⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Манга маъкул
**Men yangi alifboni qo'llab-quvvatlayman!**
Odamzodga tushunmaysan.

Alifboni o'zgartirish rivojlanishga turtki bo'luvchi muhim omil. Agar hozir shu alifboni o'zgartirmasak, kirill-lotin aralash alifbo qolib ketaveradi, boshqa turkiy tilli millatlat ustimizdan alifbodagi O', G', Ch, Sh larni deb qotaverishadi, Rossiya esa haliyam kirill yozuvini keng ishlatayapti bular deb, qadriyatlarimizga tajovuzini davom ettiraveradi. Ishoning, eski alifboni qolishi bundan ham ko'p va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin!

Tushuning ahir, alifboga o'tish birdaniga bo'lib qoladigan masala emas. Siz aytayotgan kitoblar, darsliklar, hattoki Sherzodning pasportidagi "Sh" ham asta sekinlik bilan o'zgaradi. Siz ko'p o'ylanmang. Bu o'zidan-o'zi bo'ladigan jarayon.

**Nega endi shu payt ham O'zbekligimizni ko'rsatib, birlashib, bolalarimizni o'ylab shu yangi alifboni qabul qila olmaymiz?!**
Sh va Ch harflarining Ş va Ç belgilariga ōzgartirilgani juda yaxşi bōldi. Ma'qullayman.
Yo'q o'zgartirilmagan yaxshi ko'pchilik yangi harflarni bilmaydinsabodsiz bo'lib qolishi mumkin
Malohat
Men qarshiman
Ilxom
Yaxşi bōlibdi. Klaviaturada bor bu harflar. Kōzingizni kattaroq oçsangiz topasiz.
Alifboga o‘zgartirish kiritishini to‘g‘ri deb bilaman, ц harfini c qilib kiritishi tarafdoriman va ng harfini alohida harf qilib kiritishini xato deb hisoblayman, chunki n va g harflari birga kelganda ba’zan alohida ba’zan bir tovush bilan talaffuz qilinadi. Agar talaffuzdagi holatini inobatga olishib ng harfi sifatida kiritilayotgan bo‘lsa bu xato ish. Agarda hamma harflarni talaffuziga e’tibor berib alifboga harf kiritsak, alifboda harflar soni ancha ko‘p bo‘lib ketardi, shuning uchun ng harfini alohida harf qilib kiritish xato bo‘ladi.
Xozirgi lotin alifbosi qolishi tarafdoriman
Efendy_mebel
Ç ş
Buni istalgan brend kompaniyalar telda ham alohida oʻzbekcha klaviatura chiqargan
Ular qaytadan oʻzgartirishi kerakmi shunda 🤔
Manimcha hozirgi alfavit eng yaxshisi
Doston
Oʻzimizni alifbo yaxshiyeee
Yaxshi bo'lar edi. "Ts" ni ham "C" ga o'zgartirishsin. Sirk, ssenariy, funksiya degan so'zlarni qachongacha xato yozamiz???
Avvalambor assalomu aleykum, hukumatimiz tomonidan juda yaxshi yangi qonunlar chiqayotgani hammamiz uchun yaxshi, lekin bu alifbo to'g'risidagi qonunga kiritilayotgan o'zgarish yoqmadi. Men bunga mutlaqo qarshiman. Alifboni o'zgartirishdan maqsad nima? Buni o'zgartirgan bilan nima o'zgaradi? Deyarli butun xalq bu yozuvga o'rganganda yana alifboga ozgartirish kiritish qanday bo'ladi? Boshqa siyosiy masalalar ustida bosh qotirilsa yaxshi bo'lardi. Nima bo'lganda ham olloh hammasini biz uchun hayrli qilsin!!!
Endi Xushnudbekni kanalidan chiqib ketaman xalqni fikrini ko'pchilini fikrini eshitmaydigan bloger yoki deputatni keragi yoq manga
Yo'q avvalgi holida bolgani maqul
Shu narsadaxam turklardan ko'chirishmi
F C B
Men ham qarshiman, nima keragi bor buni
Show next 100 comments