⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Jahon tajribasi xalqaro ekspert bular shunchaki baland parvoz gaplar chet el mamlakatlarida mutlaqo boshqacha tizim
N. Mamadaliyev
albatta juda ko'plab ekspertlarning fikrlari hamda xalqaro tajriba o'rganildi, o'z o'zidan kelib qolinmadi bunga. Bundan tashqari imtihonning har bitta bandi, mavzular qamrovi, savol turigacha bitta bitta muxokama qilinyapti. Har holda yaxshi bo'lishiga umid bor. Eng qiyini, imtihon olish jarayonini tashkil etish bo'lyapti, insonni aralashtirmasdan olish yo'llari ustida ishlanyapdi
Bir paytlar xalqaro tajriba deb chet el daraliklarini kitoblarini uzbek tiliga tarjima qildirtirish boshlandi katta katta pullar sarflandi oxir oqibat nol natija siz inson omilini aralashtirmasdan imtihon olishingiz mumkin buni yullari judakup gap savollar bazasi haqida ketayapti nima uchun savollar bazasini faqatgina tor doiradagi sanoqli odamlar tuzayapti
No...
Bilimni qadri oshsa agar bunaqa mayda gaplar bn uralawib utiriwga bizni ham vaqtimiz bulmasdi.bilim olish bn band bulardik hozir
shu masalada juda ko'pchilik matematik yoshlardan taklif so'raganimda jo'yali reaksiya bo'lmagandi. Bu yerdagi e'tibor hursand qiladi bir tomondan.
N. Mamadaliyev
hali xal etilishi kerak bo'lgan muammolar ko'p, to'g'ri. Lekin savollar bazasini tor doiradagi odamlar tuzishi shunchaki imkonsiz. Mat inst baribir boshqa ekspertlarni jalb qiladi bu aniq. Qolaversa bazani to'xtovsiz boyitib turish asosiy vazaifa bo'lib qoladi.
Ana shu savollar bazasini boyitishda faqatgina ekspertlar emas xalqdan ham foydalanish kerak qandaydir bir tizim.tashkil qilish kerak hamma tuzgan savollarini bersin shunday toifa mutaxassislar borki matematika mutaxassisiga qaraganda yaxshiroq biladi lekin nomutaxassis bulganligi uchun bu jarayonga umuman jalb qilinmaydi mana muammo chet elda unday emas
Shunda bir kishi bir yilda bemalol 1000 ta savol tuzaoladi 500 ta odam topshirsa ham 500000 ta degani shuni ichidan 1000 tasi tanlab olinsa ham savollar bazasi shakllanadi
Meni bir savol qiziqtiryabdi. Oliy ta'limda ikki semester davomida matematika fanini o'qigan boshqa soha vakillari ham sertifikat olsa bo'ladimi?
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Adashyabsiz kredit modul tuzimiga o'tilyabdiku
Kredit modul tizimiga 10 yildan beri o'tamiz lekin modul tizimi nima ekanligini deyarli hech kim bilmaydi
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Adashyabsiz kredit modul tuzimiga o'tilyabdiku
Keyin man mutlaqo boshqa narsa haqida gapirdim yani imtihon olish jarayoni sertifikat tizimini yo'lga qo'yish buyicha siz aytayotgan kredit modul tizimi bu oliy talimdagi jarayon
Man misol keltirdim. O'zgarishlar bo'lyabdi.
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Bu narsalarni tag zamiriga qarasak ask maqsad Oliy ta'limga qayerdagi takasaltanglar emas haqiqiy bilimli yoshlarni tayorlash to'g'risiida fikrlanyabdi.
Marhamat tayyorlayvering oliy talimda bilimli yoshlarni yana qaytaraman sertifikat olish jarayoni bilan oliy talimdagi yoshlarni tayyorlash mutlaqo boshqa narsalar masalan man sertifikatni shunchaki olib quyishim.ham mumkin yoki qandaydir bir tashkilotlarga ish kirishda shu sertifikatni olish talabi ham qoyilishi mumkin shu uchun sertifikat tizimini joriy qilishda tor doiradagi mutaxasislar savollaridan foydalanish notugri
Agar sertifikat tizimini yo'lga qo'yish jahon tajribasi buladigan bulsa savollarni tuzilish jaronini ham jahon tajribasidan foydalanish kerak tizimni qayeridadir kamchilik bulsa jahon tajribasi deb aytolmimiz
Assalomu alekum xammaga agar bola matematikadan sertifikat olgan bulsa nima uchun matematikadan ozod qilinishi kerak bilimli bulsa topshirsin xamma qatori (shaxsiy fikrim)
Show next 25 comments