⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek aka mavzudan tashqari bo'lsa ham bir iltimos bor edi, bog'lanishni boshqa yo'lini bilmadim uzr, Milliy Universitetda majburan hijobni yechtirishmoqchi ba'zi talabalarning ishi tufayli, shunga qarshi o'zimizni himoya qila oladigan biror hujjatmi qonun haqida maqola yozing iltimos sizdan, yordamingizdan umidvormiz, ishlaringizga Alloh rivoj bersin.
Odamzodga tushunmaysan.
Alifboni o'zgartirish rivojlanishga turtki bo'luvchi muhim omil. Agar hozir shu alifboni o'zgartirmasak, kirill-lotin aralash alifbo qolib ketaveradi, boshqa turkiy tilli millatlat ustimizdan alifbodagi O', G', Ch, Sh larni deb qotaverishadi, Rossiya esa haliyam kirill yozuvini keng ishlatayapti bular deb, qadriyatlarimizga tajovuzini davom ettiraveradi. Ishoning, eski alifboni qolishi bundan ham ko'p va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin!
Tushuning ahir, alifboga o'tish birdaniga bo'lib qoladigan masala emas. Siz aytayotgan kitoblar, darsliklar, hattoki Sherzodning pasportidagi "Sh" ham asta sekinlik bilan o'zgaradi. Siz ko'p o'ylanmang. Bu o'zidan-o'zi bo'ladigan jarayon.
**Nega endi shu payt ham O'zbekligimizni ko'rsatib, birlashib, bolalarimizni o'ylab shu yangi alifboni qabul qila olmaymiz?!**
Ular qaytadan oʻzgartirishi kerakmi shunda 🤔