⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Uzi yaxshi oʻzgarishiga hojat yuq deb oʻylayman
Hozirgi holicha qolgani ma’qul. Umuman o‘zgartirishni keragi yo‘q!
O' va g' mayli komputerda yozishda sal ishni ko'paytirardi, sh va ch ni kimga zarari tegdi ekan? Agar sh va ch ozgarsa endi bularni ham klaviaturadan qidirib vaqtimizni ketkazib otirarkanmizda?
Shu qolgandi endi... qilinmagan ish! Birgina alifbo bilan hech narsa o'zarmasa kerak!?
Alifboni o'zgartirdik ham deylik nima yaxshi tomoni bor. Uni nabarot yomon tomoni ko'pku. Masalan maktabdagi 1dan tortib 11-sinfgacha darslik va qo'llanmalar qancha badiiy kitoblar bundan tashqari yana shu qurg'ur pasportni ham almashtirish kerak chunki Sherali degan ismni bosh harfini yana o'zgartirish kerakmi. Haqiqatda undan ko'ra mavjud lotin alifbosiga o'tishning oson yo'lini o'ylab topishsin. Bu alifboga o'tish uchun ham yana 30 yil kamida sarsongarchilik bo'ladiku. Qachon biz o'zimiz uchun aniq yo'lni tanlaymiz.
batamom lotin alifbosida xat-hujjatlarni tayyorlash yaxshi, chunki hozirgi 21 asrda IT tehnologiyalarini qo'llash ko'lami ortib bormoqda. Lotin yozuvidagi Axborotlarni hajmlarini kichrayishi, axborot almashinuvida kichik bo'lsada tezkorlikga erishish mumkin(aslida bu arzimagan tezlik bo'lsa).
Ş Ç Õ Ğ harflariga kelsak o'zgariahlardan qo'rqmasligimiz kerak, agar bu jamiyat uchun albatta foydalik bo'lsa.
Bir marta alifboni oʻzgartirish mamlakat taʼlimini 50 yilga ortga tortadi, endi lotin alifbosini oʻrganib boʻlganda unga yana oʻzgartirish kiritish kerak emas.(bu mening shaxsiy fikrim)
Ng harfini nima qildik endi uni ham õzgartiriş kerak
Умрбек Маткаримов
Лотин алифбосига ўтиш масаласини бекор қилиш керак. Бу юзасидан қонун қабул қилинганига бир неча йиллар бўлган бўлсада, хозирги кунгача барча қонунлар, Президент қарорлари, фармонлари кирил алифбосида қабул қилиняпти, Республика миқёсида чиқадиган газета ва журналлар ҳам кирил алифбосида босиляпти, чунки кирил алифбоси барча учун қулайлигича қолмоқда (хатто лотин алифбосида таълим олган ёшлар қатламининг кўпчилиги учун ҳам). Бугунги кунда Республикамиздаги кутубхоналар фондининг техник ва бадиий адабиётларининг асосий қисмини кирил алифбосида босилган китоблар ташкил қилмоқда.
Odamlar 5 6 ta til va 2 3 ta alfabet organyapti 1 2 ta savodsiz maktabni arang tugatganlar esa buni qanday organamiz degan o'yga tolish bn ovora
Chunki oldingisini 5yilda arang organishganda
ДЕЙЛИК MirzaYEv- Mirzaev ёзиш қулайку.
Яна Ц ҳарфи керак албатта!
Ro'zmetovaNodiraRustamovna
Assalomu aleykum,hammaga men ham ona tili o'qituvchisiman, menimcha,alifboga o'zgartirish kiritish emas,shunga ketadigan mablag'ni zamonaviy jixozlar bilan maktablarni ta'minlasalar...Iltimos alifboga tegmanglar,"aqillilar"...
Jobirbek Rustamov
Ch va sh o‘zgarsa ma'qul boladi F qolishi kerak menimcha buni keragi yoq agar bundan keyin paydo bo‘ladigan muommolarni hal qilishga kuchlari yetsa almashtirish kere
Qo'pol qilib aytganda qotini qisishsin tamom
ц Harfini c tarzida kiritishsa yaxshi bo‘lardi
Abdunabieva
Туркларни харфику
Abdujalil Pardayev
Bu ketishda o'zbek tili rivojlabmaydi
O'zbek diyori bora-bora ilmlashib bormoqda minus tomonga. Maylida yashayversak ko'raveramiz Alloh nasib qilganini.
Hamma bowqattan o'qwi kere bo'ladi oʻzi wundogam oʻzini ismini yoziwi bilmidgalla judayam koʻp. Nma keregi bor wuni umuma tuwunarsz bo'pqoladi
oldingisi yaxshiroq ediyu
Show next 100 comments