⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
E muhokamani hech ham keragi yo . Undan ko'ra dolzarb muammolarni muhokama qiling
Davron Raximov
O', G' tushunarli yaxshi, lekin ch bilan sh ni qoldirishsa yaxshi bo'lardi haqiqiy lotinga yaqin harflar edi, turk alifbosidan ko'chirmasdan
R.A.R
Yaxshi yōnalish
Tarozi qayoqqa og'sa ōsha yoqqa ketish kerakmi endi
Muhammadziyo Saddullayev
Biz kimdandir andoza olib ish qiladigan bo'lsak qachon mustaqil ravishda o'z fikrimiz bilan ish qiladigan bo'lamiz xuddi ko'chirmachi o'quvchidek
Фаррух Шокиров
Yoki bitta-yarimtasi medalmi, ordenmi olgisi kelgan. O‘zbek yozuviga "qo‘shgan" bir tiyinga qimmat hissasi uchun
Sharofiddin Rustamov
Endi agar namunadagi alifboga o'tilsa maktablar universitetlar davlat tashkilotlarida to'liq shu alifboda ish yuritiladimi
SIROJ NURMURADOV
Bu xechnarsani ozgartirmaydi mening fikrimcha lekin juda kop pul sarflanishiga olib keladi buning orniga yol,gaz,svet,talim,tibbiyot, dagi va boshqa kamchiliklarni bartaraf qilish togrisida yangiliklar qilish kerak.
Sh.M.J
Men ham qarshiman.
Ахмокгарчиликдан бошка нарса эмас
Surayyo
Jiddiyroq maslalardagi o'zgarishlarni ham xalq uchun shunaqa muhokamaga qo'yilsa fikrimcha yaxshi ish bo'lardi hozirgi alifbo masalasi o'zgarishiga e'tirozim yo'q lekin albatta xalqqa moliyaviy jihatdan og'irligi tushmasa
Ch bilan Sh harfi o'zgarmasin e😡😡😡
www Telegram
Axmoqgarchilik 20 yil oldin qayerda yurgan ekan shuni taklifqilgan odamlar?! 30 yil oldin krill alifboda o‘qib xozi zo‘rg‘a lotin alifbosini o‘qiy oladi yana 30 yildan keyin kimdir o‘zgartishkiritsa yana shu axvol uni o‘rniga ta'lim sifatiga e'tibor qaratinglar!!!
Biroz chuqurroq o'ylashsada.qoyile. lotin alifbosiga o'zi ko'pchilik ko'nikkani yo'q. Hamon kirillitsadamiz. Hammani chalasavod qilishdan ko'ra o'z holida to'liq lotinga o'tilishi ta'minlansa yaxshi bo'lardi.
Sh,Ch hammasi turk tozuvidan oliniptiyu
Show next 100 comments