⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
"Muhokamaga qoʻyilgan alifbo haqida fikrlarim (ikkinchi qism)
Takliflarim:
— Men ng harfiy birikmasini alifbodan olib tashlanishi tarafdoriman. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev ikki yil avval yaxshi maqola yozgan. Birikmaning nutqda oz boʻlsa-da oʻrni bor, lekin uning alifbodan olinishi nutqda ham oʻrnini yoʻqotishini bildirmaydi.
— Hozirda tutuq belgisi (apostrof) ichi boʻyalgan 9 soniga oʻxshaydi — (’). Lekin amalda uning texnik shakli koʻp ishlatiladi — ('). Yangi imlo qoidalariga tutuq belgisi sifatida ikki shaklini ham ishlatish mumkin degan qoida kiritilishi muharrir va musahhihlar uchun ulkan yordam boʻladi.
— Ō va Ḡ harflarining ustidagi belgisini tanlashda nimalarga tayanilgani, nega aynan shu belgi tanlangani menga ham qiziq. Bunda dasturchilarning ham fikri inobatga olingan, degan umiddaman. Hozirgi axborot texnologiyalari zamonida qoʻlda emas, balki kompyuterda yozishda muammolar boʻlmasligiga koʻproq eʼtibor qaratish kerak.
Xulosa
Biz lotin alifbosi yoʻlidan yurdik, ortga qayta olmaymiz, lekin yoʻlning oʻrtasida turaverish ham yaramaydi. Yoʻl yurish doim murakkab, unda toʻsiqlar boʻlishi tayin. Yoʻlga chiqmaganimizda edi, lotin alifbosi haqidagi taklifni rad etishga jurʼat qilsak oʻrinli boʻlardi. Endi esa kech. Endi faqat olgʻa yurish kerak." Xulosa o‘zingizdan.
Navruzbek
Umuman kerak emas. Ko'plar ayniqsa yoshlarimiz chalg'ib qilasiz.
KERAK EMAS!
Undan ko'ra ko'chalardagi turli hil nomlar, reklama va yozuvlardagi hatoliklar to'g'rilansin. O'zbek tilini rivojlantiramiz deb turgan bir paytda ko'chalardagi ruscha va inglizcha yozuvlarni o'zbek tilida yozishsin. ILTIMOS
Marhamat Asqarovna
Shu o'zgarishlar kiritish jarayonida ng harf birikmasini ham olib tashlashni iloji bormi? Man masalan shuni ma'qullayman.
Marhamat Asqarovna
Sababi bolalar 1-sinfga chiqqanda alifbe kitobidan harflarni bosh va kichik harflar tarzida o'rganadilar. Ng harf birikmasini talaffuzini o'rgatish va u haqidagi ma'lumotlarni bolaalr ongiga singdirish juda qiyin
Marhamat Asqarovna
Ng harf birikmasi olib tashlansa qanchadan qancha keraksiz qoidalardan ham voz kechilardi. Masalan de-ngiz si-ngil ko'-ngil kabi so'zlarni biz ko'n-gil sni-gil den-giz deb o'rganganmiz. O'zi shu ng harf birikmasi kerakmi degan savol tug'iladi
Marhamat Asqarovna
Sh va Ch tovushlari bitta harfda ifodalanishi eshitib xursand bo'ldim. LOYIHA HALI KUCHGA KIRMASIDAN ng HARF BIRIKMASINI HAM O'YLAB KO'RING. NIMA KERGI BOR HAMMA NARSANI QIYINLASHTIRISHNI.
$$$$$$
Harflarni oʻzgartirmaslik kerak. Sh va Ch oʻz holida qolgani yaxshi.
Necha yillardan buyon lotin yozuviga asoslangan o'zbek tiliga o'tolmayapmizu. Bu juda ham qiyin masala. Men harflar o'z holida qolishi tarafdoriman.
ХАТ
bizning lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbomiz borku shu yaxshiku
I.M.T
Bir narsaga xayronman. Shu alifbodan boshqa ishimiz yo'qmi? Har yili shu muammo. Shu o'zgarishlarni qabul qilsak nima foydasi bor, rad etsak nima zarari tegadi. O'tgan yili ham shu muammo bo'ldi, qabul qilinmadi. Hech narsa o'zgargani yoq. O'sha o'sha yashab kelyapmiz. Sh, Ch, Ng, birikmalari, O', G' harflari muammoli ekan, nega boshidan shu muammolar to'liq o'rganib chiqilmagan. Endi biz yoshlarku o'rganib ketarmiz, lekin hozirgi yoshi kattalar qiynalishadi. O'zi kiril alifbosidan voz kechilib, lotin yozuviga o'tilgani hozirda qancha muammolarni keltirib chiqaryapti. Qanchadan qancha insonlar ish faoliyatida imlo xatoliklar uchun sarson bo'lishyapti. Endi hozirgi lotin alifbosiga o'rganayotganlarida, ikkinchi marta yana muammo chiqarishimiz shartmi?Hizir taklif qilishayotgan Ğ, Ō, Ş, Ç harflarini yozish ham oson bo'lmayapti. Shunda ham G' bilan O' harfini bir xil yozolmadim. Biz ishimizni osonlashtirishimiz uchun odamlarni o'zgartirishimiz, yoki amaldagisini har yili tortishuv, muhokama qilishni o'rniga, texnika-texnalogiyalarni, kompyuter, android dasturlarni o'zgartirishga harakat qilishimiz kerak emasmi? Hozirgilarni o'zgartirolmasak yangilarini yaratishga urinishimiz kerak emasmi? Bu millonlab aholiga o'zgarishlarni joriy qilib, ularni majburlagandan ko'ra osonroq va arzonroq bo'lsa kerak. Bu meni fikrim.
Bu narsa nega kerak? Undan ko'ra ona tilini rivojlantirish zarur.Alifbo o'zgarishi kimga foyda?
Yusupova Shirin Karimbayevna
Ş Ç Ô harflari qatori ng harfini ham makron belgisi bilan ň tarzida yozilishini qabul qilsa juda yaxshi bo'lar edi. Chunki bu narsa o'quvchilar orasidagi chalkashlikni keltirib chiqarayotgan sabablardan biridir.
O'zgartirish kerak emas, odamlar endi moslashib qoldik deganda yana bu yangilik, bilmadim oxiri nima bo'larkin!
Компьютерни клавиатурасига хам караб юборинглар бир. Уша ерда бор харфлардан фойдаланиш кулай эмасми?
Iroda Abdunayimovna
Nimaga kerak shu alifboni o'zgartirishni, boshqa muammolar yetarli shekilli, alifbo tuzishdan ko'ra ta'lim sifatini yaxshilashga e'tibor qaratishsa yaxshi bo'lardi. 2ta harf o'zgargani bilan ta'limda nima o'zgaradi. Turk alifbosidan kochirilganday, yangilik yaratmoqchi bo'lsa hech qayerdan ko'chirmay yangilik yaratish kerak, nimaga kerak hozir shu.
Iroda Abdunayimovna
Shu holatida qolgani ma'qul
Assalomu alekum bu yangi xarflarni qo'shib yanada tilimizda chalkashliklar ko'payadi va yosh avlod harf o'rganishda qiyinchilik seza boshlaydi avvalgi xolatda qolgan yaxshi menimcha xatto kattalar ham birontasiga rasmiy xat yoki bayonnoma yozyatganda ham juda qiyin bo'ladi
Хаммаси уз холича колгани макул ростанам алифбо узгарса хози хамма нарса бошкадан узгаради. Канча канча китоб дарслик куча баннерлари ва хоказо Буни туриш турмиши увол исроф когозбозликдан бошка нарса эмас. Ундан кура дарсликларни тахлил килишсин.Мураккаблаштириб ташалган боллар кийналяпти бошлангичлар алифбо таркибидан кура дарсликлар тахлили хакида уйлаш анча фойдалирок
Show next 100 comments