⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Yangi harflarni klaviaturadan osongina topaolmaymizku.
sh, ch harflari yozish tezligini pasaytiradi deymiz, ş, ç, õ, ğ harflari tezligimizga ta‘sir qilmaydimi?
Qo‘lyozmadagi ş, ç lardi ko‘pchilik s, c deb o‘qib ketsa keragov.
Samol sam, cangyutgic, carxpalak
Yana 20 yil kutganimizda o‘zidan-o‘zi kiril alifbosi muomaladan to‘xtardi.😁
25 yil shu oldingi lotinda yozdik, biror joyimiz kamaygani yo'qku, endi nima keragi bor? Nima buni o'ylab topganlarni boshqa qiladigan ishi yo'qmi
Rasmiy xujjatlar bilan ishlashda ko'plab muamolarga uchrash mumkin agar o'zgartirilsa shuncha yildan beri foydalanilayotgan alifbo yaxshi. Uning talaffuzi ham boshqacha eshitilar ekan o'zbek tilda be de bu judayam g'alati eshitiladi.
Janob Xushnudbek albatta hamma o'z fikriga ega lekin, qonuniy olib qaralganda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganda nafaqat mutaxassislar balki omma xalq munosabati ham e'tiborga olinishi kerak emasmi?
Assalomu alaykum.Nima foydasi bor buni. Xalqni yanada savodsiz qilib. Bunaqangi yozuvlardan turklar foydalanadi. Boshqa ish topolmadizlarmi nima. Tinchgina boshqa ish bilan shuğullaninglar
Zamira Rahmonova
Assalomu alaykum, men akademik litseyda ona tili va adabiyot fanidan 21 yildan beri dars berib kelaman. Alifboga o‘zgartirish kiritish fikriga umuman qo‘shilmayman. Yangi o‘sib kelayotgan yosh avlod shu alifboni o‘rganib katta bo‘lishyapti. Ilmiy , badiiy, tarixiy adabiyotlar , umuman barcha nashriyotdan chiqarilgan kitoblar 1995-yildan beri shu alifboda nashr etilgan-ku?! Bir millatning yozuvini o‘zgartirish millatning har tomonlama rivojlanishini kamida 50 yilga orqaga tashlaydi. Mutaxassis tilshunos olimlarning alifbo o‘zgartirishdan boshqa ishi yo‘qmi? Qabul qilingan harflar birikmasi sh, ch, ng dunyo yozuvlarining 30%idan ortig‘ida bor. Qabul qilinmoqchi bo‘lgan harflar esa faqat turk alifbosida mavjud. Bundan tashqari alifboni o‘zgartirish davlat iqtisodiga juda katta zarar keltiradi. Unga sarflamoqchi bo‘lgan mablag‘imizmi ta‘limni rivojlantirishga qaratganimiz ma‘qul deb o‘ylayman. 1995-yildan beri foydalanib kelayotgan alifbomizni haligacha juda ko‘p tashkilotlar ishlatishmaydi. Qayta- qayta muddat berilgani bilan qonunga amal qilishmayapti-ku?! 26 yildan beri o‘rgata olmagan alifbomizga o‘zgartirish kiritsak, yana 30 yil kutishga to‘g‘ri keladimi?!
Klaviaturada bosma yozishda muammo bõladiku bu harflar ş ç ni topish kompyuterda yozish tazligi pasayadi meni fikrim
Bulani Alifboni almashtirishdan boshqa qiladigan ishi yo'qmi. Bu shunaqa global muammo a?!!
Nobodo bu tasdiqlansa keyingisi yana 25yildan keyin o'zgaradimi. Har 25yilda yengi alifbo! AJOYIB!
Xushnudbek, alifboni o‘zgartirishga qarshi bo‘lgan shuncha kishilarning fikrlari sizning ham fikringizni o‘zgartirar, balki!!!
Men bir jonkuyar oʻqituvchi sifatida yozma savodxonlikning sifatini yaxshilash kerak , deb oʻylayman. Alifboni oʻzgartirsak savodsizlik koʻpayadi. Undan koʻra yagona alifboga oʻtishni nazoratga olish kerak. Agar haqiqatdan ham mutaxassis fikriga beeʼtibor boʻlmasangiz, inobatga olarsiz...
ГУЛОЙИМ💙
Assalomu aleykum. Nega kerak bu narsa. Õzi shundoğam ta'lim tizimi alğov-dalğov bõlib yotibdiku. Undan kõra muqim bir alifbo tartibini yõlga qõyinglar.
O'zgartirish yaxshi emas
moonflower
Нма кереги бор шунака нарсаларди ундан кура талим тизимини янгилелар ендигина мактабга кадам куйган укувчилар яна янги алифбо урганиб вактини сарфледими
Timur Murzambetov
Xato
Matlubxon Murtazoyev
Bo'lmaydi qisqasi
Show next 100 comments