⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Adashyabsiz kredit modul tuzimiga o'tilyabdiku
Kredit modul tizimiga 10 yildan beri o'tamiz lekin modul tizimi nima ekanligini deyarli hech kim bilmaydi
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Adashyabsiz kredit modul tuzimiga o'tilyabdiku
Keyin man mutlaqo boshqa narsa haqida gapirdim yani imtihon olish jarayoni sertifikat tizimini yo'lga qo'yish buyicha siz aytayotgan kredit modul tizimi bu oliy talimdagi jarayon
Man misol keltirdim. O'zgarishlar bo'lyabdi.
Dilnoza 👩‍💼 Omonxonova 10-17
Bu narsalarni tag zamiriga qarasak ask maqsad Oliy ta'limga qayerdagi takasaltanglar emas haqiqiy bilimli yoshlarni tayorlash to'g'risiida fikrlanyabdi.
Marhamat tayyorlayvering oliy talimda bilimli yoshlarni yana qaytaraman sertifikat olish jarayoni bilan oliy talimdagi yoshlarni tayyorlash mutlaqo boshqa narsalar masalan man sertifikatni shunchaki olib quyishim.ham mumkin yoki qandaydir bir tashkilotlarga ish kirishda shu sertifikatni olish talabi ham qoyilishi mumkin shu uchun sertifikat tizimini joriy qilishda tor doiradagi mutaxasislar savollaridan foydalanish notugri
Agar sertifikat tizimini yo'lga qo'yish jahon tajribasi buladigan bulsa savollarni tuzilish jaronini ham jahon tajribasidan foydalanish kerak tizimni qayeridadir kamchilik bulsa jahon tajribasi deb aytolmimiz
Assalomu alekum xammaga agar bola matematikadan sertifikat olgan bulsa nima uchun matematikadan ozod qilinishi kerak bilimli bulsa topshirsin xamma qatori (shaxsiy fikrim)
Ruziyev Baxtiyor
Agar sertifikat tizimini yo'lga qo'yish jahon tajribasi buladigan bulsa savollarni tuzilish jaronini ham jahon tajribasidan foydalanish kerak tizimni qayeridadir kamchilik bulsa jahon tajribasi deb aytolmimiz
Hozircha, dastlabki bosqichda certifikat otm ga topshirish uchun mo‘ljallangan. Elementar matematikani bilgani bilan dts dan xabardor bo‘lmasa, savol tuzishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Keyinchalik sharoitga qarab boshqa variantlarga o‘tilar balki
zo'r ish bo'libdi, anchadan beri ko'pchilik orziqib kutgan damlar
testdan voz kechilsa juda zur bulardi test bu fan emas suz uyini bub ketgandi
No...
Ob havo qanday bularkina ertaga?Daraxtlarga kasal tushib ketyabdi negadir.Kelinglar shu haqda gaplashaylik.Buni ming muhokama qilganimiz bilan endi foydasiz.Endi qachondir oqibati kursatadi.Ilohim natija ijobiy bulsin.Nega ekinlarga kasal kup tushib ketyabdiya🤔
Qahramon Norqobilov
Xullas bu noto'g'ri narsa nega deysizmi ?
Javob mana shunga
1 Karrupsiya
2 karrupsiya
3 kuchayib ketadi
Undan ko'ra o'qituvchilarni oyligini oshirsin o'qituvchilarga har xil qo'shtirnoq ichidaga tekshirishlar u o'lgur tekshiruchi o'qituvchilar yig'ib bermaguncha yotib olishni bas qilsin chuqurlashtirilgan degani nimasi
Xushnudbek sizdan bir iltimos bir narsaga aniqlik kiritib bersangiz. Meni Xususiy maktabim bor. Xususiy maktab ham matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab maqomini olib boladimi yoki faqat davlat maktabi olib biladimi? 919229877 telegram
Show next 15 comments