⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Marhamat mat inst ekspertlik qilsin lekin barcha ekspert va test tuzuvchi xodimlar bitta instdan bulishi kerak emas
No...
Ruziyev Baxtiyor
Mani hech qanaqa alamim yuq qolaversa man phd ni iqtisodiyot bo'yicha qilganman faqatgina mat instga topshirilishi bu jarayonni monopoliya degan narsani keltirib chiqaradi
Tugri fikr.Chunki davlatni qaysidir tashkiloti rahbar bulishi kupincha monopoliyaga olib kelyabdi.Buni hammamiz bilamiz.Bizda ham xususiy,xolis tashkilotlarga imkon berilishi kerak.Xalqaro darajadagi baxolovchi tashkilotlar kabi
No...
Biz xalqni fikrisiz ish qilinmasin deyabmiz.Biz prezidentimizni siyosatini tuliq maqullaymiz.uzimiz ham ertangi kunni yaxshiroq bulishini xohlaymiz va shu yulda harakat qilyabmiz.Bizni xohishimiz Xalqni fikrini har bir ishni qilishdan avval surash va urganish.Biz kutkavlar emas ertangi kun uchun xolis fikrlovchilarmiz.hamma sizga uxwab har bir qilingan ishni kallasini ishlatmay maqullab lo'ttivozlik qilaverishi kerakmi nima.xolislik ham ozgina bulishi kerak odamda
Biz qilish qilmaslik emas, qanday qilib shaffof, to‘g‘ri baholaydigan bo‘lishini ta'minlash haqida bosh qotiryapmiz. Test bolaning qobiliyatini to‘liq ochib bera olmaydi degan fikrdamiz, shuning uchun fikrlashi, bilimini tekshirishning takomillashgan variabtini joriy etmoqchimiz. Buni yomon joyi yo‘q. Korrupsiya masalasiyam hisobga olingan. Hammasi xalq uchun, rivojlanishimiz uchun. Xato izlash eng osoni. Sog‘ bo‘ling, ro‘zalaringiz qabul bo‘lsin (lo‘ttibozlikda nohaq ayblagan bo‘lsabgiz ham!)
Sertifikatlash tizimida korrupsiyani boʻlish boʻlmasligi uning imtixonlari qanday sharoitda qanday usulda boʻlishiga bogʻliq
Yana usha gap, tumanlarda uyin bulishiga hech kim kafolat berolmaydi, yana uzlarnikini tan olmay qolishadi ingliz tilidan B1 ga uxshab, karochi fuflo
milliy emas balki xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlarni yoʻlga qoʻyish kerak menimcha. Shunda sertifikat olishda korrupsiyani oldi olinardi qolaversa bu sertifikatni olgan oʻquvchi istasa xalqaro universitetga ham topshirardi.
Ruziyev Baxtiyor
Marhamat mat inst ekspertlik qilsin lekin barcha ekspert va test tuzuvchi xodimlar bitta instdan bulishi kerak emas
Albatta, bitta instdan emas. Oliy ta'lim vazirligi, xalq ta'limi vazirligi ham qatnashadi. Mat inst o‘zining quvvati yetmaydi bunga. Loyihani mat inst tayyorladi. Lekin ekspertlar jalb qilinadi, boshqa variant yo‘q.
N. Mamadaliyev
Innovatsiya vazirligiga loyiha topshirish mumkin, kimtanlovda yutsa o‘sha oladi. Sizningcha kimga bergan ma'qul O‘zbekistonda?
Innovatsiya vazirlikka mat inst loyiha topshirganmi?
Agar innovatsiya vazirlikka loyiha topshirish mumkin ekan nega vazirlik e'lon bermadi?
Agar loyihalar topshirilgan ekan qaysi tashkilotning qaysi loyihasi nima sababdan o'tmadi?
Nima uchun mat instning loyihasi o'tdi?
Loyiha nima uchun muhokamaga qo'yilmadi
Azizova Hilola Toshpulatovna
Assalomu alaykum. Men rosa hursand boldim, chunki matematika fanlar shoxi deb bekorga aytilmagan,matematikani yaxshi bilgan oquvchi hamma fanni yaxshi ozlashtira oladi, bunga 100% ishonchim komil.
Bu sohani tubdan isloh qilish kerak.Yangi yonalishlarni maktab dasturiga kiritish kerak,masalan mental arifmetika 5 yoshdan bola organsa qiynalamydi,eng orqada qolgan oquvchi ham rivojlanib ketadi.
Koplab matematiklarni bilaman,haqiqatni gapiradi,men oqigan universitetda ham matematika oqituvchilari hech qachon pul olmagan .Koplab 5 chilarni saralab qoyardi. Korrupsiya bolishiga ishonmiman.Yuqoridagilar pora olmasa ,haqiqiy matematiklar pul olmaydi, ishonchim komil.
Bizda tadbirkorlar nima uchun rivojlanib ketishi qiyin matematikani yaxshi bilmaganidan.Matematikani bilgan Kimyo,fizikani yaxshi biladi,keyin meditsina rivojlanadi,har xil fizik kashfiyotlar , iqtisod sohalari rivojlanadi,hullas men hursandman .
Loyihasi o‘tganligi haqida xabarim yo‘q. Bilganim shuki, mat instda ish tashkil qilingani bilan, o‘zb dagi barcha sara ekspertlar bu ishga jalb qilinadi. Mat instda sanoqli xodim bor xolos testga yaraydigan. Lekin boshqa ko'plab ekspertlar ham mat insga aloqador. Shu uchun muammo bo‘lmaydi
N. Mamadaliyev
Loyihasi o‘tganligi haqida xabarim yo‘q. Bilganim shuki, mat instda ish tashkil qilingani bilan, o‘zb dagi barcha sara ekspertlar bu ishga jalb qilinadi. Mat instda sanoqli xodim bor xolos testga yaraydigan. Lekin boshqa ko'plab ekspertlar ham mat insga aloqador. Shu uchun muammo bo‘lmaydi
Raxmat 100% tugri gap aytdingiz man boshidan beri shu un tortishayotgan edim testga yaraydigan sanoqli xodim borligi uchun mat instda lekin muammo bo'lmasligini siz ham.man ham bilmaymiz buni vaqt ko'rsatadi nima bulsa ham qabul qilingan. Mat instga topshirilishi Prezident milliy universitetda uchrashganida malum edi. Adashmasam darajalar A, B, C darajada buladi bu narsalarning hammasi xalqning etiboriga quyilishi kerak edi xalq ham fikr bildirishi kerak edi
Давронбек
🌹Nargis🌹
hamma hunar o'rgansa davlat nima bo'ladi🤔
Давлат хаммавакт уз йулини топиб кеган бундан кейин хам топади. хунар урганиб уз касбининг мохир устаси бугандан к-н ушалар аста-секинлик билан давлатга интилади.Уз мехнатининг кадрига етган бошкаларни кадрига етади
Husniddin
Бу аник коррупцияга олиб келади... Агар сертификат олишга билим даражаси етарлик булса тестни хам бемалол аълога топширади. Кимга керак бу нарсалар а...
Гулмурат
Салом Хушнудбек сиз билан кандай боглансак булади илтимос
Show next 73 comments