⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
MOHINUR
Umuman kerak emas o'zgartirish nega endi hamma adabiyotlar o'zgartiriladimi.Unga qancha mablag' kerak . Shu mablag'larni tibbiyotga sarflasa bo'lmaydimi. Hammasi avvalgi holida qolgan maqul . Undan ko'ra imloviy xatoliklarga e'tibor berilsin .Yana yangi harflar o'zgartirilsa yana imloviy xatoliklar ko'payaveradiku. Shuni ham o'ylash kerak . O'zgartirish qiyin emas unga xalqni ko'nikishi qiyin bo'ladi
Avvalgiday qolganim ma'qul.O'zi madaniyatimiz ham har hil seriallar tasirida o'zgarib ketmoqda(asosan turk) .Endi yozivni ham o'zgartirish kerak emas deb o'ylayman.
Umuman noroziman, hozirgi holati yaxshi! Lotin alifbosini 30 yil oʻrgandi bizdan kattalar, endi yana 30 yil oʻrganadimi??? Amerika qitʼasi kashf etilib boʻlingan, yana qayta Amerika ochish kerak emas oʻrtoqlar!
O'zgatrilimasin eskisi yaxshiku! O'zgartirilishidan nima foyda tushunmadim. Eng yomoni kopyuterda pechat qiladiganlar "sh" bilan "ch" ni yangisi ş, ç ga o'zgartirib moslashib olishi yana qiyinlashdi.
Туркларга тақлид қилишса нима қипти? Инглизларга тақлид қилса майлию, туркларга тақлид қилса йўқми?
Yechimini kutayotgan boshqa masalalarga e'tibor qaratilsa, juda yaxshi bo‘lar edi! Yechimini kutayotgan qancha muammo bor!
NG ni alohida harf qilib kiritish kerak emas deb hisoblayman. Qolgan harflarga qo‘shilaman.
Abdujalil Pardayev
Oliy majlisda ahmoqlar ko'payib ketdimi deyman nima ish qilishni bilmayapti ish qilib Qovun arzon buladi shekili 🙁🙁🙁🙁🙁🙁
Uzi yaxshi oʻzgarishiga hojat yuq deb oʻylayman
Hozirgi holicha qolgani ma’qul. Umuman o‘zgartirishni keragi yo‘q!
O' va g' mayli komputerda yozishda sal ishni ko'paytirardi, sh va ch ni kimga zarari tegdi ekan? Agar sh va ch ozgarsa endi bularni ham klaviaturadan qidirib vaqtimizni ketkazib otirarkanmizda?
Shu qolgandi endi... qilinmagan ish! Birgina alifbo bilan hech narsa o'zarmasa kerak!?
Alifboni o'zgartirdik ham deylik nima yaxshi tomoni bor. Uni nabarot yomon tomoni ko'pku. Masalan maktabdagi 1dan tortib 11-sinfgacha darslik va qo'llanmalar qancha badiiy kitoblar bundan tashqari yana shu qurg'ur pasportni ham almashtirish kerak chunki Sherali degan ismni bosh harfini yana o'zgartirish kerakmi. Haqiqatda undan ko'ra mavjud lotin alifbosiga o'tishning oson yo'lini o'ylab topishsin. Bu alifboga o'tish uchun ham yana 30 yil kamida sarsongarchilik bo'ladiku. Qachon biz o'zimiz uchun aniq yo'lni tanlaymiz.
batamom lotin alifbosida xat-hujjatlarni tayyorlash yaxshi, chunki hozirgi 21 asrda IT tehnologiyalarini qo'llash ko'lami ortib bormoqda. Lotin yozuvidagi Axborotlarni hajmlarini kichrayishi, axborot almashinuvida kichik bo'lsada tezkorlikga erishish mumkin(aslida bu arzimagan tezlik bo'lsa).
Ş Ç Õ Ğ harflariga kelsak o'zgariahlardan qo'rqmasligimiz kerak, agar bu jamiyat uchun albatta foydalik bo'lsa.
Bir marta alifboni oʻzgartirish mamlakat taʼlimini 50 yilga ortga tortadi, endi lotin alifbosini oʻrganib boʻlganda unga yana oʻzgartirish kiritish kerak emas.(bu mening shaxsiy fikrim)
Ng harfini nima qildik endi uni ham õzgartiriş kerak
Умрбек Маткаримов
Лотин алифбосига ўтиш масаласини бекор қилиш керак. Бу юзасидан қонун қабул қилинганига бир неча йиллар бўлган бўлсада, хозирги кунгача барча қонунлар, Президент қарорлари, фармонлари кирил алифбосида қабул қилиняпти, Республика миқёсида чиқадиган газета ва журналлар ҳам кирил алифбосида босиляпти, чунки кирил алифбоси барча учун қулайлигича қолмоқда (хатто лотин алифбосида таълим олган ёшлар қатламининг кўпчилиги учун ҳам). Бугунги кунда Республикамиздаги кутубхоналар фондининг техник ва бадиий адабиётларининг асосий қисмини кирил алифбосида босилган китоблар ташкил қилмоқда.
Odamlar 5 6 ta til va 2 3 ta alfabet organyapti 1 2 ta savodsiz maktabni arang tugatganlar esa buni qanday organamiz degan o'yga tolish bn ovora
Chunki oldingisini 5yilda arang organishganda
Show next 100 comments