⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
Shuncha ish turganda kelib kelib bekorchilikdan harflar bilan ish olib boryapdimi?
Yomonlari: turli xil sahifa, kompaniya nomlari, doʻkon nomlari - xullas, atoqli nomlarning qay birida sh yoki ch tovushi boʻlsa harajat asosida amashtirsh kerak. Bundan tashqari qlanchadan qancha davlat xujjatlariga oʻzgartirish kiritish kerak, hattoki bu baʼzi bir pasport egalariga ham tegishli boʻladi.
Birinchi sinfga borgan oʻquvchiga yozuvni oʻrgatayotganda ham harfiy birikma maʼqul, chunki lotin yozuvida qoʻlni uzmasdan yozishga harakat qilinadi. Yana bir eʼtiborli jihati shuki, necha yillardan beri alifboni oʻzlashtirolmayotganlar bor, ular nima qilishadi.
Yaxshi tomonlari ikki tovushni birlashtirib yangi tovush hosil qilgandan koʻra bir harf bilan ifodalash vaqtni tejaydi. Baʼzi bir oʻrinlarda esa mablagʻ tejash mumkin (lekin avval xarajatlar qilib)
Xulosa oʻrnida ona tili va adabiyot oʻqituvchi sifatida shuni aytmoqchimanki, alifboni oʻzgartirish emas alifboga qarashni oʻzgartirish kerak. Bundan barcha oʻzbekistonliklar foydalansin, Oʻzbek alifbosi va tilini yurakdan toʻliq bilsin! Bu bizning alifbo yangi boʻladimi yoʻqmi hurmat bilan qaraylik!!! Yangi boʻlsa ishlataman emas, sizga yarashmaydi. Uzr tanqidiy fikr uchun yoki qaysidir fikrlarim nojoʻya boʻlsa!!!
Hanuz krill alifbosi ta‘siri kuchli ekan, kelajakni tasavvur qilsak, uch alifboli xalqqa aylanib, yo‘lini topa olmaganlar jamiyatiga aylanib qolish xavfi yuqoriroqqa o‘xshayapti, nazarimda.
Bu masaladan ham muhim muammolarni hal qilinsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.