⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Хозирги алифбода камчиликлар бор
Менга тушунтириб беринглар агар бу комментарийимни филологлар ўқиётган бўлса: рус тилидаги "ц" ҳарфли сўзларда баъзан "s" баъзан "ts" ёзилади. Нимага унақа? Масалан функция - funksiya, конвертация - konvertatsiya кўринишида ёзилади. Тушунтириб берийлар илтимос.
Assalomu alaykum Xushnud aka hozirgi kunda Toshkentda karantin kirish chiqish yoʻq digan gap lar yuribdi shular rostmi
Alisa
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro Ataullayeva Hilola.Men 2019 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filial Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim yoʻnalishi shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilganman.Hozirgi kunda 2 bosqich talabasi man lekin ishsizman.Ishlashim uchun soham boʻyicha Unive rsitetdan maʼlumotnoma berilgan.Lekin koʻplab Mtt tashkilotlariga murojaat qildim ammo ular meni ish bilan taminlashmayapti.Oilaviy sharoitim ogir 13yoshli ukam nogiron yurmaydi.Shartnoma toʻlovini toʻlay olmayapman.Siz huquqshunos sifatida menga maslahat berishingizni soʻrayman.
Shavkat Shuxratovic
Sh va ch harflari qatnashgan soʻzlar talaffuzi qanday boʻladi, bu alifbo joriy qilinsa??
Yangi alifbo o‘zgarishi kimda qanaqa bilmadim, lekin, shaxsan meni qoniqtirmadi!!!
,,Ahmoq xotin, tentak öĝil ikkovlashsa qaytaman" deydilarku . Bu ahmoq davlat bilan tentak boshqaruvchilar birlashib bilgan böqini yeyayapti👌
Bir tasavvur qiling bizda 3 ta avlod yuzaga keladi 1-kiril alifbosida hujjat yurutuchilar 2-1995 - yildan keyin tahsil olgan avlod yani biz lotin alifbosini hozigi ko'rinishini ishlatuvchilar va 3- avlod. Kimga keragi bor bunaqa chalkashlikni
3 avlod esa s va sh (tilshunoslarimini "ş" si) ch- ç larni farqiga bormaydigan bo'lib o'sadi
Huddi hozir qattiq X va yumshoqqina H lardagi kabi chalkashliklar.
Yo'l qo'yilgan xatoni takrolamaslik muvafaqqiyat bilan teng
𝐀𝐳𝐚𝐦𝐚𝐭𝐣𝐨𝐧
Assalomu alaykum.Meningcha hozirgi lotin yozuvi asosidagi o'zbek yozuv ayni paytda o'zgartirmaslik zarur. Bunga sabablar qalashib yotibdi.Misol uchun birinchi sabab haki tilshunoslarni o'zi ham alifboni nuqsonlarsiz shakli haqida aniq fikrga ega emas. Ikkinchi iqtisodiy masala (bu eng og'riqli nuqta) .O'zbekiston iqtisodi yuqori darajada rivojlanib borayotgani yo'q, undan tashqari qog'ozbozlikni bir chetga qo'yib aslini olsak ishsizlik yuqori darajada(buni niqoblash uchun o'zini o'zi band qilish deb nom ham berganmiz).

Meni fikrim shuki bu masalani filologlar (filologiya talabalari ham) o'rtasida buni referendumga qo'yish shart.
Hozir bizga umuman yangi alifboga o'zgartirish KERAKEMAS.
Турдахунова Салима Таджибаевна
Алифбо у́згарса, саводсизлар ку́паяди, ривожланиш Бир неча йилга ортда колади.
Bularga qolsa raqamlarniyam o'zgartiradi
Talaffuz qiliw hammaga ĝalati tuyildimi hozir🤦🏻‍♂️
Хўжаева
Xushnudjon, "Ma'rifat" mushtariylari guruhiga bir qarasangiz, ustozlar siz haqingizda bildirgan ba'zi fikrlarni bilib olardingiz. Xalqning ko'nglini qoldirmang! Bu fikrlarni chin dildan aytganingizga ishonmadim. Nahot siz ham buyurtma fikrlar bildirsangiz? Yana aytaman, maslagingizdan qaytmang, xalqning ko'nglini qoldirmang.
20 yil davomida alifboimizda hech bir noqulaylik sezmaganman. Unga o'zgartirish kiritishni joiz emas deb hisoblayman. Bunda hech qanday mantiq yo'q. Aksincha, bugungi kunga qadar ishlatib kelingan o'zbek tiliga asoslangan lotin yozuvini juda ham qulay deb hisoblaganma! Bunga eng oddiy isbot tariqasida, o'zbek tiliga asoslangan lotin yozuvida yozish uchun, hozirda ommalashgan kompyuter va telefon vositalarida alohida til klaviaturalarini o'rnatishga xojat yo'qligidir. Juda oddiy ko'rinsada, bugungi texnologiyalarsiz tasavvur etib bolmaydigan zamonda eng muhum omillardan biridir. Shu bilan birga hozirgi alifboimiz, dunyo tili hisoblangan ingliz tilini o'rganishni ham ancha osonlashtiradi. Dunyo miqiyosiga chiqishda eng muhum omillardan sanalgan ingliz tilini o'rganish muhum masala deb hisoblayman. Ushbu fikrlarni qayta ko'rib chiqilishini va alifboni o'z holida qoldirilishini so'rayman.

Shu bilan birga alifboning o'zgartilishi, barcha kitoblar va darsliklarni qayta chop etilishiga olib keladi. Bu juda ulkan harajatni talab qiladi. Undan ko'ra ushbu mablag'ni ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga sarflagan ma'qul emasmi. Yo'llarni tuzatish, elektir tarmoqlarini yaxshilash, internetni yaxshilash va hokazo. Aholining soliqlariga toplangan davlat byujetini xalqni qiynash uchun sarflash axmoqlikning yuqori cho'qqisi emasmi?!
3 avlod uchun bu balki yaxshi deb hisoblayotganlar diqqatiga 1 avlod ya'ni kiril alifbosini o'qiganlar hozir ham m va ш ni farqiga borishmaydi mana bitta isbot 3 avlod ha ş va sh ni farqlay olmay qoladi.
Shariyorov Ibrohim
Buni nima keragi bor menimcha xojati yõq
Diplom ishi yozish uchun o’zini tanitish uchun alifboga yopishvogan , uyat usha “olim” larga
Show next 11 comments