🚀 DIQQAT: 2024-2025 o‘quv yilining 1-yarmi bo‘yicha #top_oʻquvchilar ni e'lon qilamiz.

Aslida olimpiadada qatnashgan har bir o‘quvchi g‘olib. Chunki ular o‘zlaridan hech kim hech qachon tortib ololmaydigan bilimlarga erishishadi (agar takrorlashsa va tahlil qilishsa). Lekin ham faolligi, ham yuqori natijalari bilan tan olingan ushbu oʻquvchilarni alohida e'tirof etishni lozim topdik.

😊 Ushbu o‘quvchilar maxsus nishonlar, guvohnoma va brendimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🎁 Bu hali hammasi emas: Ushbu ro‘yxatdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maxsus yangi yil sovgʻalari bilan ham taqdirlanishadi.

🤝 Sovg‘alarni 31-dekabr kuni Urganch shahrida vakilimiz (Zafarbek Ishchanov) dan olishingiz mumkin bo‘ladi. Bu bo‘yicha g‘oliblarga alohida sms xabarnoma yuboriladi.

“Yozgi maktab-2025” uchun yakuniy roʻyxat esa may-iyun oylarida aniqlanadi. Olimpiadamiz haqida endi xabar topgan oʻquvchilar reytingi va natijalarini yaxshilab borishlari mumkin. Navbatdagi (yilning eng dastlabki) reytingli oflayn olimpiadasi 2025-yilning ilk yakshanbasi (5-yanvarda) o‘tkaziladi. Hozirdan ro‘yxatdan o‘tish mumkin: ➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH

21 comments

Farzandimni munosib ko‘rganingiz uchun kattakon rahmat😊
SULAYMON SHOX
Assalomu alaykum raxmat etibor uchun yangi yilga zoʻr sovgʻa boʻldi
Aytiladi alohida. Toshkentdan yetib borishidan oldin
Tan olinganlarni ota-onasiga havas qildim.

Yangi yil uchun dim ajoyib ish boʻlibdi. Biz yaqinda xabar topdik, shunga reytingimiz endi koʻtariladi. Iloyim yozgi maktabda qatnashish bizning bolamizga ham nasib qilsin. Havas qildim chin dildan!
Assalomu alaykum raxmat kattakon tashkilotchilarga o'quvchilarga zo'r bayram sovg'asi bo'ladi
Assalomu alaykum hurmatli tashkilotchilar,kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan.Kutilmagan ajoyib sovĝa bòldi,tashakkur.Keyingi ishlaringizda ulkan omadlar va zafarlar tilayman.
Babajanova.S
Qayerda yozilgan bolalarni ismlari
Katta raxmat e'tibor va rag'batlar uchun, Sizlar super tashkilotchilarsiz!!!
Бу болаларимиз учун хакикий байрам совгаси буладиган булибди. Катта рахмат Khiso мактабига 👍
Қачон бир адолатли баҳолашни ўрганасизлар. 5-6 синфлардан ташқари ҳар бир синфда 4-5 ўқувчини ғолиб деб кўрсатибсизлар. 5-6 синфларда ҳам хеч бўлмаганда 4- ўринларни ғолиб деб эълон қилиш керак эди. Ёки бошқа синфларда ҳам фақат 3-ўрингача ғолиб деб топиш керак эди. Ўзи ҳоким олимпиядасида ҳам ҳар сафар 5-синфлар 6-синф билан беллаштирасизлар. 7- синфларни 8 билан. Эҳ сизларни каллаларингга!!!
Assalomu alaykum yaxshimisizlar tashkilotchilarga omad har bur ishlari natijasiz qolmasligini tilayman

8 kunlik onlayn olimpiadada ishtirok etayotgandik bot negadir yaxshi ishlamayapdi kun bo'yi urindik
Ассалому алайкум хаммага. Хаммани янги йил билан табриклаймиз.
Хурматли ташкилотчилар гуруч курмаксиз булмаганидай олимпиада нималигини тушунмайдиганлар хам топилади. Бунинг учун баъзи инсонлардан хафа булиш керак эмас.
Хаммангизни янги йилингиз баракали ва омадли йил булсин. Устозлар мехнатингиз рохатини куриш насиб килсин.
Хаммангизга катта РАХМАТ.
Atadjanov Azizbek
Аssalomu alaykum ustoz .5,6 sinflar taqdirlanadimi?
5-6 синфлар хам ёзилганку
Show next 5 comments