28,24 tadan ishlaganman bloklarimni. Keyin dop.qabul kutganman CHAQIRISHMAGAN. Keyin surishtirib bilsak mendan past ball olganlarni chaqirishgan 70 ta kal bobo berishgani uchun😂😈 Buni eshitgach zo'rdan zo'r bo'laman grantga kiraman xudoxohlasa deb Bismillahni aytib yanvardan yana tayyorlandim. Va 2015-yil 1-avgustda imtixonga bordim. Savollar kitobini Bismillahni aytib ochib testni boshladim. Omadim 1-partaga o'tirganim bo'ldi. Ro'paramda devor chalg'imayman. O'tgan yili oxirroqda o'tirb xonadagi o'yinlarni ko'rib juda cho'kkandim. Bu safar umuman qaramadim. Menga desa portlab ketsin dedim. Vaqtni nazorat qilish uchun qo'l soat taqqandim.Ingliz tilini 15daqiqada. Tarixni biroz ko'proq qolgan vaqtim esa ona tili va adabni ishlashga ketdi. Chunki u paytlar ona tilidan savollar juda murakkab tuzilar edi. Shu tariqa testni tugatib kuchli bosh og'rig'i bilan uyga qaytdim. Va 22 kun deganda mandat chiqdi. Xali sensor telefon menda yo'q eski 2700 nokia telim orqali dtm.uz saytidan kodni terib La havla va la quvvata ni aytib mandatni ko'rdim. Ko'zimni yumib sekin ochdim va ekranda davlat granti asosida degan yozuvni o'qidim. Nahotki nahotki Alhamdulillah dedim. Yonimda opam bor edi. Qarangchi meni chimchilab ko'ringchi tushimmasmi dedim))) Natija 33/36
33/36
31/36 205.7 edi. Shuncha mehnat onam duosi uyqusiz tunlar vazn yo'qotish natijasi bergandi... 4yil bakalavrni o'ynab-kulib bitirdim. Barcha ustozlar meni hurmat qilardi. Chunki bilimim b.n kirgandim. Va Alhamdulillah bu yil magistraturani ham bitirdim. Oldinda rejalar judayam katta.

1-kurs bakalavr bitirganimda menga ham taklif tushgan "Miya" bo'lishga. Xavfsizlik 100% kafolatlanadi deyishgan. Lekin men rad qilganman. Nega?! Chunki 1-yil arzimagan ball yetmay kirolmaganimda his qilgan tuyg'uni boshqa odam his qilishini xohlamaganman. U ham bunkerdagilarni qarg'ashini xohlamaganman. Adolat bor joyda o'sish bo'ladi. Kimlardir shu ish orqasidan uy moshina qilgandir. Lekin menimcha baribir bu ish xato. ko'z yoshlar evaziga kelgani buyurmaydi. Hozir esa ancha imtixonlar tartibga kelib qoldi. Savollar ham soddalashtirilgan. Hozirgi abituriyentlarga xavasim keladi to'g'risi
@wavkatov_na
1999 йил мактабни битириб худди шу йилда ИНЯЗ га гранд асасида укишга кабул килинганман. 1 август роса хаяжонли булган ва жавоби чикишини 19 кун кутганман.
1 август 2006 йил омадим келган. Биология ва химияни росса ечиб русский язык и литература га вакт етмай хаммасин "с" белгилаганман мандатда чизикни тепасида туриганман. Шунда русский язык и литература дан 14та тугри чиккан. Жуда омадим келган🤣🤣🤣
2015 yi 1 avgust. 1400$ ga ukammi grand kirgizganman. Omad. 😹🤏🤷‍♂️.shuncha tanish, bunker, ish bermay oddiy samsung j1 shareit tufayli o'qishga kirgan.🤷‍♂️ 120 metrdan j1 ni shareiti ishlab ketib rasm tashab bergan. Bori shu. Nima qilay. 4 yil yiqilib oxiri budjet kirganman. Atrofda hamma shunday qilganda ukammi ham 4 yilini havoga uchiraymi. Lekin bu foyda emas o'rtoqlar. 100 mln lik Super kontrak nimayu talkash orqali kirgan do'p nima. Bari bir. Yagona yo'l. Barcha imtiyozlarni bekor qilish. Kambag'almi, xarbiyni bolasimi, boymi farqi yo'q. Yagona mezon bilim bo'lmog'j kerak. Qogani bekor. Po....uy. siyosiy iroda zarur
Show next 98 comments