⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
Yangilangan alifbo haqida koʻpchilik fikrimni soʻradi, quyida ularni imkon qadar sodda va qisqa ravishda bayon qilishga harakat qilaman.
1. Oʻzi kerakmidi?
Kerak edi, lekin ancha yil avval amalga oshirilishi kerak edi. Nima uchun shuncha yil davomida lotin alifbosiga toʻliq oʻta olmadik? Bunga undagi kamchiliklar va noqulayliklar sabab boʻlayotgandi. Bir harfni toʻgʻri terish uchun oltitagacha tugma bosishga toʻgʻri kelayotgandi. Vaqtdan yutish maqsadida odamlar oʻzlariga qulaylik yarata boshladi. Natijada oʻ harfini 6, sh harfini w, ch harfini 4 soni bilan yozadigan avlod paydo boʻldi. Buning asosiy sababi — bir harfni bir tugma bilan emas, bir necha tugma bilan yozilishi boʻldi.
Imlo qoidalari ham ancha islohotlarga muhtoj. Yangi imlo qoidalarini ishlab chiqishdan avval esa alifboni isloh qilib olish lozim. Busiz barcha urinishlar foydasiz boʻladi. 28 yillik tajriba shuni koʻrsatyapti.
2. Boshqa qiladigan ish yoʻqmidi? Qancha-qancha muammolarimiz bor.
Taʼlim alifbodan boshlanadi. Bu taraqqiyotni juda choʻqqiga chiqarib yubormasa ham, odamlarni bir zumda olim qilib qoʻymasa ham, taʼlim tizimiga bilvosita ijobiy taʼsir koʻrsatishi aniq.
3. Bu siyosiy kuchlar taʼsirimi?
Bu islohotni siyosatga bogʻlash toʻgʻri emas. 4 ta harfni oʻzgartirib biz hech qaysi davlatga qaram boʻlib qolayotganimiz yoʻq.
4. Turklardan olib oʻzlashtirib qoʻydikmi?
Yoʻq. Turkiy tilli davlatlar alifbolari oʻrganilgan va shu asosda yangilik kiritilgan. Ş va Ç harflarini turklardan olindi deyish ham xato. Biror davlat u yoki boshqa harfni oʻz alifbosida ishlatsa, u aynan shu davlatga tegishli harf boʻlib qolmaydi. Bundan tashqari, yuqoridagi harflarni faqatgina Turkiya ishlatmaydi va Turkiya ham kimlardandir olgan:
— Ç belgisi ilk bor eski ispan yozuvida ishlatilgan va XVIII asrgacha muomalada boʻlgan. Turkiya esa uni 1929-yilda — arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish paytida oʻzlashtirgan.
— Ş belgisi ilk bor 1860-yilda Ruminiya yozuvida ishlatilgan. Oʻshanda Ruminiya eski rumin kirillitsasidan lotin alifbosiga oʻtgan. Hozir bu harflarni turklardan tashqari yana oʻnlab davlatlar oʻz yozuvlarida ishlatadi.
5. Endi savodsiz boʻlib qolamizmi?
Savodsizlar savodsizligicha qolaveradi. Biz har narsadan fojia yasashni xush koʻramiz-da. Mutlaqo yangi alifbo yaratilmadi-ku. Mavjud 4 ta harfning shakli oʻzgartirildi. Shu bois savodsizlik darajasi oshishi haqidagi gaplar puch va asossiz.
Lotin alifbosida oʻqishni bilgan odam, agar uning xotirasida jiddiy muammo boʻlmasa, 4 ta harfni yodda saqlab qolishi muammo boʻlmasligi kerak. Agar lotin alifbosini hali oʻrganmagan boʻlsa, endi uni bemalol oʻrganaversin. Koʻrinishidan turkcha matnga oʻxshasa ham. Majburlikdan boʻlsa ham. Noqulay boʻlsa ham.
6. Hali lotin alifbosiga toʻliq oʻtib ulgurmagan edik, yana oʻzgartirishning nima keragi bor edi?
Aynan lotin alifbosiga toʻliq oʻtmaganimiz uchun, toʻgʻrirogʻi oʻta olmaganimiz uchun ham bu ishni qilish kerak edi. Biz vaqtdan ancha yutqazib qoʻydik va bu narsa bizning eng ogʻriqli mavzumizga aylanib ulgurdi. Lekin buni keyinga suraverish ham yaramasdi.
7. Kitoblarni qayta nashr qilish uchun katta mablagʻ ketadi-ku?!
Men iqtisodchi yoki moliyachi emasman. Lekin bu islohot nuqsonli lotin alifbosidan foydalanib yurishdan koʻra koʻproq foyda keltiradi, moliyaviy jihatdan oʻzini oqlamasa ham, maʼnaviy jihatdan oqlaydi, degan umidlarim bor.
8. Klaviaturalarimizda bu belgilar yoʻq-ku, qayerdan olib yozamiz?
Toʻgʻri, kompyuterdagi ingliz tili klaviaturasi (raskladkasi)da bu belgilar yoʻq. Lekin qonun qabul qilinsa, barcha operatsion tizimlar uchun yangi raskladkalar ishlab chiqiladi. Oʻshanda kompyuter yoki telefoningizga lotin alifbosiga asoslangan yangi oʻzbek tili klaviaturasini bir marta qoʻshib qoʻyasiz-da, har bir harfni birgina tugma bilan teraverasiz."
Takliflarim:
— Men ng harfiy birikmasini alifbodan olib tashlanishi tarafdoriman. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev ikki yil avval yaxshi maqola yozgan. Birikmaning nutqda oz boʻlsa-da oʻrni bor, lekin uning alifbodan olinishi nutqda ham oʻrnini yoʻqotishini bildirmaydi.
— Hozirda tutuq belgisi (apostrof) ichi boʻyalgan 9 soniga oʻxshaydi — (’). Lekin amalda uning texnik shakli koʻp ishlatiladi — ('). Yangi imlo qoidalariga tutuq belgisi sifatida ikki shaklini ham ishlatish mumkin degan qoida kiritilishi muharrir va musahhihlar uchun ulkan yordam boʻladi.
— Ō va Ḡ harflarining ustidagi belgisini tanlashda nimalarga tayanilgani, nega aynan shu belgi tanlangani menga ham qiziq. Bunda dasturchilarning ham fikri inobatga olingan, degan umiddaman. Hozirgi axborot texnologiyalari zamonida qoʻlda emas, balki kompyuterda yozishda muammolar boʻlmasligiga koʻproq eʼtibor qaratish kerak.
Xulosa
Biz lotin alifbosi yoʻlidan yurdik, ortga qayta olmaymiz, lekin yoʻlning oʻrtasida turaverish ham yaramaydi. Yoʻl yurish doim murakkab, unda toʻsiqlar boʻlishi tayin. Yoʻlga chiqmaganimizda edi, lotin alifbosi haqidagi taklifni rad etishga jurʼat qilsak oʻrinli boʻlardi. Endi esa kech. Endi faqat olgʻa yurish kerak." Xulosa o‘zingizdan.
Undan ko'ra ko'chalardagi turli hil nomlar, reklama va yozuvlardagi hatoliklar to'g'rilansin. O'zbek tilini rivojlantiramiz deb turgan bir paytda ko'chalardagi ruscha va inglizcha yozuvlarni o'zbek tilida yozishsin. ILTIMOS