⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Nigora Muhammadjonovna
Aslida bu narsani keragi yoʻq.Imtihon avvalgidek 3 ta fandan boʻlsa yaxshi boʻladi.100 foiz oʻqigan abiturientlar keyingi 2 yilda oʻqishga kirdi.Bunga shaxsan oʻzim guvoh boʻldim.
No...
N. Mamadaliyev
Nega lo‘ttivoz? Noto‘g‘ri aytdimmi? Bu ishning boshida prezident turibdi, dtm o‘yinlarini ko‘p ko‘rganmiz, matematikada bunday bo‘lmaydi inshaalloh. Juda ko‘p jonkuyar, halol xodimlar bu loyiha ustida ish olib boryapti. Har narsadan yomonlik kutadigan ko‘tkavlar bo‘lmaslik kerakda. Faqat Yaxshi maqsad ko‘zlangan bundan. Qolaversa tilchilar bilan matematiklarning farqi bor.
Biz xalqni fikrisiz ish qilinmasin deyabmiz.Biz prezidentimizni siyosatini tuliq maqullaymiz.uzimiz ham ertangi kunni yaxshiroq bulishini xohlaymiz va shu yulda harakat qilyabmiz.Bizni xohishimiz Xalqni fikrini har bir ishni qilishdan avval surash va urganish.Biz kutkavlar emas ertangi kun uchun xolis fikrlovchilarmiz.hamma sizga uxwab har bir qilingan ishni kallasini ishlatmay maqullab lo'ttivozlik qilaverishi kerakmi nima.xolislik ham ozgina bulishi kerak odamda
Ruziyev Baxtiyor
Man shaxsiy fikrimni aytayapman bo'hton tarqatayotganim yo'q
Phd yo boshqa masalada omadsizlikka uchraganmisiz? Matematika institutiga alam borga o‘xshaydi?
Ассалому алайкум ҳаммага! Бу сертификатни оддий мактаб ўўқувчилар ҳам олиши мумкинми?
N. Mamadaliyev
Phd yo boshqa masalada omadsizlikka uchraganmisiz? Matematika institutiga alam borga o‘xshaydi?
Mani hech qanaqa alamim yuq qolaversa man phd ni iqtisodiyot bo'yicha qilganman faqatgina mat instga topshirilishi bu jarayonni monopoliya degan narsani keltirib chiqaradi
Marhamat mat inst ekspertlik qilsin lekin barcha ekspert va test tuzuvchi xodimlar bitta instdan bulishi kerak emas
No...
Ruziyev Baxtiyor
Mani hech qanaqa alamim yuq qolaversa man phd ni iqtisodiyot bo'yicha qilganman faqatgina mat instga topshirilishi bu jarayonni monopoliya degan narsani keltirib chiqaradi
Tugri fikr.Chunki davlatni qaysidir tashkiloti rahbar bulishi kupincha monopoliyaga olib kelyabdi.Buni hammamiz bilamiz.Bizda ham xususiy,xolis tashkilotlarga imkon berilishi kerak.Xalqaro darajadagi baxolovchi tashkilotlar kabi
No...
Biz xalqni fikrisiz ish qilinmasin deyabmiz.Biz prezidentimizni siyosatini tuliq maqullaymiz.uzimiz ham ertangi kunni yaxshiroq bulishini xohlaymiz va shu yulda harakat qilyabmiz.Bizni xohishimiz Xalqni fikrini har bir ishni qilishdan avval surash va urganish.Biz kutkavlar emas ertangi kun uchun xolis fikrlovchilarmiz.hamma sizga uxwab har bir qilingan ishni kallasini ishlatmay maqullab lo'ttivozlik qilaverishi kerakmi nima.xolislik ham ozgina bulishi kerak odamda
Biz qilish qilmaslik emas, qanday qilib shaffof, to‘g‘ri baholaydigan bo‘lishini ta'minlash haqida bosh qotiryapmiz. Test bolaning qobiliyatini to‘liq ochib bera olmaydi degan fikrdamiz, shuning uchun fikrlashi, bilimini tekshirishning takomillashgan variabtini joriy etmoqchimiz. Buni yomon joyi yo‘q. Korrupsiya masalasiyam hisobga olingan. Hammasi xalq uchun, rivojlanishimiz uchun. Xato izlash eng osoni. Sog‘ bo‘ling, ro‘zalaringiz qabul bo‘lsin (lo‘ttibozlikda nohaq ayblagan bo‘lsabgiz ham!)
Sertifikatlash tizimida korrupsiyani boʻlish boʻlmasligi uning imtixonlari qanday sharoitda qanday usulda boʻlishiga bogʻliq
Yana usha gap, tumanlarda uyin bulishiga hech kim kafolat berolmaydi, yana uzlarnikini tan olmay qolishadi ingliz tilidan B1 ga uxshab, karochi fuflo
milliy emas balki xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlarni yoʻlga qoʻyish kerak menimcha. Shunda sertifikat olishda korrupsiyani oldi olinardi qolaversa bu sertifikatni olgan oʻquvchi istasa xalqaro universitetga ham topshirardi.
Ruziyev Baxtiyor
Marhamat mat inst ekspertlik qilsin lekin barcha ekspert va test tuzuvchi xodimlar bitta instdan bulishi kerak emas
Albatta, bitta instdan emas. Oliy ta'lim vazirligi, xalq ta'limi vazirligi ham qatnashadi. Mat inst o‘zining quvvati yetmaydi bunga. Loyihani mat inst tayyorladi. Lekin ekspertlar jalb qilinadi, boshqa variant yo‘q.
Show next 82 comments