⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Yusupova Shirin Karimbayevna
Ş Ç Ô harflari qatori ng harfini ham makron belgisi bilan ň tarzida yozilishini qabul qilsa juda yaxshi bo'lar edi. Chunki bu narsa o'quvchilar orasidagi chalkashlikni keltirib chiqarayotgan sabablardan biridir.
O'zgartirish kerak emas, odamlar endi moslashib qoldik deganda yana bu yangilik, bilmadim oxiri nima bo'larkin!
Компьютерни клавиатурасига хам караб юборинглар бир. Уша ерда бор харфлардан фойдаланиш кулай эмасми?
Iroda Abdunayimovna
Nimaga kerak shu alifboni o'zgartirishni, boshqa muammolar yetarli shekilli, alifbo tuzishdan ko'ra ta'lim sifatini yaxshilashga e'tibor qaratishsa yaxshi bo'lardi. 2ta harf o'zgargani bilan ta'limda nima o'zgaradi. Turk alifbosidan kochirilganday, yangilik yaratmoqchi bo'lsa hech qayerdan ko'chirmay yangilik yaratish kerak, nimaga kerak hozir shu.
Iroda Abdunayimovna
Shu holatida qolgani ma'qul
Assalomu alekum bu yangi xarflarni qo'shib yanada tilimizda chalkashliklar ko'payadi va yosh avlod harf o'rganishda qiyinchilik seza boshlaydi avvalgi xolatda qolgan yaxshi menimcha xatto kattalar ham birontasiga rasmiy xat yoki bayonnoma yozyatganda ham juda qiyin bo'ladi
Хаммаси уз холича колгани макул ростанам алифбо узгарса хози хамма нарса бошкадан узгаради. Канча канча китоб дарслик куча баннерлари ва хоказо Буни туриш турмиши увол исроф когозбозликдан бошка нарса эмас. Ундан кура дарсликларни тахлил килишсин.Мураккаблаштириб ташалган боллар кийналяпти бошлангичлар алифбо таркибидан кура дарсликлар тахлили хакида уйлаш анча фойдалирок
Alifboni oʻzgartirish umuman kerak emas.
Yangi harflarni klaviaturadan osongina topaolmaymizku.
sh, ch harflari yozish tezligini pasaytiradi deymiz, ş, ç, õ, ğ harflari tezligimizga ta‘sir qilmaydimi?
Qo‘lyozmadagi ş, ç lardi ko‘pchilik s, c deb o‘qib ketsa keragov.
Samol sam, cangyutgic, carxpalak
Yana 20 yil kutganimizda o‘zidan-o‘zi kiril alifbosi muomaladan to‘xtardi.😁
25 yil shu oldingi lotinda yozdik, biror joyimiz kamaygani yo'qku, endi nima keragi bor? Nima buni o'ylab topganlarni boshqa qiladigan ishi yo'qmi
Rasmiy xujjatlar bilan ishlashda ko'plab muamolarga uchrash mumkin agar o'zgartirilsa shuncha yildan beri foydalanilayotgan alifbo yaxshi. Uning talaffuzi ham boshqacha eshitilar ekan o'zbek tilda be de bu judayam g'alati eshitiladi.
Janob Xushnudbek albatta hamma o'z fikriga ega lekin, qonuniy olib qaralganda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganda nafaqat mutaxassislar balki omma xalq munosabati ham e'tiborga olinishi kerak emasmi?
Assalomu alaykum.Nima foydasi bor buni. Xalqni yanada savodsiz qilib. Bunaqangi yozuvlardan turklar foydalanadi. Boshqa ish topolmadizlarmi nima. Tinchgina boshqa ish bilan shuğullaninglar
Zamira Rahmonova
Assalomu alaykum, men akademik litseyda ona tili va adabiyot fanidan 21 yildan beri dars berib kelaman. Alifboga o‘zgartirish kiritish fikriga umuman qo‘shilmayman. Yangi o‘sib kelayotgan yosh avlod shu alifboni o‘rganib katta bo‘lishyapti. Ilmiy , badiiy, tarixiy adabiyotlar , umuman barcha nashriyotdan chiqarilgan kitoblar 1995-yildan beri shu alifboda nashr etilgan-ku?! Bir millatning yozuvini o‘zgartirish millatning har tomonlama rivojlanishini kamida 50 yilga orqaga tashlaydi. Mutaxassis tilshunos olimlarning alifbo o‘zgartirishdan boshqa ishi yo‘qmi? Qabul qilingan harflar birikmasi sh, ch, ng dunyo yozuvlarining 30%idan ortig‘ida bor. Qabul qilinmoqchi bo‘lgan harflar esa faqat turk alifbosida mavjud. Bundan tashqari alifboni o‘zgartirish davlat iqtisodiga juda katta zarar keltiradi. Unga sarflamoqchi bo‘lgan mablag‘imizmi ta‘limni rivojlantirishga qaratganimiz ma‘qul deb o‘ylayman. 1995-yildan beri foydalanib kelayotgan alifbomizni haligacha juda ko‘p tashkilotlar ishlatishmaydi. Qayta- qayta muddat berilgani bilan qonunga amal qilishmayapti-ku?! 26 yildan beri o‘rgata olmagan alifbomizga o‘zgartirish kiritsak, yana 30 yil kutishga to‘g‘ri keladimi?!
Klaviaturada bosma yozishda muammo bõladiku bu harflar ş ç ni topish kompyuterda yozish tazligi pasayadi meni fikrim
Bulani Alifboni almashtirishdan boshqa qiladigan ishi yo'qmi. Bu shunaqa global muammo a?!!
Show next 100 comments