Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Jamolova SHaxnoza
Assalomu alaykum ichki perevod vaqti qachondan boshlanadi?
Ismigul
Assalomu alaykum men SamDuda uqiyman fakultetimni uzgartirmoqchiman tulov miqdori qancha buladi oldindan raxmat
Assalamu alaykum men Denov Tadbirkorlik institutidan O'zMuga tarixdan tarixga ko'chirmoqchiman
bir xil shferli o'qish men denovlikman ko'chirish uchun to'lov qilinadimi.qilinsa qancha javob uchun oldindan rahmat.
Javlon👨‍🎓
Salom hammaga bir joydan boshqa joyga óqishni kóchirish ya'ni perevod qilish qachondan boshlanadi yoki boshlanib bóganmi shuni aytvorilar yaxshilar oldindan rahmat
👩🏻‍🎓👩🏻‍🎓👩🏻‍🎓
Perevod 15 iyuldan boshlanadi... Javlon ....
Assalomu alaykum yaxshimisizlar chetdan perevod qilayotganlar nechta fandan imtihon topshiradi
𝚈𝚞𝚕𝚍𝚊𝚜𝚑𝚘𝚟ă̈.
1-kursdan perevod qilinsa boshqa yònalishga 2 kurs bb davom ettiraveradimi yoki 1kursdan boshlanadimi
3kursdan ham ichki perevod qilsa ham buladimi Xushnudbeka aka
Jasurbek Barotov
Assalom alaykum nogronligi bo'lgan abiturentlarga kuvota ajratkan ekan shunga abiturentni o'zi 1-2 guruhli nogron bolishi kkmi yo oilasida otasi yoki onasi bo'lsa ham bo'ladimi shu savolimga javob beringgizlar oldindan rahmat
Assalomu alekum hop qaysi oqishdan oqishga perevod qilsa boladi buni tushunfik raxmat katta! Lekin bularni kim bilan hispblashamiz , kimga aytishimiz kerak?
Nurbek
Assalomu aleykum men samarwandga kechgi yunalishga uqiman va qashqadaryoga yawayman shunga qashqadaryoga kunduzgiga perevot qilsam buladimi
Mirzobek Beshimov
Саломалекум мен БУХМТИ дан Тошкент Молия институтига перевод килсам канча микдорда пул тулайман жавоб учун рахмат
Akmal Usarov
Assalom alikum Xushnudbek aka Men Samarqand davlat unverstetida amaliy psixologiyada o'qiyman O'zim Surxondaryo viloyatidanman. hozir 2-kursni tamomladim.Men unashtirilgan qiz Toshkent Jaxon tillari unverstetida 1-kursda o'qiydi keladisi kelasi yil zaksdan o'tib to'y qilmoqchimiz
Shu sababli Men Toshkentdagi milliy unverstetnig Amaliy psixologiya yo'nalishiga o'qishimni ko'chirmoqchiman o'qishimni ko'chirishimga Mana shu oilaviy sabab asos bo'la oladimi? Yana yo'nalishim bir xil ammo fanlarni farqi 4tadan oshgan bo'lishi extimoli bor
1kurs yo'qotib qo'ymaymanmi?
Javobingiz men uchun juda muhim
Javobingiz uchun oldindan rahmat
Нозима Ру́зматова Хасановна
Ички перевод качондан?
DILFUZAXON XAKIMOVA
Minimal super kontraktlarni royhatini chiqaringlar iltimos
Assalomu alaykum Xushnutbek aka avalom bor ijodingizga ishlaringizga omad olloh bundanda ziyoda qilsin sizni.

Savolim bor edi ko'z kasaligi bn 3 guruh nogironligi bor talabalar un O'qish mobayinida yingiliklar bormi vechirnida o'qiydigan talabalar un Goslarda yoki Dars jarayonida qandaydur yordam beriladimi 3 guruh nogiron talabalar un
Muxlisa Axmedova
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga savolim bor edi, 1-kursdan keyin Nukusdan Urganchga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi, grand edim qay ko‘rinishda bo‘ladi. Yana men o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qiyman Urganchda esa filologiya fanlarini o‘qitish :o‘zbek tili bu ikkalasi mos va turdosh ta‘lim yo‘nalishi bo‘la oladimi
Show next 40 comments