🚀 DIQQAT: 2024-2025 o‘quv yilining 1-yarmi bo‘yicha #top_oʻquvchilar ni e'lon qilamiz.Aslida olimpiadada qatnashgan
har bir o‘quvchi g‘olib. Chunki ular o‘zlaridan
hech kim hech qachon tortib ololmaydigan bilimlarga erishishadi (
agar takrorlashsa va tahlil qilishsa). Lekin
ham faolligi,
ham yuqori natijalari bilan tan olingan ushbu oʻquvchilarni alohida e'tirof etishni lozim topdik.
😊 Ushbu o‘quvchilar
maxsus nishonlar,
guvohnoma va
brendimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🎁 Bu hali hammasi emas: Ushbu ro‘yxatdagi
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maxsus
yangi yil sovgʻalari bilan ham taqdirlanishadi.
🤝 Sovg‘alarni
31-dekabr kuni Urganch shahrida vakilimiz (
Zafarbek Ishchanov) dan olishingiz mumkin bo‘ladi. Bu bo‘yicha g‘oliblarga alohida
sms xabarnoma yuboriladi.
“Yozgi maktab-2025” uchun yakuniy roʻyxat esa may-iyun oylarida aniqlanadi. Olimpiadamiz haqida endi xabar topgan oʻquvchilar reytingi va natijalarini yaxshilab borishlari mumkin. Navbatdagi (
yilning eng dastlabki) reytingli oflayn olimpiadasi 2025-yilning ilk
yakshanbasi (
5-yanvarda) o‘tkaziladi. Hozirdan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH
Yangi yil uchun dim ajoyib ish boʻlibdi. Biz yaqinda xabar topdik, shunga reytingimiz endi koʻtariladi. Iloyim yozgi maktabda qatnashish bizning bolamizga ham nasib qilsin. Havas qildim chin dildan!
1. Qatnashuvchilar soniga koʻra olinadi.
1000 ta odamdan ham, 100 ta odamdan ham bir xil odam taqdirlanmaydi.
2. 5-6-7-8 sinflarga alohida Hokim olimpiadasi qilindi. Bu oʻquvchilar pul mukofotlari ham yutgan.
Kichik sinflarni shu yoshda ilmga qiziqtirish muhim. Takrorlayman, 5-6-7-8 sinflar yetarlicha e’tiborda. Yana bir marta oʻylanmasdan, tahlil qilmasdan yozsangiz bloklashga majbur boʻlaman.
7-8 sinfga kelsak, Davlat olimpiadalari ham ular uchun umumiy. Masalan Al Xorazmiy olimpiadalari.
8 kunlik onlayn olimpiadada ishtirok etayotgandik bot negadir yaxshi ishlamayapdi kun bo'yi urindik
Хурматли ташкилотчилар гуруч курмаксиз булмаганидай олимпиада нималигини тушунмайдиганлар хам топилади. Бунинг учун баъзи инсонлардан хафа булиш керак эмас.
Хаммангизни янги йилингиз баракали ва омадли йил булсин. Устозлар мехнатингиз рохатини куриш насиб килсин.
Хаммангизга катта РАХМАТ.
Kirib kelayotgan yangi yil barchamiz uchun omad va muvaffaqiyatlarga to'la bo'lsin.