⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Rostan ц ж tovushlari qani😡 bekorchilikdan nma qilishni bilishmyatimi bular😒
R. Rakhimov.
Eski alifbo tursa yaxshi bo'lardi. Yana yangisi ummmuman kerak emas ortiqcha bosh og'rig'i.
Gʻ, Sh, Ch ni nima qiladi oʻzgartirib, klaviaturalarda ularni terishda muammolar boʻlmaydimi
O'zimizni alifbo qolgani yaxshi .... Nima o'sib kelayotgan yosh avlod huddi katta yoshdagi kishilar kabi oraliq tupikka tushib qolishadimi yana ....
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Bu harflar nima maqsadda almashtirilyabdi nima foyda shunday qolsa nima bo‘ladi yoki o‘zgartirilsa nima o‘zgaradi. Bu mening shaxsiy fikrim o‘zgarish bo‘lish kerak ekan deb har narsa qilaverish emasmi bu.
Boshqa davlatlar hatto krasofkalarni 3d printerlarda chiqaryabdi biz hali
Yumshoq h mi qattiq x mi deb yuribmiz.
Эъзоза Комиловна.
Давлатни канча пули бекор кетади канча китоблар бошкатдан ёзиш керак.
Ш Ч Ў Ғ харфлар ун компютердан қанақиб топамиз.. вордда лотин ўзбекчада янги вариантдиги Ш Ғ Ў Ч харфлар йўқку.. бу ўзгартириш ҳаражатларини ким қоплайди ва ким ишлаб чиқади..
E muhokamani hech ham keragi yo . Undan ko'ra dolzarb muammolarni muhokama qiling
Davron Raximov
O', G' tushunarli yaxshi, lekin ch bilan sh ni qoldirishsa yaxshi bo'lardi haqiqiy lotinga yaqin harflar edi, turk alifbosidan ko'chirmasdan
R.A.R
Yaxshi yōnalish
Tarozi qayoqqa og'sa ōsha yoqqa ketish kerakmi endi
Muhammadziyo Saddullayev
Biz kimdandir andoza olib ish qiladigan bo'lsak qachon mustaqil ravishda o'z fikrimiz bilan ish qiladigan bo'lamiz xuddi ko'chirmachi o'quvchidek
Фаррух Шокиров
Yoki bitta-yarimtasi medalmi, ordenmi olgisi kelgan. O‘zbek yozuviga "qo‘shgan" bir tiyinga qimmat hissasi uchun
Sharofiddin Rustamov
Endi agar namunadagi alifboga o'tilsa maktablar universitetlar davlat tashkilotlarida to'liq shu alifboda ish yuritiladimi
SIROJ NURMURADOV
Bu xechnarsani ozgartirmaydi mening fikrimcha lekin juda kop pul sarflanishiga olib keladi buning orniga yol,gaz,svet,talim,tibbiyot, dagi va boshqa kamchiliklarni bartaraf qilish togrisida yangiliklar qilish kerak.
Sh.M.J
Men ham qarshiman.
Ахмокгарчиликдан бошка нарса эмас
Surayyo
Jiddiyroq maslalardagi o'zgarishlarni ham xalq uchun shunaqa muhokamaga qo'yilsa fikrimcha yaxshi ish bo'lardi hozirgi alifbo masalasi o'zgarishiga e'tirozim yo'q lekin albatta xalqqa moliyaviy jihatdan og'irligi tushmasa
Show next 100 comments