#ykohakamlari

Boltayeva Mohira Matyoqub qizi 2001-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi. Mohira Boltayeva tabiiy fanlarga juda qiziqadi, shuning bilan birga kimyo fanidan, ayniqsa organik kimyo fanidan yoshlarga qo‘shimcha bilim ulashishni yoqtiradi. U 2019-yilda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali, xuddi shu yili Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2020-yilda Respublika onlayn olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. 2020-yil “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. Boltayeva Mohira yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida “Nimadir o‘rgansangiz qiziqqaningiz uchun o‘rganing. O‘zingizni qiziqmagan sohaga majburlamang. Qiziqish va ishtiyoq bo‘lsagina ish yurakdan, mehr bilan amalga oshadi” deb qoladi.

👉 @ykouz

8 comments

👍👍👏👏👏
Bundanda yuqori natijalarga erishish nasib qilsin InshaAlloh
Judayam havas qildim,Mohira opaga bundanda yuqori muvaffaqiyatlar tilayman
Табриклайман, устоз🥳👍🏻👍🏻👍🏻Йутуклариз бунданда коп, барча езгу максадларингизга етиб йурин илойим.
👏👏👏 yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin va bundan ham yuqori muvaffaqiyatlarga erishib yuring
Зиёдахон Бобожонова
👍👍Juda ham havasim keldi sizga, bizga ham shunday yutuqlarga erishish yo'llarini o'rgating
Assalom aleykum mohira opa bn qanday boglansak bõladi