⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
,,Ahmoq xotin, tentak öĝil ikkovlashsa qaytaman" deydilarku . Bu ahmoq davlat bilan tentak boshqaruvchilar birlashib bilgan böqini yeyayapti👌
Bir tasavvur qiling bizda 3 ta avlod yuzaga keladi 1-kiril alifbosida hujjat yurutuchilar 2-1995 - yildan keyin tahsil olgan avlod yani biz lotin alifbosini hozigi ko'rinishini ishlatuvchilar va 3- avlod. Kimga keragi bor bunaqa chalkashlikni
3 avlod esa s va sh (tilshunoslarimini "ş" si) ch- ç larni farqiga bormaydigan bo'lib o'sadi
Huddi hozir qattiq X va yumshoqqina H lardagi kabi chalkashliklar.
Yo'l qo'yilgan xatoni takrolamaslik muvafaqqiyat bilan teng
𝐀𝐳𝐚𝐦𝐚𝐭𝐣𝐨𝐧
Assalomu alaykum.Meningcha hozirgi lotin yozuvi asosidagi o'zbek yozuv ayni paytda o'zgartirmaslik zarur. Bunga sabablar qalashib yotibdi.Misol uchun birinchi sabab haki tilshunoslarni o'zi ham alifboni nuqsonlarsiz shakli haqida aniq fikrga ega emas. Ikkinchi iqtisodiy masala (bu eng og'riqli nuqta) .O'zbekiston iqtisodi yuqori darajada rivojlanib borayotgani yo'q, undan tashqari qog'ozbozlikni bir chetga qo'yib aslini olsak ishsizlik yuqori darajada(buni niqoblash uchun o'zini o'zi band qilish deb nom ham berganmiz).

Meni fikrim shuki bu masalani filologlar (filologiya talabalari ham) o'rtasida buni referendumga qo'yish shart.
Hozir bizga umuman yangi alifboga o'zgartirish KERAKEMAS.
Турдахунова Салима Таджибаевна
Алифбо у́згарса, саводсизлар ку́паяди, ривожланиш Бир неча йилга ортда колади.
Bularga qolsa raqamlarniyam o'zgartiradi
Talaffuz qiliw hammaga ĝalati tuyildimi hozir🤦🏻‍♂️
Хўжаева
Xushnudjon, "Ma'rifat" mushtariylari guruhiga bir qarasangiz, ustozlar siz haqingizda bildirgan ba'zi fikrlarni bilib olardingiz. Xalqning ko'nglini qoldirmang! Bu fikrlarni chin dildan aytganingizga ishonmadim. Nahot siz ham buyurtma fikrlar bildirsangiz? Yana aytaman, maslagingizdan qaytmang, xalqning ko'nglini qoldirmang.
20 yil davomida alifboimizda hech bir noqulaylik sezmaganman. Unga o'zgartirish kiritishni joiz emas deb hisoblayman. Bunda hech qanday mantiq yo'q. Aksincha, bugungi kunga qadar ishlatib kelingan o'zbek tiliga asoslangan lotin yozuvini juda ham qulay deb hisoblaganma! Bunga eng oddiy isbot tariqasida, o'zbek tiliga asoslangan lotin yozuvida yozish uchun, hozirda ommalashgan kompyuter va telefon vositalarida alohida til klaviaturalarini o'rnatishga xojat yo'qligidir. Juda oddiy ko'rinsada, bugungi texnologiyalarsiz tasavvur etib bolmaydigan zamonda eng muhum omillardan biridir. Shu bilan birga hozirgi alifboimiz, dunyo tili hisoblangan ingliz tilini o'rganishni ham ancha osonlashtiradi. Dunyo miqiyosiga chiqishda eng muhum omillardan sanalgan ingliz tilini o'rganish muhum masala deb hisoblayman. Ushbu fikrlarni qayta ko'rib chiqilishini va alifboni o'z holida qoldirilishini so'rayman.

Shu bilan birga alifboning o'zgartilishi, barcha kitoblar va darsliklarni qayta chop etilishiga olib keladi. Bu juda ulkan harajatni talab qiladi. Undan ko'ra ushbu mablag'ni ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga sarflagan ma'qul emasmi. Yo'llarni tuzatish, elektir tarmoqlarini yaxshilash, internetni yaxshilash va hokazo. Aholining soliqlariga toplangan davlat byujetini xalqni qiynash uchun sarflash axmoqlikning yuqori cho'qqisi emasmi?!
3 avlod uchun bu balki yaxshi deb hisoblayotganlar diqqatiga 1 avlod ya'ni kiril alifbosini o'qiganlar hozir ham m va ш ni farqiga borishmaydi mana bitta isbot 3 avlod ha ş va sh ni farqlay olmay qoladi.
Shariyorov Ibrohim
Buni nima keragi bor menimcha xojati yõq
Diplom ishi yozish uchun o’zini tanitish uchun alifboga yopishvogan , uyat usha “olim” larga
O'zgartirish umuman kerak emas, chunki hali o'zi ko'p ishchi hujjatlar o'zbek krillda yuritilayotgan bo'lsa, yosh avlod o'zbek lotin ni o'rganib bo'ldi.
Sh va Ch harflari òz holatida qolgani yaxshi hozir kòpchilik shunga moslashib bòldi. Yana bu harflarni òzgartirilsa yana anglashilmovchiliklar kelib chiqishi mumkin
Yoshlar òrganib bòldiku shu alifboga nima kerak yana òzgartirib
Shu bularniki kalla. Miyyasi yoʻq bularning. Farosatdan ham bergan ekan. Bular faqat oʻzlarini oʻylaydi...
G'ayrat Pardayev
O'zgartirish umuman kerak emas, chunki hali o'zi ko'p ishchi hujjatlar o'zbek krillda yuritilayotgan bo'lsa, yosh avlod o'zbek lotin ni o'rganib bo'ldi.
Toʻgʻri aka 1-sinfdan alifbe oʻtildi. 1995 2021 yilgacha boʻlganlar. Odam umrini oʻrtacha 75 yil desak aholining 40 % DAN ortigʻi allaqachon bu alifboni oʻrgandi va moslashdi. Endi yana oʻzgartirib nima kerak...
Show next 5 comments