⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Umuman kerak emas ! Savodsizlar jamiyatimizda yanada ko'payadimi ? Hozir ishlatayotgan lotin alifbosi o'zgarmay qolgani ma'qul !!!
Kabulov...
Buni amalda sinab proba qilish kk hulosaga shoshish yaramaydi menimcha
I. Husniyaxon
Nega yozuvni ozgartirish sababi bormi o'zi kattalar buni Hali yaxshi o'zlashtirgani yo'q,Yana savodsizlik ko'payar ekanda
Bosingla kõngillarizga kelganini deyishadiku qoyile qiladigan boshqa ish topomabdida bular
Sardor Eshmamatov
Men tushunmayman hozirgi alifboning nimasi tushunarsiz yoki nima yetishmaydi? Bugun butun dunyo kosmosga qadam qo'yayotgan bir paytda bunaqa o'zgarishlarga ne hojat. Uning o'rniga barcha kuchni davlat xujjatlarini o'zbek tili lotin alifbosiga o'tkazishga sarflash kerak emasmi? Qayerga borsang seni rus tili (alifbosi) savodxonliging yo'qligini peshonanga tamg'a qilib urushi bu o'zbek tili yoki lotin alifbosining rivojimi? Respublikada birinchi navbatta yangi texnologiyalar, tibbiyot, IT, qishloq xo'jaligi, suv resurslari kabi sohalarni rivojlantirish asosiy masala bo'lishi kerak. Ushbu sof o'zbek tili lotin alifbosida yozilgan fikrlarimni kimlardir o'qib tushunmasligiga ishonmayman...
Ташки карзни ойлаш керак таьлимни ойлаш керак алифбони озгартириш нима керак
Eeee bu bòlmağur ish endi ismlarimiz ham narmalni yozilmas eknda xalq òyinchoqmi bu alifboni õrganishga ham qancha vaqt kerak yana eskilar savodsz bõlarkanda
Manimcha bo'miydigan taklif chunki biz keyin yozishimiz bunaqayu o'qishimiz eskicha qob ketadimi kitoblar chiqib bolganku
Yuqorida o'tirganlar boshqa qiladigan ishi yo'qmi?
Shuncha ish turganda kelib kelib bekorchilikdan harflar bilan ish olib boryapdimi?
Kabulov...
Bizdan kattalar ham bor nimadur o‘ylagandur o‘zidan o‘zi shunaqa qimidiku. Tajriba degani yoqmasa yangi o‘ylab topish degani emasku balkim shu ko‘proq effekt berar 1 kishini fikri bn hulosa yaramaydi. Balkim shu bn yangi rezonans bo‘lib katta o‘zgarishlar bo‘lar ......!!!
Sh bilan ch ni oʻzgartirish shartmas. Yangi sh va ch bilan kompyuterda yozish qiyinku
Mohlaroyim
Ozimzni alifbo yaxshi .bu turk alifbosiga oxwarkan .biz turklarga ergawiwimz emas aksincha ularga ozmzni korsatiwimz .kk .eski alifboni hali kopchilik bilmaydiyu yangisiga qanday konikadi xalq
Shu Hh va Xx'ni ham birlashtirib yuborishsa yaxshi boʻlardi. Qolgani zoʻr🤲🤟
Lekin gʻ va oʻ oʻzgartirilishi toʻgʻri menimcha
Qanch harajat ketagi ozgartirishga birgina har bir vazirlikning muxriga.yana hammasi emas. Birgina ng ni ozgartirish uchun yana 10 yildan song alifboni ozgartiramizmi???
Bu menga umuman yoqmadi. Harflar ketma-ketligi ham ózgargani to'g'risini aytsam judayam g'ashimni keltirdi. O'zimizning o'zgarishsiz alifbomiz yaxshi!!!
Bu umuman notoʻgʻri ish hali krill harflardan haligacha amalda. Agar bu loyiha amalga oshsa yurtimizda uch xil harflardan foydalanish kerak boʻladi.
Bu uncha to'g'ri bo'lmabdi.Alifbodagi harflarni emas hujjatlar yozilishini o'zgartirish kk ko'proq bir joyda lotincha bir joyda kirilcha har doim 2 xil variantda olib yurishga to'g'ri kelyabdi hujjatlarni
Menga yoqti. Lekin Ng harfini umuman olib tashlasa ham bo'lardi menimcha
Show next 100 comments