⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Sh bilan ch ni oʻzgartirish shartmas. Yangi sh va ch bilan kompyuterda yozish qiyinku
Mohlaroyim
Ozimzni alifbo yaxshi .bu turk alifbosiga oxwarkan .biz turklarga ergawiwimz emas aksincha ularga ozmzni korsatiwimz .kk .eski alifboni hali kopchilik bilmaydiyu yangisiga qanday konikadi xalq
Shu Hh va Xx'ni ham birlashtirib yuborishsa yaxshi boʻlardi. Qolgani zoʻr🤲🤟
Lekin gʻ va oʻ oʻzgartirilishi toʻgʻri menimcha
Qanch harajat ketagi ozgartirishga birgina har bir vazirlikning muxriga.yana hammasi emas. Birgina ng ni ozgartirish uchun yana 10 yildan song alifboni ozgartiramizmi???
Bu menga umuman yoqmadi. Harflar ketma-ketligi ham ózgargani to'g'risini aytsam judayam g'ashimni keltirdi. O'zimizning o'zgarishsiz alifbomiz yaxshi!!!
Bu umuman notoʻgʻri ish hali krill harflardan haligacha amalda. Agar bu loyiha amalga oshsa yurtimizda uch xil harflardan foydalanish kerak boʻladi.
Bu uncha to'g'ri bo'lmabdi.Alifbodagi harflarni emas hujjatlar yozilishini o'zgartirish kk ko'proq bir joyda lotincha bir joyda kirilcha har doim 2 xil variantda olib yurishga to'g'ri kelyabdi hujjatlarni
Menga yoqti. Lekin Ng harfini umuman olib tashlasa ham bo'lardi menimcha
Chet davlatlariga chiqselar familyelar (ism, otasini ismi) "SH" yoki "CH" bilan boshlansa yoki shu xarflar bo'lsa bilasizlar alifbomiz naqadar o'zgarishga muhtojligini...Bir paytlar xozirgi yangi alifboga o'xşaş alialifbo bõlgandi nimadur sabab ikkisi birdaga õtib kettik [Sh] [Ch]
Assalomu alaykum, keling muhokamani alifboning yaxshi va yomon taraflaridan boshlaymiz!
Yomonlari: turli xil sahifa, kompaniya nomlari, doʻkon nomlari - xullas, atoqli nomlarning qay birida sh yoki ch tovushi boʻlsa harajat asosida amashtirsh kerak. Bundan tashqari qlanchadan qancha davlat xujjatlariga oʻzgartirish kiritish kerak, hattoki bu baʼzi bir pasport egalariga ham tegishli boʻladi.
Birinchi sinfga borgan oʻquvchiga yozuvni oʻrgatayotganda ham harfiy birikma maʼqul, chunki lotin yozuvida qoʻlni uzmasdan yozishga harakat qilinadi. Yana bir eʼtiborli jihati shuki, necha yillardan beri alifboni oʻzlashtirolmayotganlar bor, ular nima qilishadi.
Yaxshi tomonlari ikki tovushni birlashtirib yangi tovush hosil qilgandan koʻra bir harf bilan ifodalash vaqtni tejaydi. Baʼzi bir oʻrinlarda esa mablagʻ tejash mumkin (lekin avval xarajatlar qilib)
Xulosa oʻrnida ona tili va adabiyot oʻqituvchi sifatida shuni aytmoqchimanki, alifboni oʻzgartirish emas alifboga qarashni oʻzgartirish kerak. Bundan barcha oʻzbekistonliklar foydalansin, Oʻzbek alifbosi va tilini yurakdan toʻliq bilsin! Bu bizning alifbo yangi boʻladimi yoʻqmi hurmat bilan qaraylik!!! Yangi boʻlsa ishlataman emas, sizga yarashmaydi. Uzr tanqidiy fikr uchun yoki qaysidir fikrlarim nojoʻya boʻlsa!!!
Chindan ham hali yoshi kottalar ichida uzlashtirmaganlar bor. Yana qaytadan yangi ma'lumot .....Asosli sabab yuq.ku menimcha uzgartirish u.n
Xayrullo Qodirov
Muhokamalarsiz ham ushbu qaror tasdiqlanishi mumkin, lekin yaqin tarixdan ma‘lumki, alifbo almashishi yana xalq ichidagi savodsizlikning kuchayishiga va iqtisodiyotning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lmasmikan?
Hanuz krill alifbosi ta‘siri kuchli ekan, kelajakni tasavvur qilsak, uch alifboli xalqqa aylanib, yo‘lini topa olmaganlar jamiyatiga aylanib qolish xavfi yuqoriroqqa o‘xshayapti, nazarimda.
Bu masaladan ham muhim muammolarni hal qilinsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.
$ M. T. BOBOBEKOVA
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Men yaqinda fevral oyida ózbek tilida hujjatlarning yuritilishi bóyicha malaka oshirish kursida óqidim. Óz alifbomizga ega bólish yaxshi albatta, lekin murakkabliklar juda kóp
Аҳмоқгарчиликдан бошқа нарса эмас. Жамиятда ўзгартириш керак бўлган бунданда асосий нарсалар турганда "ақллилар"ни қиаётган ишларига қойил. Бутун халқнинг қойили...
Shu [NG] xatfini xam bira tõla õzgartirib qõyişsa bõlardida... 10yildan kegin 10milyard sarflamasdan
Yaxshi davnõ qiliş kerek edi
.....
Bu menimcha yaxshi emas hozir koʻpchilik lotincha yozishga otyagan endi yana yangi alifbo kiritilsa menimcha hammaga qiyin bolsa kerak kirilchadan lotin yozuviga oʻtganlar yana yangi yozuvni organadimi
Кирилл нима учун ўзгартирилди.Айби нима кириллнинг.Ҳарфларга,ёзувга сиёсат ёки тузум ўзгаришининг нима алоқаси бор.
Ozgartirishga sabab bormi ozi ? Bolsa nima ? Bekorchilikdan nima qilishni bilmasdan shuni topiwdimi
Hozrgisi yaxshiku nma keragi bor o'zgarturib qattagi bir keraksiz narsalarni o'zgartirmoqchi bo'lamiz ex 🤦‍♂️
Show next 100 comments